Oyoq venalarining varikoz kasalligi


Differensial diagnostikasi



Yüklə 40,3 Kb.
səhifə15/22
tarix20.11.2023
ölçüsü40,3 Kb.
#163824
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Oyoq venalarining varikoz kasalligi

Differensial diagnostikasi
Klipel-Trennone sipmtomidan farqlash zarur.
Davolash
Ushbu kasallikni ko‘rsatmalar bo‘lganda konservativ va operativ yo‘l bilan davolash mumkin. Yurak faoliyatini yaxshilab, trofik o‘zgarishlar sohasini sanatsiya qilish konservativ davolashning prinsiplari hisoblanadi.
Oyoqlarning lokal zararlanishlarida arterio-venoz oqmalarni bartaraf qilish operatsiyasi bajariladi. Oyoqlar diffuz zararlanganda, tarqalgan trofik o‘zgarishlar bo‘lganda, takroriy qon ketishlarda, gangrenada rekonstruktiv operatsiyalarni o‘tkazishning imkoni yo‘qligi tufayli - amputatsiya davolashning yagona usuli hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tug‘ma arterio-venoz oqmalarni tekshirish va davolash erta muddatlarda bajarilishi lozim bo‘lib, davolash prinsiplari oqmalar tipi, tarqalganligiga bog‘liq.


OYOQ CHUQUR VENALARINING O‘TKIR TROMBOZI
Oyoq yuza va chuqur venalarining o‘tkir tromboflebiti va trombozlari aholining 3-20% da uchraydi. Bu kasallik ko‘proq 40-50 yoshdagi ayollarda kuzatiladi. Ushbu kasallikning o‘z vaqtida tashxis qo‘yib davolamaslik 25-37% hollarda o‘pka arteriyasining tromboemboliyasiga sabab bo‘ladi.
Etiologiyasi
Oyoq chuqur venalarining trombozi – tomirlar okklyuziyasining eng ko‘p joylashgan sohasi bo‘lib, bu ularning anatomo-fiziologik xususiyatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Oyoq chuqur venalaridagi qon aylanishining intensivligi o‘ziga xos “mushak” venasi yoki pompasi hisoblangan boldir mushaklarining qisqarishi bilan uzviy bog‘liq. Mushak-venoz pompaning faoliyatini pasaytiruvchi har qanday patologik jarayon oyoqlar chuqur venalarida qon oqimining sekinlashuviga olib keladi, bu esa o‘z navbatida venoz devoridagi o‘zgarishlar hamda qonning ivish xossalari buzilish jarayonlari bilan qo‘shilgan holda tromb hosil bo‘lishiga qulay sharoitlar yaratib beradi. Shu sababli chuqur venalar trombozi, operatsiyadan keyin yurak-qon tomir patologiyasi bo‘lgan bemorlarda, suyaklar sinishida, qandli diabet, onkologik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda, semiz kishilarda ko‘proq uchraydi.

Yüklə 40,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin