O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA


Yog‘ kislotalarining izomerizatsiyasi



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

Yog‘ kislotalarining izomerizatsiyasi.
Yog‘larni gidrogenlash jarayonida yog‘ 
kislotalarining izomerizatsiyasi sodir bo‘ladi.
Olein kislotasi yoki uning efirlarini gidrogenlash, ularning yod soni ma’lum kattalikka 
kamayganda to‘xtatilsa, olingan mahsulot tarkibida stearin kislotasi bilan birgalikda olein 
kislotasining yuqori haroratda (40-44
0
C da) eriydigan qattiq izomerlari ham hosil bo‘ladi. Bunday 
kislotalar oddiy qilib aytganda izokislotalar deyiladi. Izoolein kislotalar gidrogenlangan yog‘larning 
erish haroratini ko‘taradi. Shu narsa qiziqarliki, olein kislotasi efirlari gidrogenlanayotganda 
izoolein kislotalari hosil bo‘lishi tezligi stearin kislotasi hosil bo‘lishiga nisbatan – bir necha marta 
ko‘pdir. 
Olein kislotadan hosil bo‘ladigan izoolein kislotalar elaidin kislotasi va olein kislotasining 
qo‘shbog‘lari siljigan holatdagi transizomerlarining aralashmasi ko‘rinishida bo‘ladi. Gidrogenlash 
to‘laroq olib borilganda, izoolein kislotalari tarkibida olein kislotasining molekulalarining metil 
gruppasiga siljigan qo‘shbog‘li trans- izomerlari ko‘payadi. Izoolein kislotalar linol kislotasi 
gidrogenlanganda ham ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi. Bu holda ham, hosil bo‘ladigan izoolein 
kislotalar olein kislotasining trans-izomerlaridir. Izoolein kislotalarining hosil bo‘lishi birlamchi 
kislotaning qo‘shbog‘iga vodorodning ta’siri natijasidir. Agar yog‘lar vodorodsiz-lantirilgan 
katalizator ishtirokida va azot oqimida qizdirilsa, izoolein kislotalari hosil bo‘lmaydi. 
Tovar holatidagi salomasda izoolein kislotalarining miqdori ba’zan 40% dan ham ortadi. 
Bu miqdor birlamchi yog‘ tarkibiga, uning vodorod bilan to‘yinish darajasiga va gidrogenlash 
jarayoni olib borilgan shart-sharoitlarga bog‘liqdir. Tarkibida linol kislotasi ko‘p bo‘lgan 
yog‘lardan olingan salomasda izoolein kislotalari yuqori miqdorda bo‘lishi mumkin. 
Gidrogenlashni yuqori haroratda olib borish ham, izoolein kislotalarning ko‘proq hosil bo‘lishiga 
sabab bo‘ladi. Katalizator tarkibi va aktivligi ham salomasdagi izoolein kislotalari miqdoriga katta 
ta’sir ko‘rsatadi. Ishlatilgan katalizatorda olingan salomasda yangi tayyorlangan katalizatordagiga 


49
qaraganda, izoolein kislotalar kamroq bo‘ladi. Paladiyli katalizatorlarda nikelli katalizatorlarga 
nisbatan ko‘proq izoolein kislotalar hosil bo‘ladi. 
Salomas tarkibidagi izoolein kislotalari miqdoriga ayniqsa, katalizator sirtini vodorod bilan 
qay darajada ta’minlash katta ta’sir ko‘rsatadi. Ta’minlash qanchalik yaxshi olib borilsa, izoolein 
kislotalari miqdori miqdori shunchalik kam bo‘ladi. Izokislotalarni hosil bo‘lishi yarim 
gidrogenlanish mahsulotlarini hosil bo‘lishi bilan izohlanadi. Linol kislotani selektiv 
gidrogenlashda, avvalo tutash qo‘shbog‘li dienlar hosil bo‘ladi so‘ngra olein kislotani pozitsion 
izomerlariga aylanadi.
Etilen bog‘iga ikkita vodorod atomining bog‘lanishi bosqichma-bosqich boradi. Oldin 
katalizator bilan yarim gidrogenlangan mahsulot hosil bo‘ladi. 
Yarim gidrogenlangan mahsulot juda beqaror modda bo‘lib, yana bir atom vodorod 
biriktirib olib to‘yingan birikmaga aylanish yoki bir atom vodorodni chiqarib yuborib to‘yinmagan 
izomerga aylanishi mumkin. Bu quyidagi reaksiyada ko‘rinib turibdi.
1 2 3 4 
-H - CH
2
– CH = CH – CH
2
-CH
2
– CH
2
–CH – CH
2
1 2 
3 4
yarim gidrogenlangan mahsulot +H - CH
2
– CH
2
– CH
2
– CH
2
-
Izokislotalar erish harorati bilan salomas qattiqligini oshiradi. Masalan.
T
er
0

9-10 sis Olein kislota 16 
trans (elaidin) 44 
11-12 sis 13 
trans 39 
Izomerizatsiya tezligi katalizator tabiatiga harorat va vodorod bosimiga bog‘liq. Nikel va 
mis-nikel katalizatorlar past izomerlanish qobiliyatiga ega bo‘lsa, palladiy katalizatori yuqori 
izomerlash qobiliyatiga ega. Aktiv katalizator izomerlanish tezligiga qaraganda gidrogenlash 
tezligini oshiradi. Shuning uchun aktiv katalizatorlarda yumshoq konsistensiyali salomaslar olinadi. 
Yuqori qattiqlikga ega bo‘lgan salomaslar olish uchun ishlatilgan katalizatorlar qo‘llaniladi. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin