O`zbek filologiyasi fakulteti o`zbek adabiyoti kafedrasi


O`zbek notiqligi tarixidan



Yüklə 304,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix13.12.2023
ölçüsü304,87 Kb.
#176468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ifodali oqish

O`zbek notiqligi tarixidan 
Reja:
 
Kirish
1. O`rta Osiyoda notiqlik san'ati.
2. Xoja Muayyad Mehnagiy, Mavlono Riyoziy, Husayn Voiz Koshifiy va 
voizlik.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Aristotel - "Poetika" T. 1980 y. 
2. Axmedov A. - "Notiqlik san'ati" T. 1967 y. 
3. Oripov K., Obidova M. "Ifodali o'qish" T.1992 y. 
4. Inomxo'jayeva S., Zunnunov A. "Ifodali o'qish asoslari" T. 1978 y. 
5. Jo'rayev K. "Ifodali o'qish va himoya qilish" T. 1986 y. 
6. Yodgorov N. "Gigiyena golosa i yego fiziologicheskoye osnovo'" M. 
1967. 
7. Leonardi YE.I. "Deksiya orfoepiya" M. 1967. 
8. Sayfuddinov A. "Og'zaki nutqda pauzaning ahamiyati" T. 1965 y. 
9. Xo'jayeva L. "Lektor haqida ifoda vositalari" T. 1964 y. 
Notiqlik - o`tmish so`z san'atining eng barkamol ommaviy 
janrlaridan bo`lib, bu san'atni musulmon Sharqida voizlik deb atalgan. 
Shunga ko`ra nutq - va'z, notiq - voiz deb yuritilgan.
O`rta Osiyo xalqlari, jumladan o`zbek xalqi IX-XV asrlarda dunyo 
madaniyati taraqqiyotida oldingi saflardan biriga ko`tarila olgan edi. 
Umuman, o`rta asrlarda fan va madaniyatning rivojida Xorazmiy, 
Farog`iy, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Qoshg`ariy, Navoiy kabi ulug` 
siymolar katta hissa qo`shganlar.
Bular yashagan davrni Sharq tarixida Uyg`onish davri ham deb 
yuritiladi. Bu davrda ilm-fan, adabiyot, san'at madaniyatimizning ravnaq 
topgan 
yillari 
bo`ldi. 
Adabiyot 

san'at, 
fan 
va 
umuman, 
madaniyatimizning targ`ibotchilari bo`lgan bu allomalar ayni vaqtda voiz 
(notiq)lik san'atini ham yaratdilar.
IX-X asrlar orasida yashab ijod etgan Abu Nasr Farobiy (837-950), 
Abu Ali ibn Sino (980-1037) kabi yirik olimlarimiz faqat zamonalarining 
ilm-fani bilan chegaralanib qolmay, ayni vaqtda notiq ham bo`lganlar 


10 
hamda notiqlikning tug`ilishi, shakllanishi va rivojiga ham katta e'tibor 
berganlar.
Bulardan tashqari, XI asrda Kaykavus tomonidan yaratilgan 
"Qobusnoma"da ham notiqlik san'ati haqida batafsid to`xtalib o`tilgan. 
Hatto muallifning ta'kidlashiga qaraganda, barcha hunarlar ichida so`z 
hunarini - notiqlikni ulug`laydi.
Notiqlik juda uzoq tarixga ega, ana shu davr ichida u shakllandi, 
o`zgardi va kamol topdi. Albatta bu tarixiy jarayonda nasldan-naslga 
meros qolishga arzigulik an'analar ham yetib keldi.
Sharq va xususan O`rta Osiyoda juda ko`plab notiqlar yetishib 
chiqdilar, faqat yetishib chiqdilargina emas, balki ular notiqlik asoslarini 
va maktabini yaratib, butun Sharqqa, hatto butun dunyoga mashhur 
bo`lganlar.
Jumladan:
Voiz Muhammad Rafi'
- "Abvobul jinon". 
Voiz Qazviniy
- "Zilolu maqol". 
Voiz shirvoniy
- "Ahsanul ahodis". 
Muhammad Bobur binni 
Muhammad Voiz 
- "Hidoyatul-taqvim". 
Quraysh Sindiy
- "Anisul-voizin". 
Mulla Kalon Voiz
Samarqandiy 
- "Ravzatul-voizin". 
Qozi O`shiy 

"Miftoxun-najjoh" 
("So`zning 
kaliti") va boshqa bir qator mohir so`z ustalari o`zlarining risolalarini 
yaratib, notiqlik nazariyasi sohasida ham katta yutuqlarni qo`lga 
kiritganlar. Bularni har biri o`z tarixi, taqdiriga ega bo`lgan siymolardir.
Voizlikning kelib chiqishi tarixi ham ancha qiziq. Shveytsar olimi 
Adam Metsning ma'lumotlariga ko`ra ilgari podshohlar el oldiga chiqib 
davlat tuzumi, itoatkorlik, xalqaro ahvol, diniy qoidalar, o`z siyosatlari va 
boshqa mavzularda nutq so`zlab turganlar. Ularning nutq matnlarini esa, 
saroy xodimlari, ya'ni devonul insho xodimlari yozib bergan. Ayniqsa, 
juma namozi kunlari ularning chiqib, nutq so`zlashlari shart bo`lgan. 
Vaqtlar o`tishi bilan bunday ishlarni maxsus so`z ustalariga topshira 
boshlaganlar. Jumladan Mavlono Faxriddin Ali Safiyning "Latoyifut-
tavoyif" asarida aytilishicha, Sulton Husayn Boyqaro bir kuni Sherozga, 
Shoh Shijo' oldiga rasmiy davlat ishi bilan muzokara olib borish uchun bir 
vakil yubormoqchi bo`lgan. Arkoni davlat bilan maslahatlashib, Mavlono 
Irshoddan boshqa munosib kishi topa olmaydilar.


11 
Xullas. Irshod borib rasmiy ishlarni oz muddatda ijobiy hal etadi. 
Ammo, uning notiqlik mahoratiga qoyil qolgan shoh Shijo' Irshodga javob 
bermay, bir majlis qurib keyin ketishi mumkinliginiaytib iltimos qiladi. 
Notiq majlisni juma kuniga tayinlaydi. Boshqa odamlar qatori Shoh va 
uning a'yonlari ham masjidi Jomega yig`iladilar. O`sha kuni Mavlono 
Irshod shunday ehtirosli nutq so`zlaydiki, yig`ilgan xaloyiq ho`ng-ho`ng 
yig`lay boshlaydi. Notiq hamma nutqqa berilib ketib yig`layotganini 
ko`radi. Shunda Mavlono Irshod o`z notiqligining yana bir bunyodkor 
kuchini namoyish qiladi: u to`satdan shunday kutilmagan burilish 
yasaydiki, hamma birdaniga ko`z yoshi aralash qah-qah soladi.
Shoh Shijo' ham, yig`ilgan xaloyiq ham buyuk notiq Mavlono 
Irshodni hurmat-ehtirom bilan kuzatib qo`yadilar.
O`zbek xalqi orasida Mavlono Irshodga o`xshagan notiqlar juda ko`p 
bo`lgan. Ulardan biri farg`onalik mashhur notiq qozi O`shiy bo`lgan. U 
O`sh shahridagi qozilik lavozimida ishlagani uchun qozi O`shiy 
taxallusiga ega bo`lgan.
U xalq o`rtasida juda katta obro`ga ega bo`lgan. Yuqoridagi asarda 
yozilishicha, Erondagi Siiston viloyatining xalqi qatti qo`lligi bilan dong 
chiqargan, hatto gadoyga ham non bermas ekanlar. Qozi O`shiy esa bu 
xalqning ko`ngil qulfini so`z kaliti bilan ochib yumshataman deydi. U 
Siistonga borib bir-ikki hafta shu xalq ichida yuradi, ularning ruhiy 
holatini o`rganadi. Shahar qozisidan ruxsat olib, juma kuni masjidi Jomeda 
katta nutq so`zlaydi, notiq bilan baravar xalqning fig`oni falakka
ko`tariladi. Siiston xalqi topgan-tutganini minbar ostiga tashlaydi. Lekin 
qozi O`shiy nutqi uchun hech kimdan haq olmasligini aytadi, buni eshitgan 
xalq notiqni yanada e'zozlaydi.
Notiq, u xalqning xasis emasligini, aksincha olijanob ekanligini
xalqning mehr xazinasini ochish uchun munosib kalit topa olish kerak 
ekanligini isbot etadi.
Mutaxassis notiqlarni voizlar deb ataganlar. Ularning va'z matnlari 
odatda chiroyli va badiiy yuksak saviyada bo`lgan. Nutq matnlarining 
aksariyati nasriy she'r va hatto she'riy shakllarda yozilgan.
O`tmish Sharq notiqlari orasida o`z zamonasining Demosfen va 
Sitseronlari 
juda 
ko`p 
bo`lgan. 
O`zbek 
va 
yunon 
san'atkor-
mutafakkirlarining nutq talqinlari, ta'sirchanligi va notiqlik san'ati asoslari 
bo`yicha, olg`a surgan fikrlari jahon taraqqiyparvar notiqligining shu 
masalalaridagi talqinlari bilan hamohangdir.


12 
Biz Alisher Navoiy tomonidan tilga olingan va ularning ijodi haqida 
fikr yuritgan notiqlardan faqat uch voiz haqida qisqa-qisqa ma'lumot 
beramiz.

Yüklə 304,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin