Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamdafoydalanish kompetensiyasi:
A1
mamlakatimizdagi bayram kunlarini bilish;
isrof va tejamkorlikning ma’nosini tushunish;
o‘z ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan narsalardan (kiyimi, o‘quv qurollari) tejab foydalanish.
A1+
isrof va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish;
bir kunlik xarajatlarini hisoblashni bilish.
1-3-mavzu. Vatan (3 soat (A1+:4 soat))
Lug‘at: Vatan, tuproq,obod, davlat, o‘lka, ipak, ko‘mir, tabiiy boyliklar, dunyo, tinchlik, birdamlik, shahar, ko‘chalar, qurilishlar, turar joy binolari, maktab, bog‘cha, teatr, bog‘lar, favvoralar, yo‘llar, avtobus, mashinalar mavjudkabi tayanch so‘zlar; boy,chiroyli, bepoyon, baland, uzun, keng, mashhur, ko‘rkam, ulug‘, aziz kabi belgi bildiruvchi so‘zlar;
yashamoq, sevmoq, faxrlanmoq, tug‘ilmoq, bormoq, yurmoq, qurilmoq, dam olmoq, qatnamoqkabi harakatni bildiruvchi so‘zlar (2 soat).
-qaer?so‘rog‘i (1 soat).
Nutq namunalari: O‘zbekiston – serquyosh o‘lka. Unda gaz, neft, oltin, ko‘mir kabi tabiiy boyliklar mavjud. O‘zbekiston yashil vodiylari va qadimiy shaharlari bilan mashhur. Biz O‘zbekistonni sevamiz. Toshkent –Vatanimiz poytaxti. Shahrimiz juda chiroyli. Ko‘chalari keng va ozoda. Shahrimizning yo‘llari tekis. Favvoralar, teatr va istirohat bog‘lari ko‘p.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash:mavzuga oid berilgan savollarni tushunib, ularga javob bera oladi, rasmlar asosida suhbatlasha oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila oladi, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchiso‘zlar bilan qo‘llab gaplar tuza oladi.Shu mavzuda berilgangaplar va matnlarni o‘qiy oladi, topshiriqlarni yoza oladi.
4-6-mavzu. Qadrdon maktabim (3 soat (A1+4 soat))
Lug‘at: maktabimiz, o‘qituvchi, sinfdoshim, ikki qavatli, oshxona, sport zali, sinf,parta, stol, stul, kitob javoni, kiyim javoni kabi tayanch so‘zlar; katta, yorug‘, keng, ozoda,chiroyli kabi belgi bildiruvchi va o‘qiymiz, yozamiz, qo‘shiq aytamiz, dars tayyorlaymiz kabi harakatni bildiruvchi so‘zlar kabi mavzuga oid tayanch so‘zlar;
-nchi,-inchi qo‘shimchasi, nechanchi? so‘rog‘i (2 soat).
-miz qo‘shimchasi (1 soat).
Dostları ilə paylaş: |