portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari
7.3. SOVUN PISHIRISH Sovun tayyorlash jarayoni ikki bosqichdan tashkil topadi. Birinchi bosqich retsepturaga
kirgan yog‘ kislotalarining aralashmasini ishqor eritmasi bilan aralashtirib, yog‘ kislotalarining
natriyli tuzi olinadi. Bu jarayonni sovun pishirish deb ataladi.
Ikkinchi bosqich esa pishirilgan sovunga har xil ko‘shimchalar ko‘shish va unga tovar
ko‘rinishini berish. Pishirilgan sovunga tovar ko‘rinishini berish quyidagi bosqichlardan tashkil
topadi: pishirilgan sovunni sovitish, quritish, sovunni bo‘lakchalarga bo‘lish. Yashiklarga tayyor
sovunlarni joylashtirish.
Sovun neytral yog‘dan tayyorlansa sovunlash jarayoni o‘yuvchi natriy ishqori bilan olib
beriladi. Agar sovun yog‘ kislotalarining aralashmasi asosida tayyorlansa, u vaqtda sovunlanish
jarayoni oldin karbonat natriy yordamida olib beriladi va keyin natriy gidroksid yordamida davom
ettiriladi. Sovun pishirish jarayonining tezligi shu jarayonning olib borishdagi haroratga, natriy
ishqorining konsentratsiyasiga va sovun pishirish uskunasining bosimiga bog‘liqdir. Sovunlashda
qo‘llanadigan natriy ishqorining konsentratsiyasi, sovunlanish jarayonining harorati va bosimi
yuqori bo‘lsa, sovunlanish jarayoni tezlashadi va vaqt qisqaradi.
Reaktiv va asboblar: 25% li natriy gidroksid eritmasi, osh tuzi va fenolftalein eritmalari,
chinni stakan, arlashtirgich, elektrisitgich.
Ishning bajarilishi. Sovun pishirish jarayonini boshlashdan oldin yog‘ kislota yoki neytral
yog‘larni va natriy gidroksidi miqdorini hisoblab, olish kerak. Sovun pishirishni boshlash uchun
retseptura buyicha mo‘ljallangan yog‘larni tortib olib, uni sovun tayyorlaydigan idishga solinadi va
uni aralashtirib turib 70-80
o
C gacha qizdiriladi. Keyin hisoblangan miqdordagi ishqor eritmasidan,
asta sekin, oz-ozdan qo‘shib meshalka harakatini minutiga 50-60 aylanishga yetkaziladi. Sovun
pishirish jarayonini olib borish vaqtida har bir soatda ishqor qoldig‘i tekshirilib turiladi. Reaksion
idishdagi ishqor qoldig‘ini tekshirish uchun pishirilayotgan sovundan olib, uning yuzasiga 1 tomchi
fenolftalein tomizgan vaqtimizda pushti rang bermasa, u vaqtda sovun tarkibidagi ishqor miqdori
0,1% dan kam bo‘ladi, agar ishqor miqdori 0,1% dan ko‘proq bo‘lsa, pushti rang beradi. Agar
sovun tarkibidagi ishqor miqdori 0,3% ni tashkil qilsa, u vaqtda tiniq qizil rang beradi. Agar sovun
pishirish jarayoni shundan keyin 15 min davom ettirilsa unga yana fenolftalein tomizgan vaqtimizda
sovun tarkibidagi ishqor miqdori o‘zgarmasa, bu sovun pishirish jarayonini oxiriga yetkanligidan
dalolat beradi. Sovun pishirishni olib borayotgan vaqtimizda, kuchli quyilish sodir bo‘lsa, sovun
tarkibiga 20% li osh tuzi eritmasidan sovun massasiga nisbatan 0,5% miqdorida qo‘shiladi. Sovun
pishirish 100-105
o
C da 6-8 soat davom etadi. Sovun pishirish tugagandan keyin uning tarkibidagi
yog‘ kislotalarining va ozod ishqor eritmasining miqdori aniqlanadi.