19
Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. -T. О‘zbekiston. 2008. –B.73
30
II BOB. SHOIR LIRIKASINING MAVZU KO‘LAMI
2.1. Shoir lirikasida ishq, hajv, ilm-ma’rifat mavzularining
badiiy talqini
Ishqiy lirika.
Sо‘z san’ati vujudga kelgandan buyon har bir ijodkor ishq
mavzusiga qayta-qayta murojaat etgan va u yoki bu darajada ishqni о‘ziga xos
poetik talqin etishga muvaffaq bо‘lgan. Kо‘hna mavzu о‘zgacha mezonlar,
ohorli tashbehlar vositasida yangicha ifodalanishiga erishilgan. Zero, “ishqu
oshiq – badiiy sо‘z san’atining doimiy yо‘ldoshi...Ishqni kuylamagan shoirni va
ishq dardi aralashmagan she’rni topish mutlaqo mumkin emas”
20
ligini shu bilan
izohlash mumkin.
Xislat adabiy merosining ham salmoqli qismini ishqiy lirika tashkil etgan
bо‘lib, bu mavzu deyarli barcha janrdagi she’rlarida teran mazmun va gо‘zal
poetik shakl mutanosibligida badiiy talqin etilgan. Ularda shoir visol lazzati,
hijron iztiroblari, jon va jonon mojarosiga kо‘p bora murojaat etadi. Xislat bu
mavzuda she’r yozishni ijodining ilk bosqichida boshlagan bо‘lib, uning ishqiy
lirikasi, asosan, g‘azal janrida yaratilgan. Negaki, g‘azal istiloh sifatida arabcha
ayolni madh etish, unga oshiqona munosabatda bо‘lish ma’nosini anglatadi
.
Sharq adabiyotida ishq-muhabbat mavzui har qanday shoir ijodiy
kamolotini belgilovchi mezondir. Darhaqiqat, Xislat lirik shoir sifatida pok
insoniy tuyg‘u – ishq-muhabbatni zо‘r ehtiros va zavq-shavq bilan kuyladi.
Ishqni о‘ziga xos uslubda madh etib, qalb kechinmalarini she’rga soldi. Uning
g‘azallari ishq-muhabbat talqinidagi an’anani davom ettirish barobarida
obrazlar tasvirida, badiiy san’atlarni qо‘llashda о‘ziga xoslikka intilganini
kо‘rsatadi. Shoir zamon va makon tanlamaydigan muqaddas tuyg‘u – muhabbat
tasviri uchun takrorlanmas ifoda usullari-yu beqiyos badiiy tashbehlar
qо‘llaydi, tasvirlamoqchi bо‘lgan kechinmalariga mos original qofiya va
radiflar izlaydi. Bu esa, Miskinning о‘z davri she’riyatida munosib mavqega
erishmog‘ini ta’minladi:
20
Vohidov R. Alisher Navoiy va ilohiyot. Buxoro nashriyoti, 1996. – B. 142.
31
Hajringda bas, о‘ldurma andishai fardo qil,
Kel emdi manga jono vaslingni muhayyo qil.
О‘zbek adabiyotida “Qil” radifida kо‘plab g‘azallar ijod etilgan.
Jumladan, bu radifda Amiriy, Uvaysiy, Fazliy, Ado (Sultonxontо‘ra Ahroriy),
Hotif, Nola, Xijlat, Feruz, Muqimiy, Furqat, Hamza, Haziniy, Kamiy, Sidqiy
Xondayliqiy singari shoirlar g‘azal bitgani ma’lum. Ifodalamoqchi bо‘lgan
g‘oya va kechinmalari tasviri uchun bu radifni tanlar ekan, Xislat salaflari va
zamondoshlari bilan ijodiy musobaqaga kirishadi. Shu bilan birga, qalb tubida
saqlanayotgan tuyg‘ularini, muhabbat iztiroblarini о‘ziga xos tarzda
ifodalashga erishadi:
Mastona bosib bir-bir gulshanda xirom aylab,
Tovusni etib hayron ham kabkni shaydo qil.
Shuni ta’kidlash kerakki, an’anaviy ishqiy she’riyatda bо‘lgani kabi
Xislat she’riyatida ham asosiy obrazlar oshiq, ma’shuqa va raqibdir. Shoir
о‘zining ishqiy lirikasida о‘z his-tuyg‘ularini, ishqqa munosabatini oshiq va
ma’shuqa obrazlari orqali ifodalaydi. U ma’shuqani tengsiz gо‘zal sifatida
talqin qiladi. Shuning uchun ham unga nisbatan “mahliqo”, “mahvash”, “hur”,
“pari”, “parivash”, “nozanin”, “gul”, “jonon” kabi kо‘plab an’anaviy sifatlar
qо‘llanadi. Oshiqning nochor holi, visoldan mudom umidvorligi shoir qо‘llagan
“parvona”, “gado”, “devona”, “bulbul” obrazlari vositasida yorqin aks etadi.
Ishqdan maqsad – visol. Oshiq uchun mahbubasidan gо‘zalroq xilqat yо‘q.
Uning vaslidan bо‘lak hech narsa uni qiziqtirmaydi:
Husn bog‘ida guli ra’nolig‘ingdin о‘rgulay,
Savr yanglig‘ qomati zebolig‘ingdin о‘rgulay.
Oshiqning birdan bir umidi sevgilisining visoliga erishmoq.
Raqib – ishqiy lirikada oshiq va ma’shuqa bilan yonma-yon
tasvirlanuvchi obraz. Miskin lirikasida bu “uchinchi odam” kо‘pincha oshiq
g‘amu anduhining sababkori. Ma’shuqaning e’tibori kо‘proq unda. Bu esa
oshiqning bag‘rini о‘rtaydi:
32
Raqiblar oldida dо‘stlig‘ uchun man imtihon aylab,
Chaqirsam kelmayin ul kun izolar qildingu ketding.
Ma’shuqaning “nooshno”ligi, “bevafo”ligi oshiqning “g‘am boridin bо‘ldi
mani qaddim duto qandoq qilay”, “solding kamandi ishqing man zori
mubtalog‘a” deya nola qilishiga sabab bо‘lgan. Lekin oshiq о‘z sevgilisining
barcha jabru sitamlariga sabrli. Yor visoliga erishmoq uchun bu yо‘ldagi har
qanday azobga, hatto jondan kechmoqqa ham rozi:
Xoh о‘ldurug‘a amr et, xoh kuydururg‘a yorim,
Men senga bо‘ldium oshiq rozi bо‘lib qazog‘a.
“о‘rgulay”, “qalaysizlar”, “aylansun”, “ikkimiz” Xislat ishqni zavq-
shavq bilan tarannum qilar ekan, uning kamolotidagi asosiy vosita ma’shuqa,
yor ekanligini alohida ta’kidlaydi:
Man agar kо‘rsam sani har qayda gar ag‘yor ila,
О‘rtanib rashk о‘tig‘a ul damda sо‘zon о‘lmisham.
Umuman, XX asr boshlaridagi bayozlarda Xislat qoldirgan ishqiy
she’rlar uning nazmdagi salohiyati yuqori bо‘lganini kо‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |