Tuxum kukuni va melanj — tuxumni qayta ishlab olinadigan mah-sulot. Tuxum massasini maxsus kameralarda yuqori haroratda quri-tish natijasida tuxum kukunidagi nam miqdori kamayib 5—9% gacha tushadi. Vitamin A va D yaxshi saqlanib qoiadi. Tuxum kukuni no-to’g’ri saqlanadigan bo’lsa, o’ziga nam tortib oladi yoki oksidlanadi. Shu sababh uni oksidlanishdan saqlash uchun parafm bilan qoplan-
50
gan, germetik holda saqlashni ta'minlaydigan maxsus idishdan foy-dalaniladi. Achchiq bursib namiqib qolgan, mog’or bosgan kukunni ishlatishga yo’l qo’yilmaydi. Melanj tuxum oqi bilan sarig’ining muz-latilgan aralashmasi bo’lib, uni olish uchun yaxshi saralangan sifatli tuxumlar maxsus uskunada chaqilib, suzib olish yo’li bilan pichoq va pardalardan tozalanadi, yaxshilab aralashtirilib kavsharlab qo’yiladi-gan tunuka bankalarga quyiladi. Melanj tayyorlash jarayonida tuxum massasiga mikroorganizmlar tushadi. Ular ko’payib ketmashgi uchun melanj darhol muzlatiladi va sovitkichda —8—10 °C gacha haroratda muzlatilgan holda saqlanadi, bevosita ishlatishdan oldin muzdan tu-shiriladi. Tuxum tarkibida oqsil va nam ko’p bo’lganligi tufayli mik-roblar oson ko’payadi. Shu sababh melanj ishlab chiqarishda bino-lar, asbob-uskuna, apparat va idishlarning sanitariya holati qattiq kuzatib boriladi va dezinfeksiya qilib turiladi.
Tuxumlar awal 0,2% kaustik soda eritmasida yuviladi, keyin 1—1,5% li xlorli ohak eritmasida 10 minut davomida alohida van-nalarda zararsizlantiriladi. Tuxum 1—2 °C va 85—88% nisbiy namlik bo’lgan joyda saqlanadi. Mikroblarning tuxum teshiklaridan o’tishi-ni kamaytirish uchun tuxumni ohakli eritma solingan katta idishlar-da 3—4 oy saqlanadi. Parhezga ishlatiladigan tuxum 7 kun, ovqatga ishlatiladigan tuxum —1—2 °C da 30 kun, muzxonada 30 kundan ko’proq saqlanadi. Ohakli eritmada 3—4 oy saqlangan tuxum non, bulka mahsulotlari uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |