161
Sovunlanish jarayoni neytral yog‘ bilan ham boradi
CH
2
– OCOR CH
2
-OH
| |
CH –OCOR + 3 NaOH CH –OH + 3RCOONa
| |
CH
2
–OCOR CH
2
–OH
Sovunlanish jarayonini olib borish vaqtida ishqor miqdori
nazariy hisoblab olinganiga
nisbatan biroz ko‘proq bo‘lishi kerak. Agar sovunlash jarayonida ishqor yetishmay qolsa, suvda
yomon eriydigan nordon sovun hosil bo‘lishi mumkin.
RCOONa + RCOOH RCOONa
⋅
RCOOH
Covunlanish jarayonida qatnashayotgan yog‘ kislotalari
va ishqorlarning turiga qarab,
olingan sovunlar qattiq va yumshoq bo‘lishi mumkin. To‘yingan yog‘ kislotalaridan qattiq,
to‘yinmagan yog‘ kislotalaridan yumshoq sovun hosil bo‘ladi. Bundan tashqari natriyli sovunga
nisbatan kaliyli sovun yumshoq bo‘ladi
va suvda yaxshi eriydi, ammo yuvinish jarayonida uni
sarfi ko‘proq bo‘ladi.
Yog‘-moy korxonalari ishlab chiqarayotgan sovunlar 3 turga bo‘linadi:
1)
xo‘jalik sovunlari, turli mato va
buyumlarni yuvish uchun; 2) atir sovunlari, asosan,
yuvinish uchun; 3) sanoat extiyoji uchun va maxsus sovunlar. Xo‘jalik sovunlari tarkibida 60, 72 %,
atir sovunda 73-80 % yog‘ kislotalari bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda yog‘-moy korxonalarida asosan xo‘jalik va atir sovun ishlab chiqariladi.
Kam hollarda kukunsimon, pastasimon va suyuq sovunlar ishlab chiqariladi.
Qattiq sovun ishlab chiqarish 2 etapdan iborat:
1.
Sovunning konsentrlangan massasini tayyorlash (sovunli yelim, atir sovun uchun asos).
2.
Massaga tovar formasini berish (mexanik ishlov).
Dostları ilə paylaş: