O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

MARGARINNING ANALIZI 
Margarin analizi vaqtida uning namligi, kislota soni, quruq qoldiq miqdori, tuz va yog‘ 
miqdori, shuningdek organoleptik ko‘rsatgichlari hid, ta’m 18
o
C dagi konsistensiyasi va rangi 
aniqlanadi. 
Margarin analizi uchun namunalar ishlab chiqarilayotgan har bir partiyadan olinadi. 
Yashiklardan (monolit) namuna shup bilan yashikning oldi devoridan solinib yon balandlikka 
parallel ravishda tiqib olinadi. Bochka yoki fanerli barabanlardan namuna shupni yon chetidan 
markazgacha tiqib olinadi. Agar margarin bo‘laklarda ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa unda analizga 
ajratilgan bo‘laklarning qog‘ozi olinadi va qoq markazidan ikkiga bo‘linadi. Kesimning hamma 
yuza qismidan 50 g ga yaqin margarin namunasi olinadi. Olingan namunalar bankalarga 
joylashtiriladi va harorati 40-45
o
C bo‘lgan suv hammomiga solinadi. Margarin erib ketmasdan 
ma’lum bir harakatchanlikka ega bo‘lishi uchun uni har 2 min orasida aralashtirib turiladi. Margarin 
harakatchan bo‘lishi bilan banka suv ichidan olinadi va massa qotib qolguncha aralashtiriladi. 
Analiz uchun namuna shu qotib qolgan massadan olinadi. 
5.1. NAMLIK MIQDORINI ANIQLASh 
 
Namlikni massa ulushini ikkita usul bilan aniqlash mumkin: margarin namunasini quritish 
shkafida doimiy og‘irlikkacha quritish (arbitraj usuli); elektrplitada quritish (tezlashtirilgan usul). 
Operativ nazorat uchun ko‘pincha ikkinchi usuldan foydalaniladi. 
Usul prinsipi. Usul, margarin namunasini 160-180
o
C haroratda quritishga asoslangan. 
Reaktiv va asboblar:
soat oynasi, qizdirilgan qum, tarozi, elektrisitgich, shisha tayoqcha
diametri 40-50 mm va balandligi 40-60 mm bo‘lgan metall byuks. 
Ishning bajarilish
. Quritilgan, shisha tayoqchali metall byuksga 10-15g qizdirilgan qum, 5-
6 g margarin texnik tarozida tortib olinadi va elektrplitada 160-180
o
C haroratda shisha tayoqcha 
bilan uzluksiz aralashtirib turib qizdiriladi. Chirsillash tugagach, byuksni yuzi soat oynasi bilan 
yopiladi. Quritish jarayonini tugaganini soat oynasi xiralashmasligidan va margarin rangini to‘q 
qizil rangga kirishidan bilinadi. Buning uchun soat oynasini har zamonda olib yuzasi (sirti) 
tekshiriladi. 
Namlikni haydagach, byuks plitkadan olinadi, sovitiladi va tortiladi. 
Namlikni massa ulushi (X) quyidagi formula bilan hisoblanadi: 
X= (m
1
-m
2
)

100/m, 
bu yerda m
1
- margarinli byuksning quritguncha bo‘lgan og‘irligi, g; m
2
– margarinli 
byuksning quritgandan keyingi og‘irligi,g;m – namunani og‘irligi,g. 
Parallel aniqlashdagi farq 0,2%dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin