O'zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlar Reja


Temuriy davridan davlat boshqaruvi



Yüklə 38,79 Kb.
səhifə3/3
tarix12.10.2023
ölçüsü38,79 Kb.
#154201
1   2   3
O\'zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlar

3 Temuriy davridan davlat boshqaruvi


Temuriylar, Temuriylar davri — oʻrta asrlarda sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora etgan sulola. Temuriylar davlati hududi shimolda Ili daryosi va Xorazm (Orol) dengizidan janubida Fors qoʻltigʻiga qadar, sharqda Xitoy va Hindistondan gʻarbda Trabzun (Qora dengiz)ga qadar ulkan maydonni qamragan. Davlat tuzilishi, qonun va qoidalari jihatidan Temuriylar davlati musulmon Sharqida oʻrta asrlarda hukm surgan davlatlardan katta farq qilmasada, ammo uning boshqaruv tizimi Turkiston va Movarounnahr davlatchiligining asriy anʼanalari, saltanatga kirgan mamlakatlar bilan madaniy aloqalar asosida yangi tartib va qoidalar bilan takomillashtirilgan.
Markazlashgan davlat tepasida: Temur ibn Taragʻoy Bahodir (1370—1405); Shohrux ibn Temur (1409—47); Ulugʻbek ibn Shoxrux (1447—49); Abu Sayd ibn Sulton Muhammad (1458—69);Movarounnahrda (poytaxti Samarqand): Xalil Sulton (1405—09); Mirzo Ulugʻbek (1409-49); Mirzo Abdullatif (1449-50); Abdullo Mirzo (1450—51); Abu Sayd ibn Sulton Muhammad (1451—69); Sulton Ahmad Mirzo (1469—94); Sulton Mahmud Mirzo (1494—98); Sulton Ali Mirzo (1498-1500).
Xurosonda (poytaxti Hirot): Shohrux (1396-1447); Ulugʻbek (144749); Abulqosim Bobur (1449—57); Shoh Mahmud Mirzo (1457); Abu Savd ibn Sulton Muhammad (1458—69); Yodgor Mirzo (1470), Husayn Boyqaro (1470— 1506); Badiuzzamon ibn Sulton Husayn (1506—07); Muzaffar Mirzo (150607).


Siyosiy hayoTemuriylar Nigʻoyatda kengayib ketgan davlat Amir Temur vafotidan soʻng vorislar oʻrtasidagi nizolar natijasida zaiflasha boshladi. 1405-yilning 16-mart kuni Mironshohning oʻgli Xalil Sulton Samarqandni egallab, oʻzini Movarounnahrning hukmdori deb eʼlon qiladi. Oqibatda shahzoda, amir va viloyat noiblarining noroziligi kuchayib, isyon va galayonlar koʻtariladi. Dastavval Fargʻonada Xudoydod bilan Shayx Nuriddin Xalil Sultonga qarshi qoʻzgʻalib, Oʻratepa va Fargʻonani egallab oldi. Bu davrda Xurosonda Shohrux, Balx, Gʻazni va Qandahorda Pirmuhammad; Gʻarbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohnnng oʻgʻillari Umar Mirzo va Abubakr Mirzo qokimi mutlaq boʻlib oladilar. Turkiston, Sabron, Oʻtror, Sayram viloyatlari amir Berdibekning tasarrufiga oʻtadi, Oltin Oʻrda amirlaridan Idiku Xorazmni zabt etadi. 1405 — 08 yillarda Balx, Xuroson, Seyiston, Kermon va Ozarbayjonda temuriy shahzoda va ayrim amirlarning birinketin koʻtarilgan gʻalayonlari kuchayib ketadi. Valiahd Pirmuhammad bunday gʻalayon va fitnaning qurboni boʻladi (1407-yil 22-fevral). 1408-yil 22-aprel kuni qoraqoʻyunli turkmanlarning yetakchisi Qora Yusuf bilan boʻlgan jangda Mironshoh halok boʻlib, Ozarbayjon va Iroq viloyatlari temuriylar qoʻlidan ketadi.


15-asrning 20y.larida bu ulkan mamlakat 2 davlatga boʻlingan edi. Ulardan biri Amudaryodan janubida joylashgan boʻlib, uni Shohrux boshqargan (markazi Hirot sh.) edi. Ikkinchisi esa, Amudaryodan shimolida — Movarounnahr va Turkistonda vujudga kelib (poytaxti Samarqand sh.) uni Oʻlugʻbek idora etgan edi.


Ulugʻbek otasi Shohruxning koʻmagi bilan avval (1413) Xorazmni, soʻngra (1415) Fargʻona va Qashgʻarni oʻz tasarrufiga olib, davlatining gʻarbiy va sharqiy chegaralarining xavfsizligini taʼminlagan bulsada, ammo uning shim. va shim.sharqiy tomonlari xavotirli edi. Shu boisdan 15-asrning 30—40y.lari otasi Shoxrux bilan birga Dashti Qipchoqda Abulxayrxon bilan kurash olib borishiga toʻgʻri keladi. Chunki koʻchmanchi chorvadorlar Movarounnahrning viloyatlariga muttasil bostirib kirar va oʻtroq aholini gʻorat qilar edi. Movarounnahrni idora etishda, ayniqsa, tashki siyosatda Ulugʻbek Temuriylar ning bosh hukmdori Shogʻruxning irodasini izchil amalga oshiradi. Tashqi va ichki siyosatga aloqador har qanday masalani u otasi bilan maslahatlashib va kelishib, uning rozirizoligi bilan hal etgan.


Shohrux 1447-yil 12-mart kuni nevarasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray viloyatida olamdan oʻtadi. Shohrux vafotidan soʻng, Xuroson va Movarounnahrda temuriy shahzodalar oʻrtasidagi nizolar yana avj oladi. Bu kurash oqibatida zamonasining mashhur olimi va hukmdori Mirzo Ulugʻbek 1449-yil 27-oktabrda 55 yoshida Samarqand yaqinida fojiali suratda halok boʻladi. Ulugʻbek Movarounnahrni 40 yil (1409—49) idora etdi. Bu davrda mamlakatning siyosiy hayotida keskin kurash davom etganligiga qaramay, u shiddatli harbiy yurishlar uyushtirishga intilmadi. Aksincha, u oʻz davlatini mustahkamlashga, mamlakat birligini saqlab qolishga va madaniy hayotni koʻtarishga harakat qildi. Ulugʻbek fojiasidan soʻng, hokimiyatga bir vaqtning oʻzida Samarqandda Ulugʻbekning kuyovi Abdullo Mirzo, Buxoroda esa Mironshohning nabirasi Sulton Abu Saidlar podshoh qilib koʻtariladi. Abdullo Mirzo mamlakatda barqarorlikni tiklash uchun barcha choralarni koʻradi, ammo Temuriylar taxtida uzoq vaqt oʻtira olmaydi. Avval u. amakivachchasi Abu Sayd bilan, soʻngra qarindoshi Alouddavla bilan kurashadi. Muhorabada ittifoqchilar gʻalaba qozonadi. Abdullo Mirzo jangda halok boʻladi. Abu Sayd Abulxayrxon yordamida Samarqandni egallab, Movarounnahrga hokim boʻlib qoladi.


Temuriylar saltanatining Xuroson qismi bu davrda Shohruxning nabirasi Abulqosim Bobur tasarrufida edi. 1457-yilgacha u Xurosonni oʻz qoʻlida tutib turadi. Har ikkala davlat oʻrtasida nizo kuchayib bordi. Yozma manbalarda qayd etilishicha, Xurosonda boshboshdoqlik avj olib, u boʻlaklarga boʻlinib keta boshladi.


1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etgach, Abu Sayd Hirot shahrini egallab, saltanatning har 2 qismini birlashtiradi. Bu davrda Sulton Husayn (Umarshayxning nabirasi) Xorazmni egallab oladi.


1469-yil bahorida Abu Sayd (Ozarbayjon, Gʻarbiy Eron va Iroqqacha boʻlgan viloyatlarni egallab turgan) oqqoʻyunli turkmanlarga qarshi yurish qiladi. Mugʻon (Ozarbayjon) choʻlida Uzun Hasan bilan boʻlgan jangda Abu Said halok boʻladi. Otasining oʻlimidan soʻng, Abu Saidning vorislari Sulton Husayn bilan toʻqnashmay Movarounnahrga qaytadilar. 1469-yilning 24 martida Sulton Husayn Xuroson hokimi sifatida Hirotning taxtini egallaydi. Natijada Temuriylar saltanati yana 2 mustaqil qismga boʻlinib ketadi.


Movarounnahrda Abu Saidning oʻgʻillari Sulton Ahmad Mirzo, Sulton Mahmud Mirzo va Sulton Ali Mirzo hokimlik qiladi. Bu davrda Movarounnahr ham oʻzaro ixtilofdagi shahzodalar va mulkdor zodagonlarning viloyat hokimliklariga boʻlinib ketadi. Mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida sufiylik taʼlimotining yirik namoyandalari, xususan Xoja Ahrornmng taʼsiri kuchayadi, hatto u siyosiy hayotda ham muhim rol oʻynay boshlaydi. Mas., mamlakat urush xavfi ostida qolib, elyurt boshiga ogʻir tashvishlar tushgan paytda Xoja Ubaydulpogʻ Ahror bir necha bor uni bartaraf qilishga jonbozlik koʻrsatadi.


Sulton Husayn Boyqaro idora qilgan davlat Sharqiy va Shimoliy Eron viloyatlari va Xorazmni birlashtirgan edi. U Temuriylar sulolasining qariyb 40 yil hukm surgan soʻnggi yirik saltanati boʻlib, unda siyosiy vaziyat osoyishta emas edi. Xurosonda betoʻxtov davom etgan oʻzaro urushlarga, shahzoda va amirlarning boshboshdoqligiga qaramay mamlakat aholisining turmush tarzi va madaniy hayoti Movarounnahrdagiga nisbatan yuksakroq edi.


Ammo mamlakatning siyosiy hayotida kuchayib borayotgan keskinlik ichki munosabatlarda tobora taʼsiri ortib borayotgan Dashtiqipchoklik oʻzbeklarning Movarounnahrda hokimiyatni qoʻlga olishini hamda Temuriylar sulolasining zaiflashuvini yanada tezlashtirdi.


Davlat boshqaruvi




Temuriylar saltanatida avval hokimi mutlaq — Amir Temur, soʻngra esa uning vorislari bevosita hukmronlik qilishgan. Saltanatni devonbegi — bosh vazir boshliq 7 vazirlikdan iborat arkony(?) davlat — Vazirlik mahkamasi boshqargan.



  • Ulardan 1-mamlakat varaiyat vaziri. U viloyat va tumanlardan toʻplanadigan hosil, soliqoʻlponlar va mamlakat obodonligi bilan shugʻullangan.

  • 2 — vaziri sipoh, yaʼni harbiy ishlar vaziri. U navkarlarning taʼminoti (maoshi, oziq-ovqat va qurolyarogʻlari) bilan shugʻullangan.

  • 3 — tijorat (savdo) vaziri edi. U tashqi savdo boji tam/a, chorvachilikdan toʻplanadigan za kot, egasiz qolgan molmulklarning tasarrufi, meros va merosxoʻrlar kabi masalalar bilan shugʻullangan.

  • 4 — saltanatning moliya ishlari vaziri boʻlib, davlat xazinasining kirimchiqimlarini boshqargan.

  • Chegara viloyatlari va tobe mamlakatlar boshqaruvini nazorat qilish uchun maxsus 3 ta vazir tayin etilgan. Ular mazkur viloyat va mamlakatlardan davlat xazinasiga tushadigan daromadlarni nazorat qilgan. Oʻz navbatida bu 3 vazir saltanatning "xolisa" deb yuritilgan bosh nazorat hayʼatini tashkil etgan.

Bu 7 vazir devonbegiga boʻysungan va u bilan bamaslahat davlatning moliyaviy ishlarini amalga oshirganlar. Yozma manbalardan maʼlum boʻlishicha, Amir Temur va Temuriylar hukmronligi davrida saltanat devonxonasida Amir Dovud, Jaloluddin Firuzshoh, Gʻiyosuddin Shohmalik, Alouddin Alika Koʻkaldosh va Alisher Navoiydek dono devonbegilar bu oliy mansabda faoliyat koʻrsatganlar, mamlakatni obodonligi yoʻlida beqiyos xayrli ishlarni amalga oshirganlar.


Devonxona qoshida arzbegi, sadri aʼzam, shayxulislom va ahdos qozisi kabi lavozimlar mavjud boʻlgan. Arzbegi fuqaro va sipohiylardan tushadigan arzu shikoyatlar hamda mamlakatdagi ahvol toʻgʻrisida maʼlumot toʻplash va bu borada oliy dargohga axborot berib turish kabi vazifalarni bajargan. Sadri aʼzam — bosh sadr mamlakatdagi barcha vaqf xoʻjaliklarini nazorat qilgan; davlat hamda yer egalari tomonidan vaqf qilingan yerlar va mulklarni kayd etgan va vaqfnomalar tuzib ularni qonunlashtirgan. Shayxulislom aholining turli ijtimoiy tabaqalari oʻrtasida shariat ahkomlari va islom aqidalarining bajarilishini nazorat qilgan.


Davlatning bosh qozisi — qozi ulquzzot "ahdos qozisi" nomi bilan yuritilib u fuqaro ishlari bilan shugʻullangan. Saltanat mahkamasida kirimchiqimlarni qayd etuvchi maxsus munshi — kotib faoliyat koʻrsatgan.


Mamlakat maʼmuriy jihatdan ulus, viloyat va tumanlarga boʻlinib, ular hokim, noib va tuman boshilar tomonidan boshqarilgan. Ularning aksariyati harbiy — amirlardan iborat edi. Har bir shahar va viloyatning moliya devoni, qozisi, muftisi, mutavallisi va muxtasibi boʻlgan. Lashkarlar uchun hatto maxsus qoziyi lashkar tayin etilgan. Har bir shahar va qalʼalarda qutvol (komendant) tayinlanib, unga shahar va qalʼa istehkomlarini taʼmirlash va ularning mudofaasi yuklangan. Fath etilgan viloyat va hududlar temurzodalar va xizmat koʻrsatgan amirlarga suyurgʻol tarzida inʼom qilinib, ular orqali boshqarilgan. Masalan, Amir Temurning toʻngʻich oʻgʻli Jaxrngirga Balx viloyati; Umarshayxga Fors viloyati; Mironshohga Ozarbayjon, Iroq va Armaniston; Shohruxga Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston berilgan. Garchi uluslar markaziy hukumatga itoat etsalarda, ammo ular maʼlum darajada mustaqil edilar. Ularda alohida devonxona, qoʻshin boʻlib markaziy hukumatga tobelik xirojining bir qismini Samarqandga yuborish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida oʻz qoʻshini bilan qatnashish yoki talab etilgan sonda askar yuborishdan iborat edi.


Suyurgʻolga ega boʻlgan viloyat hokimlari — shahzodalar oʻz uluslarida iloji boricha mustaqil hukmronlik qilishga intilgan. Markaziy hokimiyat esa, vaziyat jiddiylashgandagina ularning ichki ishlariga aralashgan. Shubhasiz suyurgʻol asosida shakllangan mulkchilik boshqaruv tartibining kuchayishi viloyatlar mavqeining oshishiga olib kelgan va ichki nizolarni keltirib chikargan. Temuriylardavrida oʻrta asr yirik mulkdorlari davlat tayanchi boʻlib, maʼmuriy jihatdan uning takomillashuviga suyurgʻolning keng tarqalishi jiddiy toʻsqinlik qilgan.


Elyurtni boshqarishda harbiy kuchning ahamiyati katta boʻlgani tufayli uning takomiliga aloxida eʼtibor berilgan. Amir Temur amir va amir ulumaro — bosh amir kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy etgan, qoʻshin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, lashkariy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda ularning intizomi masalalariga nihoyatda ahamiyat bergan (qarang Temuriylar harbiy sanʼati).


Davlatni boshqarishda qurultoy va kengashlar oʻtkazish alohida oʻrin tutgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Amir Temur tomonidan Qarshi, Samarqand, Qorabogʻ va boshqa joylarda oʻtkazilgan qurultoy va kengashlarda shahzodalar, davlat maʼmurlari, harbiy boshliqlar, ulamolar va mulkdor zodagonlarning vakillari qatnashgan. Ularda mamlakatning iqgisodiy va siyosiy axvoliga oid masalalar muhokama etilib, qarorlar qabul etilgan va tadbirlar belgilangan. Mas., 1403-yilda Kavkazning Baylaqon shahrida chakirilgan kengashga olimu fuzalolar taklif etilgan. Ulardan mamlakatni boshqarishda, xususan, uning obodonligi yoʻlida amalga oshiriladigan xayrli ishlar — jamoat binolari va inshootlar qurilishlarida oʻz maslahatlari bilan koʻmak berishlari soʻralgan.


Temuriylardavrida oʻtkazilgan qurultoy, kengash, shohona qabullar va dabdabali saroy marosimlariga oʻrta asrlar davlatchiligining oʻziga xos anʼanalari mujassam etilgan. Tantanali izdahom tartibiyu qoidalaridan tortib, aʼyonlarning toʻyona libosu oʻrinlarigacha eʼtibor berilgan. Masalan, pacmiy marosimlarda amir ulumaro, beklar begilar, amirlar, noʻyonlar, sardorlar, ulus, tumonot va qoʻshunot amirlari, shuningdek, mingboshilar, yuzboshilar mansab va martabalariga qarab hukmdorning soʻl tomonidan; sayyidlar, qozilar, ulamo, fuzalo mashoyix, ulugʻ va oliy tabaqadagi kishilar oʻng tarafidan oʻrin olganlar. Devonbegi va vazirlar — taxt roʻparasidan, kalontarlar (shahar hokimlari), kadxudolar (qishloq oqsoqollari) vazirlarning orqasidan joy olgan. Bahodurlar, qilichboz yigitlar — taxt orqasida, uning oʻng tarafidan, qorovullar esa, taxt orqasining chap tarafidan oʻrin olishgan.


Amir Temur hayotlik davridayoq davlatni boshqarish uslubiga bagʻishlangan maxsus asar yaratilib, u "Temur tuzuklari" nomi bilan shuhrat topgan. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi (yoʻnalishi) va vazifalari, vazir va qoʻshin boshlikdarini saylash, sipoxlarning maoshi, mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qoʻshin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida koʻrsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqa bayon etiladi. Shunday qilib, Temuriylarda davlat tuzilishi, qonunqoidalarni tartibga solish bilan bir katorda, oliy dargoh hayoti bilan bogʻliq anʼanalar ham qaror topgan.
Foydalanilgan internet resurslar



  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Temuriylar

  2. https://cyberleninka.ru/article/n/amir-temurning-davlat-boshqaruvi-sohasidagi-islohotlari

  3. https://bestpublication.org/index.php/pedg/article/view/4146



Yüklə 38,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin