Boshlovchi 10 ta ishtrokchi xonaning o’rtasiga taklif etadi. Ular ikki qator bo’lib, bir-birlariga qarama-qarshi turishadi va ular oldiga yo’riqnomaga binoan vazifa qo’yiladi.
Yo’riqnoma:<>.
Ishtirokchilarning muloqoti tugagandan so’ng bajarilgan vazifa tahlil etiladi. Ishtirokchiar joylariga o’tirganlaridan so’ng boshlovchi bo’lib o’tgan yechim variantlarini flipchartga yozadi. Ushbu muzokaradagi munosabatlar quyidagicha bo’lishi mumkin.
1. A B. A tomon B tomonga o’tadi va B joyida qoladi.
Munosabatlarning bu turi B nuqtai nazardan qaraganda raqobat
deb ataladi.
2.A B A tomon joyida qoladi, B tomon esa A tomonga o’tadi.
B nuqtai nazardan qaraganda bu xil munosabat yon berishi deb
ataladi.
3.A B A ham B ham bir-birlarining tomoniga o’tishadi va o’z joylarida qolishadi, bu xil munosabat passiflik ya’ni masalani hal etishdan qochish deyiladi.
4.A B To’rtinchi munosabat tipi kompramist deb ataladi. Bizning misolimizda olimpiada 3-bir maktabda o’tkazilishi taklif etiladi.
5.A B. Bu munosabat turi hamkorlik deb ataladi. Va bunda muamo ikkala tomonning manfaatlari hisobiga olingan holda hal etiladi: Ya’ni olimpiadaning bir kuni bir maktabga ikkinchi kuni esa ikkinchi maktabda o’tadi. Bu holda ikkala tomonning qiziqishlari qondiriladi. Va hech qaysi tomon o’zini kamsitilgan deb his etmaydi.
Bu mashq xulosasiga ko’ra, muloqotning hamkorlik uslubi eng samarali va konstrutiv bo’lib hisoblanadi.
Mashg’ulotning ikkinchi yarmi nizoli vaziyatlarni hal etishga qaratilgan bo’lib, ishtirokchilardan biron-bir nizoli, muamoli vaziyatni aytish so’raladi. Ushbu nizoli vaziyatning turli yechimlari ishtirokchilardan so’raladi va har bir taklif etilayotgan variant biron munosabat turiga taaluqli deb topiladi. Odatda, muamoli vaziyat yechimlaridan hamkorlikka taaluqli bo’lgan variant nizoni hal etishdagi konstrutivyo’l bo’lib hisoblanadi. Bir necha nizoli vaziyatlarni tahlil etish orqali ishtirokchilarda ushbu xulosa mustahkamlanadi.