20
ritm, ijrochilik pauzalariga bog'liq bo'lgan ritmlar va boshqalar. Biz
bulardan band ritmi, alleterasion ritm va anafora ritmi haqida fikr yuritish
bilan cheklanamiz.
Band ritmi.
O'zbek poeziyasida band qurilishi bilan bog'liq ritm
band ritmi deb ataladi. Bandlarning qofiyalanish tartibi har-xil bo'lib, ular
o'ziga xos ritm hosil qiladi. Masalan, Masnaviy:
Vodiylarni yayovkezganda, - a
Bir ajib his bor edi menda...-a
Chappar urib gullagan bog'in, -b
O'par edim Vatan tuprog'in. –b
Odamlardan tinglab hikoya –v
O'sar edi shoirda g'oya...-v
Alliterasion ritm.
Bir xildagi ohangdosh tovushlarning takrorlanishi
natijasida hosil bo'ladi:
Bu yo'llar ko'p qadim yo'llardir,
Uzala tushgan cho'l kabi sokin.
Ustidan shabada esmagan tiniq ko'l kabi,
Og'zi qon bir bo'ri yo oqsoq bir it:
Hayqirsa, uvlasa,
Har tongda bir dong deb bong ursa dovullar...
Dostları ilə paylaş: