Parioso kо‘rinmay о‘zni pinhon aylading ketding,
Mani devonadek besabru somon aylading ketding,
Misoli andalib hajringda nolon aylading ketding,
Kо‘ngulni g‘uncha yanglig‘ qon aylading ketding,
Xaloyiq ichra mayusu parishon aylading ketding.
Bu Muqimiy g‘azallaridan biriga bog‘langan muxammasning birinchi
bandi. E’tibor qilinsa, mazkur band ikki shoir qalamiga mansubligi umuman
sezilmaydi.
27
Bu kabi holni Xislatning Haziniy, Huvaydo, Furqat, Shavkat Iskandariy
g‘azallariga bog‘lagan muxammaslarida ham yaqqol kо‘rish mumkin.
Adabiyot tarixida odatda biror g‘azalga bir necha shoirlarning
muxammas bog‘lashi kuzatiladi. Aynan bir g‘azalning о‘ziga bir ijodkor
tomonidan ikki muxammas bog‘lash she’riyatda kamdan kam uchraydigan
hodisa. Xislatning Furqat qalamiga mansub
Huru pari yuzidin ruxsoringiz chiroylik,
Jannatni gullaridan gulzoringiz chiroylik
misralari bilan boshlanuvchi g‘azaliga bog‘langan muxammasi ikki manbada
ikki xil shaklda keltirilgan. Bu о‘z navbatida Xislatning har bir nashrga ijodiy
yondashganini kо‘rsatadi
17
.
Hatto Xislatning hajviy she’rlarida ham ustoz Muqimiy ijodining ta’sir
kuchini kо‘rishimiz mumkin.
Masalan, Xislatning “Najmiddin” nomli satirasidagi:
Masjidni aylabon jo,
Yotg‘usi sindirub po.
Qilg‘usi fitna ig‘vo,
Nopoku, chirku murdor, –
kabi
tо‘rtliklarini о‘qir ekanmiz, beixtiyor Muqimiyning mashhur
“Sayohatnoma”laridagi ushbu misralar yodimizga keladi:
Mag‘rur, xasisu beshu kam,
Har gapda yuz ichgay qasam,
Tagjoy olur moxovdan ham,
Hoji о‘zi murdor ekan
Xislat kо‘plab ijodkorlar singari о‘z ijodini dastlab ishqiy she’rlar yozish
bilan boshladi. Keyinchalik zamonasining yetakchi mavzusi bо‘lgan
ma’rifatparvarlik targ‘iboti va boshqa ijtimoiy mavzularda mahorat bilan qalam
tebratdi. Professor Begali Qosimov buni quyidagicha talqin qiladi: “...asosan
an’anaviy ishqiy she’riyat bilan shug‘ullangan bо‘lsa-da, davr hodisalari ta’siri
17
Xislat. Tarannum. – T.: “MERIUS”, 2009. –B. 76-79.
28
tufayli hayotdagi о‘zgarishlarga, xususan, yangilanayotgan adabiyotga rag‘bat
bildirgan shoirlardan”
18
.
Maorif sohasini yuksaltirish, ma’rifat orqali xalqni zalolatdan qutqarish
davr talabi, hayotiy ehtiyoj edi. Matbuot bilan yaqindan tanish bо‘lgan shoir
ma’rifatparvarlik mavzuida о‘nlab she’rlar yaratdi. Bu kabi she’rlar Vatanni
ozod, millatni mutaraqqiy xalqlar bilan barobar kо‘rmoq orzusining о‘ziga xos
poetik ifodasidir.
Akademik N.Karimov ta’kidlaganidek: “boy bilimga ega bо‘lgan,
g‘azallari о‘zbek xalqining og‘zidan tushmagan, о‘z asarlari va tarjimalari bilan
yosh avlodni sharqona axloq va odob ruhida tarbiyalashga intilgan shoir hatto
el-yurt о‘rtasida shuhrat qozongan yillarida ham och-yalong‘och qolib, bola-
chaqasini boqish uchun duradgorlik ishlari bilan shug‘ullanishga majbur
bо‘ldi...Holbuki, u shu yillarda ham jadid adabiyotining vakili sifatida yoshlarni
о‘qishga, zamon bilan baravar odim otishga da’vat etuvchi she’rlari bilan xalqi
va vataniga astoydil xizmat qilayotgan shoir edi:
О‘qing, farzandi zebosiz, zamon sizlarga xо‘b boqdi,
Bо‘ling alloma odam siz, zamon sizlarga xо‘b boqdi.
О‘tubdur keksalar umri base kulfat, nadomatda
Oling ibrat bu ishdan siz, zamon sizlarga xо‘b boqdi.
Ochildi qanchalar dorulfununu texnikum, maktab,
Qiling jahdu jadllar siz, zamon sizlarga xо‘b boqdi.
Zamon Aflotuni tengsiz muallimlar bо‘lib rahbar,
Qо‘ying ixlos alarga siz, zamon sizlarga xо‘b boqdi.
Har qanday xalq va mamlakatning kelajagi yoshlar qо‘lida ekanini
yaxshi bilgan shoir ularning ma’naviy barkamol, zamonaviy ilm-fan va
18
Qosimov B. Milliy uyg‘onish. – T.: Manaviyat, 2002. – B. 302.
29
texnikani mukammal egallagan kishilar bо‘lib ulg‘ayishlarini orzu qilgan
edi”
19
.
Shoir nazarida, ilm – barcha mushkulotlarning kaliti. Ilmsizlik millatni
oxir-oqibat xarob qiladi. El-yurt boshiga har qanday azob, har qanday xaroblik
kelsa, bu – jaholat oqibatidir. Shoirni millatdoshlarining ilmsizligi, jaholat
girdobida qolgani va eng achinarlisi, bundan or etmasligi qattiq iztirobga
soladi.
Buning natijasi о‘laroq, Xislat ijodida ma’rifatparvarlik ruhidagi bir qator
she’rlar yuzaga keldi.
Dostları ilə paylaş: |