53
1. Linol kislotasining gidrogenlanishi va transizomerizatsiya tezlik konstantalari nisbati:
A
t
= K
t
/K
l
2. Yog‘dagi linol kislota miqdorining kamayishi bilan transizomerlar miqdorining oshish
nisbati: A
t
=
∆
T/
∆
L
3. Yog‘ yod sonining pasayishi bilan transizomerlar miqdorining oshish nisbati: A
t
=
∆
T/
∆
y.s.
Bu yerda: A
t
– katalizator izomerlash aktivligi, K
t
– transizomerizatsiya tezlik konstantasi;
∆
T – transizomerlar miqdorining oshishi, %;
∆
L – yog‘ glitseridlaridagi linol kislotasi miqdorining
kamayishi, %;
∆
y.s. – yog‘ yod sonining pasayishi, %
Yuqori izomerlash qobiliyatiga ega bo‘lgan katalizatorlar uchun Kt/Kl va
∆
T/
∆
L nisbatlar
0,9-1,2 g oraliqda bo‘ladi.
Yog‘larni gidrogenlashda nikel asosidagi katalizatorlar ishlatiladi, shuningdek nikel va mis
katalizatorlari ham ishlatiladi. Qo‘shimcha sifatida xrom, titan, palladiy, platina va boshqa metallar
ishlatiladi.
Katalizatorlar strukturasiga ko‘ra kukunsimon va granullangan, qotishma holida bo‘ladi.
Kukunsimon katalizatorlar suspenziya (yog‘da) ko‘rinishida ishlatiladi, ularni dispersli yoki
suspenziyalangan deyiladi. Qotishma bo‘laklarini kattaligi 10-15 mm bo‘lsa, ularni turg‘un
katalizatorlar deyiladi.
Katalizatorlarni yuzasini ko‘paytirish uchun metallarni yuzasi g‘ovakli bo‘lgan materialga
cho‘ktiriladi. Bu usul bilan olingan katalizatorni eltuvchili katalizator deyiladi.
Katalizatorlar olinish usuliga qarab ikkiga bo‘linadi.
1) cho‘ktirilgan
2) qotishmali.
Dostları ilə paylaş: