21
Anafora ritmi –
bir necha gapning sintaktik
jihatdan bir xilda
bog'lanib kelishidan ham paydo bo'ladi:
Menikidir kelajak, chaman
Menikidir maktab, ijod, fan,
Menikidir sog', aql, badan,
Ko'nglim to'lin oy kabi ravshan.
Temp
va ritm bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, badiiy
matnni ifodali o'qishda ularga qat'iy amal qilingandagina muallif
maqsadiga to'la tushunish mumkin.
Temp haqida umumiy ma'lumot.
Olamda hayot mavjud unda harakat bor, harakat boy joyda esa – temp,
temp bor joyda ritm bor. Demak, hayot va mehnatni ma'lum
temp va
ritmsiz tasavvur etish mumkin emas.
Mehnat ma'lum bir me'yorda takrorlansa charchatmaydi. Sh
uning
uchun ham mehnat jarayonida aytiladigan ashulalar ohangi o`sha ish-
harakatga hamohang bo`ladi.
Badiiy adabiyot hayotni in'ipos ettirar ekan, unda ham temp va ritm
saqlanadi. Bu yozuvda tinish belgilari orqali ifodalanadi.
Badiiy adabiyotda temp va ritm asarning g`oyaviy-estetik mohiyatini
ochishga
xizmat qiladi, nutqning emosional ta'sirchanligini kuchaytiradi,
estetik zavq uyg`otadi. Demak, temp va rimt ifodali o`qishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Har qanday asarda o`ziga xos temp va rimt yashiringan bo`ladi.
Shuning uchun o`quvchi to`g`ridan-to`g`ri ifodali o`qishga kirishmasdan,
avval asar bilan puxta tanishib chiqishi zarur. So`ngra,
asarning temp va
ritmi o`zgaradigan yerlarini qalam bilan belgilab olgach, ifodali o`qishga
kirishsa asar mazmuni muallif maqsadi tinglovchiga to`lqin yetib boradi.
Temp lotincha (tempus - tempus) so`zidan olingan bo`lib, sur'at,
daraja, vaqt degan ma'nolarni anglatadi.
Temp - ifodali o`qishning his-hayajon jihatdan intensivligi, uning
istirobli, hayajonli nafasidir. Agarda temp qahramonlarning ichki
kechinmalari, his-hayajon, voqealar rivojlanishining
keskinligi darajasiga
ko`ra o`zgarib turadi.
Ifodali o`qish jarayonida tempni ko`tarish hovliqish degan gap emas,
aksincha jonlantirish demakdir.
22
"Agar biror harakat ma'lum bir vaqt me'yorida bajarilsa, tempni
ko`tarish o`sha vaqtni bir
oz qisqartirishga olib keladi, natijada yashash
(kechinma)ni ham, shu orada aytiladigan so`zni ham bir oz tezlashtirib,
qisqartirilgan vaqt miqyosiga joylashtirishga to`g`ri keladi".
Agar ifodali o`qish jarayonida temp inobatga olinmasa, nutq so`lg`in,
jonsiz bo`lib, ta'sir kuchi pasayadi. Bunga G`ofur G`ulomning "Sen yetim
emassan" she'ridan olingan quyidagi parcha yaxshi misol bo`la oladi.
Nega cho`chib tushding?
Murg`ak tasavvur.
Go`dak xayolingga
Nimalar keldi?
Shunday qilib, nutq tempi asar mazmuni va muallif maqsadiga ko`ra
goh pasayadi, goh ko`tariladi.
Dostları ilə paylaş: