217
ortiq foizini to’plagan taqdirda YANni topshirishga ruxsat beriladi. Fan bo’yicha o’zlashtirishni
aniqlashda talaba to’plagan bali 1.62ga ko’paytiriladi va butungacha yaxlitlab olinadi.
JN ni baholash mezonlari
Laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarga ajratilgan reyting bali o’quv rejasida belgilangan
umumiy soatning (162 soat) 40 foizini, ya’ni 65 ballni tashkil etadi.
Laboratoriya mashg’uloti bo’yicha talabaning reyting bali uning nazariyotdan topshirgan
kollokviumi, laboratoriya ishini bajargani va tayyorlagan hisoboti bo’yicha belgilanadi.
Laboratoriya ishlarida kollokvium topshirish, ishni bajarish va hisobot topshirishni
baholashda quyidagi omillar hisobga olinadi.
Baholash
ko’rsatkichi
Baxolash mezonlari
reyting
bali
A’lo,
86-100%
Laboratoriya ishini mavzusining nazariy asoslari bo’yicha har tomonlama
chuqur
va
mukammal bilimga ega. Laboratoriya ishlarini ijodiy va ilmiy
yondoshgan xolda nazariy bilimlar asosida tushintira oladi. Hisoblash algoritmlar
va dasturlarini mustaqil ravishda tuza oladi va tushinadi. Hisoblash tajribalarini
kirish qiymatlarining har xil qiymatlarda o’tkaza oladi. Olgan natijalarni mustaqil
tahlil qila oladi. Hisobot to’liq rasmiylashtirilgan. Olingan natijalar tahlili mantiqan
to’g’ri va aniq.
5
Yaxshi,
71-85%
Laboratoriya ishini mavzusi nazariy asoslari bo’yicha bilimga ega. Laboratoriya
ishlarini tushinadi. Hisoblash algoritmlar va dasturlarini tushinadi. Hisoblash
tajribalarini o’qituvchi yordamida o’tkazib, olgan natijalarni tushintira oladi.
Hisobot yaxshi rasmiylashtirilgan. Olingan natijalar tahlili to’g’ri.
4
Qoniqarli,
55-70%
Laboratoriya ishini mavzusi nazariy asoslari bo’yicha bilimi to’liq emas.
Laboratoriya ishlarini tushinadi. Hisoblash algoritmlar va dasturlarini tushintirishda
qiynaladi. Hisoblash tajribalarini o’qituvchi yordamida o’tkaza oladi. Hisobot
rasmiylashtirishda va olingan natijalar tahlil qilishda kamchiliklar mavjud.
3
Qoniqarsiz
0-54%
Laboratoriya ishini mavzusi nazariy asoslari bo’yicha bilimi juda kam. Hisoblash
algoritmlar va dasturlari mavjud, lekin tushintira olmaydi. Hisoblash tajribalarini
o’tkaza olmaydi. Hisobotda keltirilgan ma’lumotlarni tushintirib bera olmaydi.
0-2
Dostları ilə paylaş: