O‘zbek tili fani o‘quv dasturi (2-9-sinf) toshkent-2017 uqtirish xati



Yüklə 235,47 Kb.
səhifə36/75
tarix04.08.2023
ölçüsü235,47 Kb.
#138562
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75
Ozbek tili o`quv dastur

Nutq namunalari: Orasta bo‘ling. Har doim ozodalikka amal qiling. Tishingizni ertalab va kechqurun yuving. Qo‘llarni doim sovun bilan yuvish kerak. Lola qanday qiz? –Lola ozoda qiz. Ozoda bolalar kasal bo‘lmaydilar. Tozalik - sog‘lik garovi.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash:tozalik, salomatlikka oid so‘zlar, ularyuzasidan berilgan savollarni, shu mavzudagi kichik matnlar mazmuninitushunadi, savollarga javob bera oladi, o‘qilgan ertak, hikoya yoki ko‘rilgan film mazmunini so‘zlab bera oladi, o‘zaro muloqotda ruxsat so‘rash, minnatdorchilik bildirish, iltimos qilish kabi muomala odobiga oid so‘z va iboralarni to‘g‘riqo‘llay oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila oladi, berilgan matn, kichik hikoyalarnio‘qiydi, she’r, hikmatli so‘zlarni ifodali o‘qib, yoddan ayta oladi, matn tarkibidagi so‘zlarni bo‘g‘inga to‘g‘ri ajratib ko‘chira oladi, berilgan tayanch so‘zlar, mavzu yoki rasm asosida 6-8 ta gapdan iborat bog‘lanishli matn yoza oladi.

39-40-mavzu.Sportva salomatlik (2 soat (A1+: 4 soat))
Lug‘at: sport, sport turlari,suzish, yugurish, badiiy gimnastika, kurash,mashq qilish, chiniqish, sport anjomlari, shug‘ullanish, sog‘lom bo‘ladi, toza havo, sog‘lik, boylikkabi tayanchso‘zlar(1 soat).
-ish qo‘shimchasi bilan yasalgan sport turlari hamda harakatni bildiruvchi so‘zlar (1 soat).
Nutq namunalari: Sport bilan shug‘ullanish kerak. Sport bolalarni chiniqtiradi. Men badiiy gimnastika bilan shug‘ullanaman. Akam futbolga juda qiziqadi. Keling, biz bilan voleybol o‘ynashni mashq qiling. Sport bilan shug‘ullanganlar har doim sog‘lom bo‘ladi.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash:sport, sport turlari, sport anjomlari, salomatlikka oid so‘zlar, ular yuzasidan berilgan savollarni, shu mavzudagi kichik matnlarni tushunadi, savollarga javob bera oladi.

Yüklə 235,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin