158
5.2. KISLOTALIGINI ANIQLASh
Kislotalik deganda, 100 g margarinni neytrallash uchun kerak bo‘lgan normal ishqor
eritmasining millilitr miqdori tushuniladi. Margarin kislotaligi Ketstorfer darajalarida hisoblanadi, u
margarinning yog‘ va suv-sut fazasini umumiy kislotaligini xarakterlaydi.
Usul prinsipi. Usul erkin yog‘ kislotalari, oqsillar, nordonfosfor
va nordon limon tuzlarini
ishqor eritmasi bilan neytrallashga asoslangan.
Reaktiv va materiallar:
dietil efiri va etil spirtini neytrallangan aralashmasi (2:1),
fenolftaleinni 1%-li eritmasi, gidroksid kaliyni 0,1 n eritmasi; 100 ml li konussimon kolba.
Ishning bajarilishi.
Hajmi 100 ml bo‘lgan kolbaga 5 g margarin tortib olinadi. Margarinni
eritish uchun kolbani
issiq suvda ozgina qizdiriladi, 20 ml spirt-efir aralashmasi, 3 tomchi 1% li
fenolftalein eritmasi qo‘shiladi va KOH ning 0.1 n eritmasi bilan doimiy aralashtirilib, 1 minut
davomida yo‘qolmaydigan pushti rang hosil bo‘lguncha titrlanadi.
Margarin kislotaligi Ketstorfer darajalarida quyidagi formula bilan ifodalanadi:
X = 10
⋅
a/m
bu yerda a – 0.1 n KOH eritmasining titrlashga
sarflangan millilitr miqdori, ml; R –
margarin namunasini og‘irligi, g.
5.3. QURUQ QOLDIQ MIQDORINI ANIQLASh
Kerakli reaktiv va asboblar:
petroley efiri, 200 ml li stakanlar, elektrisitgich, termostat,
kolba, eksikator.
Ishning bajarilishi
. Sig‘imi 200 ml li, oldindan quritilgan tayoqchali stakanga 3-4 g
margarin joylanadi. Stakanni yopiq elektrisitgichga qo‘yiladi va uzluksiz aralashtiriladi. Namlikni
yo‘qotilganini sovuq oynani yoki soat oynasi xiralashmaganidan aniqlanadi. Stakan devorlaridagi
namlikni yo‘qotish uchun uni ko‘shimcha yana 20 minut 100-105
0
C da termostatda quritiladi.
Stakan sovitiladi va 50 ml petroley efiri stakan devorda qolgan yog‘ tomchilarini yuvib ketishi
uchun devor bo‘ylab
quyiladi, tayoqcha bilan yaxshilab aralashtiriladi, so‘ngra 20 minut tinch
qo‘yiladi. Tindirilgan tiniq eritma asta-sekin kolbaga solinadi, bunda qoldiq
ustida ozroq miqdorda
efir qoldiriladi. Stakandagi qoldiq, efir bilan 3-4 marta yuviladi, har bir yuvishga 30 ml atrofida
petroley efiri olinadi. Yuvishni filtr qog‘ozga efir tomizib bug‘langanda yog‘
izlari qolmasa
to‘xtatiladi. Stakandagi yuvilgan cho‘kma termostatga joylanadi va 100-105
0
C da 1-1.5 soat
davomida (doimiy og‘irlikkacha) quritiladi va ekstraktorida sovitilgach tortiladi.
Margarindagi quruq modda miqdori (Q) % da quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Q = (m
1
– m
2
) 100 / m,
bu yerda m
1
– quruq qoldiqli va tayoqchali stakan og‘irligi, g; m
2
– tayoqchali stakan
og‘irligi,g; m – margarin og‘irligi,g.
Yog‘ni massa ulushini hisoblash usuli bilan aniqlash.
Margarindagi yog‘ni protsent miqdorini (x) quyidagi formula bilan hisoblash mumkin:
X = 100 – (W + Q)
bu yerda W – margarindagi namlik miqdori, %; Q – margarindagi quruq
modda miqdori, %.
Dostları ilə paylaş: