portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari
KIRISH “Yog’larni qayta ishlash texnologiyasi” fani yog’ va moylarni rafinatsiyalash,
moylarni gigrogenlash, margarin, mayonez, sovun, yog’ kislotalari olishning nazariy
asoslari va texnologiyalarini o’z ichiga oladi. Ushbu tavsiya etilayotgan dasturda
texnologik jarayonlarni va ularning nazariy asoslari, texnologik rejimlarini taxlil
qilish va mahsulotlarning sifatini boshqarish asoslari, yog’larni qayta ishlashda xom
ashyo, chiqindi, oraliq va tayyor mahsulotlarning taxlil qilish usullari keltirilgan.
Fanning maqsad va vazifalari Ta’lim maqsadi davr bilan, ijtimoiy hayot bilan uzviy bog‘liq. Ijtimoiy
hayotdagi tub burilishlar, fanning intensiv rivojlanishi, ta’lim modernizatsiyasi, yangi
didaktik imkoniyatlar, insonparvarlashtirish shubhasiz ta’lim maqsadini ham tubdan
o‘zgartirdi. Ta’lim maqsadining tubdan o‘zgarishi ta’lim mazmunida o‘z ifodasini
topadi. “Yog’larni qayta ishlash texnologiyasi” fani mazmuniga yog’larni qayta
ishlash korxonalarida moyli xom-ashyolarini qabul qilib omborlarga joylashtirish va
ularni qayta ishlab to tayyor mahsulot xoliga keltirib, iste’molchilarga realizatsiya
qilishgacha bo’lgan jarayonning tehnologiyasi va jarayonlar va xom – ashyo hamda
mahsulot hisob-kitoblarni to’g’ri olib borish kabi bo‘limlari kiritilgan.
Fanni o‘qitishdan maqsad – yog’larni qayta ishlash texnologiyasida qo’llaniladigan
yog’larni rafinatsiya qilish, moylarni oqlash, yog’ va moylarni hidsizlantirish,
yog’larni gidrogenlash, margarin, mayonez ishlab chiqarish, yog’larni gidroliz
jarayonlari, gliserin, yog’-kislotalari va sovun ishlab chiqarish texnologiyasi va
usullari bilan tanishtirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarni mustaqil fikrlashga, yog’larni qayta ishlash
texnologiyasi bo‘yicha barcha jarayonlarni to‘g‘ri olib borishni, yog’larni qayta
ishlash texnologiyasida yuzaga keladigan texnologik nuqsonlarni bartaraf etish
choralarini, maxsulot balansini to‘g‘ri yuritish va xisob kitoblarni to‘g‘ri olib borishni
o‘rgatishdan iborat.