Differensial diagnostikasi Kasallikni Park-Veber-Rubashov sindromidan farqlash zarur. Buning uchun bemorlarda venoz qondagi gazlarni tekshirish va arteriokinematografiya usullari qo‘llaniladi.
Davolash Ko‘p mualliflar fikricha, ushbu kasallikning davolash prinsiplari kon-servativ muolaja kurslaridan iboratdir. Boshqa mualliflar F.Isakov (1974) fikricha, ushbu kasallik jarrohlik yo‘li bilan davolanishi lozim bo‘lib, bu magistral venalar reviziyasi va to‘siqni bartaraf etishdan iboratdir. Gangrena kuzatilganda amputatsiya operatsiyalari qo‘llaniladi.
Park-Veber-Rubashov kasalligi – ushbu kasallik 1885- yil Veber tomonidan ta’riflangan bo‘lib, muallif bemor oyog‘ining uzayishini kuzatgan.
Etiologiyasi Kasallik tipik triada oyoqlar uzayishi, venalar varikoz kengayishi, teleangiektaziya simptomlari bilan kuzatilib,ushbu kasallikda oyoq chuqur venalari iblan arteriyalar o‘rtasida tug‘ma chegaralangan yoki diffuz arterio-venoz oqmalar va anevrizmalar bo‘lishi xosdir.
Patogenezi Arterio-venoz oqmaning qaysi qon tomir o‘zanida joylashganiga qarab (boldir, taqim, son arteriya va venasi) qon aylanishining buzilishi belgilari paydo bo‘ladi. Arterial qonning oqma orqali venoz qonga qo‘shilishi oqibatida flebo-gipertenziya belgilari kuzatiladi.
Klinikasi Klinik jihatdan kasallikning mahalliy va umumiy simptomlari namoyon bo‘ladi. Mahalliy, 3 ta simptom:
yuza venalar kengayishi;
oyoqlarning shishi va nisbiy uzayishi;
terida qon tomir va pigment dog‘lari.
Patologik o‘choq proyeksiyasida sistola-diastolik titrashning eshitilishi ushbu kasallikning patognomik belgisidir, ammo mayda arteriovenoz oqmalarda ushbu belgini aniqlash ancha mushkuldir. Eshitib ko‘rilganda shu sohada sistolik shovqin eshitiladi.
Parks-Veber-Rubashov kasalligining umumiy belgilariga: yurak faoliyatining buzilishi: taxikardiya, arterial qon bosimining oshishi, minutlik hajmning oshishi kuzatiladi.
A’zoning gipertrofiyasi va qon aylanishining buzilishi natijasida to‘qimada trofik yaralar, yiringlash asoratlari (flegmona, saramas, sepsis), qon ketish, hatto gangrena kuzatilishi mumkin.
Diagnostikasi Bemorning yoshi, shikoyati, anamnezi, kasallikning klinik belgilari muhim ahamiyatga ega. Kasallik diagnostikasida maxsus tekshirish uslublaridan teri termometriyasi (oqma zonasida haroratning oshishi), oksigenometriya venoz qonning kislorod bilan to‘yinishining oshishi, hamda flebotonometriya, flebografiya, dupleksli skanerlash, arteriografiya, angiografiya kabi usullar qo‘llaniladi.