15
Urg'u haqida umumiy ma'lumot.
Urg'u ifodali o'qishning asosiy vositalaridan biri bo'lib, u ta'kidlash,
alohida e'tibor qaratish uchun xizmat qiladi. Urg'u so'zlarni to'g'ri talaffuz
etishga, ma'noni to'g'ri va to'la anglashga yordam beradi.
Urg'u ilmiy adabiyotlarga leksik urg'u, dinamik urg'u, rimik urg'u,
mantiqiy urg'u, tradision urg'u, psixologik urg'u kabi bir necha turga bo'lib
o'rganiladi.
Bu bo'linish lingvistik jihatdan to'g'ri, ammo
biz talabalarni ifodali
o'qishga o'rgatish va ifodali o'qishning nazariy masalalari haqida ma'lumot
olishlarini osonlashtirish maqsadida urg'uning ikki turi xususida
to'xtalmoqchimiz:
1.
So'z urg'usi.
2.
Mantiqiy urg'u.
So'z urg'usi.
So'z urg'usi tushgan bo'g'indagi unli shu so'zning
boshqa bo'g'inlaridagi unli tovushlariga qaraganda kuchliroq, cho'ziqroq
talaffuz etiladi.
So'z urg'usi lingvistik adabiyotlarda leksik urg'u
nomi bilan ham
yuritiladi.
O'zbek tilida so'z urg'usi, asosan, so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi.
So'zlarga qo'shimchalar qo'shila borishi bilan urg'u ham ko'cha boradi.
Masalan: bola, bolalar, bolalarga; ishchi, ishchilar, ishchilarga.
Bu hodisa ko'proq, turkiy tillarga, jumladan, o'zbek
tiliga ham
xosdir. Ammo, bunda o'zbek tilida urg'uning o'rni o'zgarmas ekan degan
xulosa chiqmaydi. O'zbek tilida shunday so'zlar ham borki, so'z
boshida
kelgan urg'u so'nggi bo'g'inlarga tushmaydi. Masalan: qaysi, qanday,
qancha.
Demak, o'zbek tilida urg'u so'zning boshida, o'rtasida va oxirida ham
kelishi mumkin. Masalan:
A) so'z boshida; kelsi, kimdir, allakim, doim, bari, hamma;
B) so'z o'rtasida; albatta, mardlarcha, afsuski, yaxshigina,
achchiqqina, o'qituvchiman;
V) so'z oxirida; oqqush, otboqar, to'proq, bozor, Uchqo'rg'on,
Beshariq.
Adabiy
talaffuzni
normallashtirish
va
nutq
madaniyatini
rivojlantirish, o'zbek tiliga internasional so'zlarning tobora ko'plab
kirishi
va keng omma nutqiga singib borishi tufayli urg'uning ahamiyati kun sayin
ortib bormoqda.
16
Hozirgi o'zbek adabiy tilida so'z urg'usining vazifasi ancha kengaydi.
O'zbek tilida urg'u ma'noni
farqlash xususiyatiga ega; olma, (meva, ot) olma (buyruq fe'li); atlas
(mato), atlas ( geografik karta); kesma (ovqat turi, ot) kesma (buyruq fe'li);
tugma ( kiyim tugma ot), tugma ( buyruq fe'li); gulsiz ( guli yo'q, sifat ),
gulsiz (guldaysiz, o'zshatish); qizgina (kichkina qizcha, kichraytirish);
qizgina (qizning o'zi, ajratib ko'rsatish).
Bulardan
tashqari, hozirgi o'zbek adabiy tilida o'zlashib ketgan
ruscha-baynalminal so'zlarda ham urg'u ma'noni farqlash xususiyatiga ega.
Urg'u quyidagi so'zlarning birinchi bo'g'iniga tushsa sifatga aylanadi.
Masalan: akademik-ot,
akademik-sifat, matematik-ot, matematik-sifat;
texnik-ot, texnik-sifat.
Shuning uchun ham o'quvchi-talabani matnni ifodali o'qishga
o'rgatishdan oldin, ularni matndagi so'zlarning ma'nosi
bilan tanishtirish,
so'zlarning urg'uli bo'g'inini aniqlashga o'rgatish lozim.
Dostları ilə paylaş: