Oyoq venalarining varikoz kasalligi



Yüklə 40,3 Kb.
səhifə16/22
tarix20.11.2023
ölçüsü40,3 Kb.
#163824
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Oyoq venalarining varikoz kasalligi

Patogenezi
Operatsiyadan so‘nggi va posttravmatik trombozlar rivojlanishida to‘qima tromboplastini muhim ahamiyatga ega. Zararlangan yoki shikastlangan to‘qimalardan ko‘p miqdorda ajralayotgan tromboplastin qonga so‘rilgandan so‘ng qon o‘zanida VII plazma omili va kalsiy ionlari bilan birgalikda X omilni faollashtiradi, bu omil o‘z navbatida kalsiy ionlari, III–V omillar bilan kompleks hosil qilib protrombinni trombinga aylanishini ta’minlaydi. Trombin hosil bo‘lishining ikkinchi yo‘li ham bo‘lib, bunda shikastlangan sohada faollashgan (Xageman omili) XI, IX, VIII, X omillar uzluksiz zanjirini faollashtiradi, pirovard natijada X omil trombin hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Venoz sistemasining qon oqimi sekinlashgan sohada (ko‘proq boldir venalari) ushbu trombin ta’sir qila boshlaydi (prostoglandin, tromboksan, serotonin va b.). Bular o‘z navbatida trombotsitlar agregatsiyasini kuchaytirib uning o‘sib borishini ta’minlaydilar. Ushbu agregatlar yuzasiga fibrin tolalari adsorbsiyalanishi natijasida tromb hosil bo‘ladi.
O‘tkir trombozlar flebotromboz va tromboflebitlarga bo‘linadi. O‘tkir tromboflebitlarda tromb infeksion agentlar, toksinlar va travma natijasida o‘zgargan qon tomirining ma’lum bir sohasida yopishib turadi. Flebotrombozda esa o‘zgarmagan vena bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘lib vena intimasiga kuchsiz yopishgan yoki yopishmagan bo‘ladi, shu tufayli u intimadan ajralib o‘pka arteriyasining tromboemboliyasini chaqirishi mumkin. Ushbu tromblar vena bo‘shlig‘ining to‘liq tutmaganligi tufayli flebotrombozda klinik manzara yaqqol namoyon bo‘lmaydi, ammo biologik faol moddalar ta’siri natijasida 2-3 kundan keyin tomir endoteliysida ikkilamchi o‘zgarishlar yuzaga keladi. Tromb vena devoriga mahkam yopishadi ,natijada flebotromboz va tromboflebit orasidagi farq yo‘qoladi.
Qator tadqiqotchilar fikricha boldir venalaridagi tromboz qonning ivishi xossalarining kuchayishi va oyoqlardagi gemodinamik o‘zgarishlar natijasida flebotromboz tipi bo‘yicha kechadi. Biroq ushbu sabablar yirik venalarda ,xususan son venasida tromboz chaqirishga qodir emas, chunki tromb intensiv qon oqimi bilan yuvilib ketadi. Ma’lumki yonbosh venalar trombozi ular o‘smalar, homilador bachadon, yallig‘lanish infiltratlari bilan siqilishi natijasida yuzaga keladi, chap umumiy yonbosh venasining trombozida uning chap yonbosh arteriyasi bilan siqilishi muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Yüklə 40,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin