35
rivojlandi. Bu harakatning asosiy g‘oyasi bо‘lgan ma’rifatparvarlik va milliy
ozodlik adabiyotning bosh mavzusiga aylandi.
Jadidchilik ham shaklan, ham
mohiyatan butunlay yangi adabiyotni shakllantirdi. Turkiston ma’rifatparvar
ziyolilari – Mahmudxо‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid CHо‘lpon,
Abdulla Qodiriy,
Abdulla Avloniy, Siddiqiy-Ajziy, Hamza, Kamiy, Miskin
kabi
ijodkorlar ilmsizlik, ijtimoiy qaramlik, ma’naviy-ma’rifiy qoloqlik
illatlaridan qutulish va ma’rifatga erishish g‘oyalarini о‘ziga
xos badiiy talqin
etdilar.
Xislat kо‘plab ijodkorlar singari о‘z ijodini dastlab ishqiy she’lar yozish
bilan boshladi. Keyinchalik zamonasining yetakchi mavzusi bо‘lgan
ma’rifatparvarlik targ‘iboti va boshqa ijtimoiy mavzularda mahorat bilan qalam
tebratdi. Professor Begali Qosimov buni quyidagicha talqin qiladi: “...asosan
an’anaviy ishqiy she’riyat bilan shug‘ullangan bо‘lsa-da, davr hodisalari ta’siri
tufayli hayotdagi о‘zgarishlarga, xususan, yangilanayotgan adabiyotga rag‘bat
bildirgan shoirlardan”
21
.
Maorif sohasini yuksaltirish, ma’rifat orqali xalqni zalolatdan qutqarish
davr talabi, hayotiy ehtiyoj edi. Matbuot bilan yaqindan tanish bо‘lgan
shoir
ma’rifatparvarlik mavzuida о‘nlab she’rlar yaratdi. Bu kabi she’rlar Vatanni
ozod, millatni mutaraqqiy xalqlar bilan baqamti kо‘rmoq orzusining о‘ziga xos
poetik ifodasidir.
Akademik N.Karimov ta’kidlaganidek: “boy bilimga ega bо‘lgan,
g‘azallari о‘zbek xalqining og‘zidan tushmagan, о‘z asarlari va tarjimalari bilan
yosh avlodni sharqona axloq va odob ruhida tarbiyalashga intilgan shoir hatto
el-yurt о‘rtasida shuhrat qozongan yillarida hamoch-yalong‘och qolib, bola-
chaqasini boqish uchun duradgorlik ishlari bilan shug‘ullanishga
majbur
bо‘ldi...Holbuki, u shu yillarda ham jadid adabiyotining vakili sifatida yoshlarni
о‘qishga, zamon bilan baravar odim otishga da’vat etuvchi she’rlari bilan xalqi
va vataniga astoydil xizmat qilayotgan shoir edi:
О‘qing, farzandi zebosiz, zamon sizlarga xо‘b boqdi,
21
Qosimov B. Milliy uyg‘onish. – T.: Manaviyat, 2002. – B. 302.
36
Bо‘ling alloma odam siz, zamon sizlarga xо‘b boqdi.
О‘tubdur keksalar umri base kulfat, nadomatda
Oling ibrat bu ishdan siz, zamon sizlarga xо‘b boqdi.
Ochildi qanchalar dorulfununu texnikum, maktab,
Qiling jahdu jadllar siz, zamon sizlarga xо‘b boqdi.
Zamon Aflotuni tengsiz muallimlar bо‘lib rahbar,
Qо‘ying ixlos alarga siz, zamon sizlarga xо‘b boqdi.
Har qanday xalq va mamlakatning kelajagi yoshlar qо‘lida ekanini
yaxshi bilgan shoir ularning ma’naviy
barkamol, zamonaviy ilm-fan va
texnikani mukammal egallagan kishilar bо‘lib ulg‘ayishlarini orzu qilgan
edi”
22
.
Shoir
nazarida, ilm – barcha mushkulotlarning kaliti. Ilmsizlik millatni
oxir-oqibat xarob qiladi. El-yurt boshiga har qanday azob, har qanday xaroblik
kelsa, bu – jaholat oqibatidir. Shoirni millatdoshlarining ilmsizligi,
jaholat
girdobida qolgani va eng achinarlisi, bundan or etmasligi qattiq iztirobga
soladi.
Buning natijasi о‘laroq, Xislat ijodida ma’rifatparvarlik ruhidagi bir qator
she’rlar yuzaga keldi.
Dostları ilə paylaş: