O‘zbek filologiyasi fakulteti



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/29
tarix16.10.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#156279
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
z.murodova

Toshkandda garchi kо‘pdur shoiru she’rxonlar, 
Onlarning barchasidin ham nuktadon Xislat. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “Armug‘oni Xislat” о‘z davrida ilg‘or 
ziyolilarning aksariyatini diqqatini tortgan. Shuning uchun kо‘pgina ijodkorlar 
bayozga olqish she’rlar yozishgan, kitobning oxirida ta’rix she’rlari berilgan
12
.
Shoir 1903-1904 yillarda bolalar uchun Ubayd Zokoniyning fors tilidagi 
“Gо‘rba va mush” (“Mushuk va sichqon”) hikoyasini о‘zbek tiliga she’riy 
tarjima qilib о‘zi chop ettirdi. Xislat bu asarni о‘zbek tiliga tarjima qilishda 
katta mahorat kо‘rsatdi. Shoir asarning asliga birmuncha ijodiy yondashishga, 
tarjimaga qisman bо‘lsa ham о‘z davrining ruhini singdirishga, til va uslub 
jihatidan “Gо‘rba va mush”ni maktab yoshidagi bolalarga manzur etishga 
harakat qildi. Xislatning bu asari XX asr boshlarida bir necha marotaba nashr 
qilingan.
Shoir Xislat tarjimonlik, noshirlik ishlari bilan bir qatorda о‘zining she’r 
yozishini ham davom ettirdi. 
12
Mazkur bayozda Shavkat Iskandariy, Husaynxon Maxdum Andijoniy, Mulla Muhammad Yusuf Andijoniy, 
Mulla Shohislom Toshkandiy, Vasliy Samarqandiy, Mulla Asadulla Toshkandiy singari shoirlarning ham 
ta’rixlari berilgan. 


23 
Xislat 1912-1914 yillarda о‘z g‘azallarini saralab, boshqa shoirlarning 
she’rlari bilan birga “Tuhfai Xislat” va “Savg‘oti Xislat” bayozlarini ham chop 
ettirdi. Xislat tarjimonlik faoliyatini davom ettirib, qadimiy fors qahramonlik 
eposi “Dostoni Barzui sher”ni о‘zbek tiliga tarjima qilib, 1911 yilda Toshkentda 
O.A.Porsev bosmaxonasida chop ettirdi. Xislat katta-katta epik asarlar bilan bir 
qatorda g‘azal va muxammaslarni ham о‘zbek tiliga tarjima qildi. Masalan, u 
о‘z dо‘sti Shavkatning “Savti Hо‘qandcha xonish muxammasi Shavkat 
Iskandariy bar g‘azali Ahmad” nomli she’rini о‘zbek tiliga tarjima qilgan. 
Shavkatda: 
Ey nigorim, in chi savdo kardai? 
Mehri xudro dar delam jo kardai.
Xonai delro musaffo kardai,
To jamoli xeshro paydo kardai. 
Oshiqonro mastu shaydo kardai. 
Xislatda: 
Ey nigorim, bu na savdo aylading, 
Mehri ishqing jon aro jo aylading,
Xonai dilni musaffo aylading,
О‘z jamolingni chu paydo aylading, 
Ishq elini mastu shaydo aylading.
Xislat bunday asarlarni tarjima qilayotganda she’rning uslubi, vazni, 
mazmun va g‘oyasini tо‘liq saqlashga harakat qilgan. 
Xislat juda nafis xattot ham edi. 1906-1914 yillarda chiqqan bir necha 
bayozlarga kotiblik ham qilgan. 1911 yilda nashr etilgan “Bayozi yangi” shular 
jumlasidandir. XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan 
ma’rifatparvar Umar Boqiy buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning “Farhod va 
Shirin”, “Layli va Majnun” dostonlarini nasrga aylantirib, ommabop usulda 
qayta ishlab chiqadi. Umar Boqiy xalqning Navoiy ijodiga bо‘lgan katta 
qiziqishini nazarda tutib shunday xayrli ishni amalga oshirgan bо‘lsa, noshir va 
ma’rifatparvar Xislat о‘z navbatida Umar Boqiyning bu asarlarini nashrga 


24 
tayyorlab chop ettirib, xalqni undan bahramand etishda faollik kо‘rsatadi. Bu 
asar 1906 yilda Toshkentda Porsev bosmaxonasida katta nusxada nashr 
ettiriladi. Xislatning dо‘sti Shavkat Iskandariy asarning syujetidan kelib chiqib 
chizgan 13 ta miniatyurasi ham kitob sahifalaridan о‘rin olgan.
Xislat Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonini ham xuddi shu 
tarzda nashrga tayyorlab chop ettirdi. Bu asarga ham shoir va musavvir Shavkat 
Iskandariy uning g‘oyaviy mazmunidan kelib chiqib 11 ta ajoyib miniatyura 
chizgan.
Xislat о‘zining “Armug‘oni Xislat” bayozida ham Alisher Navoiyning 
asarlarini katta qiyinchilik bilan chop ettirganligi haqida yozadi: 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin