50
Gidrogenlashda katalizning mexanizmi.
Vodorod va to‘yinmagan modda – etilen
katalizator yuzasiga adsorbsiyalanadi va aktivlashgan holga keladi. Aktivlashgan vodorod va
to‘yinmagan modda molekulalari bir-biriga juda yaqin joylashgan bo‘lsa, ular o‘zaro reaksiyaga
kirishib, gidrogenlash jarayoni sodir bo‘ladi. Natijada to‘yingan modda etan hosil bo‘lib, u fizikaviy
adsorbsiyalangan bo‘lgani uchun katalizator yuzasidan oson desorbsiyalanadi.
Kataliz mexanizmini, xemosorbsiyaning reaksiyaga kirishuvchi moddalar molekulalarini
aktivlashtirish nuqtai nazaridan etilenni gidrogenlanishini quyidagi sxema orqali ifodalash mumkin.
K + H
2
(K) (H
2
)
ad.akt
;
K + C
2
H
4
(K) (C
2
H
4
)
ad.akt
;
(K) (H
2
)
ad.akt
+ (K) (C
2
H
4
)
ad
.
akt
(K) (H
2
)
ad.akt
(C
2
H
4
)
ad.akt
K (C
2
H
6
)
ad.fiz.
K + C
2
H
6
Bu yerda: (H
2
)
ad.akt
va (C
2
H
4
)
ad.akt
. – aktivlashib adsorbsiyalangan vodorod va etilen, K-
katalizator.
To‘yinmagan birikmalar qo‘sh bog‘larini vodorod bilan to‘yintirish murakkab bo‘lib, u ikki
bosqichda kechadi. Dastlab qo‘shbog‘ni bitta uglerod atomi vodorod bilan to‘yinadi, keyin
ikkinchisi to‘yinadi. Shunday qilib, gidrogenlash jarayoni yarim gidrogenlanish oraliq faza orqali
boradi. Buni quyidagilardan ko‘rish mumkin.
- CH = CH - + vodorod - CH
2
– CH- + vodorod – CH
2
– CH
2
–
tez - CH=CH- + vodorod
- CH
2
– CH -
sekin - CH
2
– CH
2
- + vodorod
Yarim gidrogenlanish oraliq fazada yarim gidrogenlangan mahsulot hosil bo‘ladi, u juda
chidamsiz modda, undan to‘yinmagan modda hosil bo‘lishi bilan bir atom vodorod ajralishining
tezligi, to‘liq gidrogenlanish tezligidan mahsulotni shu xususiyati, gidrogenlash jarayoni davrida,
to‘liq gidrogenlanmagan yog‘larni xossalariga ta’sir qiluvchi turli oraliq mahsulotlarni hosil
bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: