Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qiladi, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilanqo‘llab gaplar tuza oladi. Shu mavzuda berilgangaplar va matnlarni o‘qib, topshiriqlarni yoza oladi.
41-42-mavzu. Har doim tinchlik bo‘lsin! (2 soat (A1+4 soat))
Lug‘at: tinchlik, barqaror, dunyo, xotirjamlik, chunki, vayron, xotira, hech kim kabi tayanchso‘zlar; bo‘lsin, ko‘paymasin, istamaydi, olib boradi kabi faoliyatni bildiruvchi so‘zlar.
Nutq namunalari: Har doim tinchlik bo‘lsin! Hech kim urushni istamaydi. Chunki urush uylarni vayron qiladi, odamlar halok bo‘ladi. Dunyoda yetimlar ko‘paymasin. Har yili ustozimiz “Xotira maydoni”ga olib boradilar (1 soat).
Buyruq-istak maylining-sin, -masinqo‘shimchalari (2 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash:mavzuga oid so‘zlar, berilgan savollarni, shu mavzudagi kichik matnlar mazmunini tushunib, savollarga javob bera oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qiladi, berilgan matn, kichik hikoyalarni o‘qiy oladi, she’rlarni ifodali o‘qiy oladi, mavzuga oid ko‘p bo‘g‘inli murakkab so‘zlarni to‘g‘ri ko‘chira oladi, tutuq belgisi va tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi, matn bo‘yicha berilgan savollarga javoblarniyoza oladi, tayanch so‘zlar asosida matnni to‘ldirib yoki davom ettirib yoza oladi, o‘zlashtirilgan mavzular bo‘yicha 25-30 ta so‘zdan iborat diktant yoza oladi.
Nazorat ishi: Diktant(1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
43-44-mavzu.Yo‘lharakati (2 soat (A1+:4 soat))
Lug‘at: yo‘l, harakat, yo‘lka, yo‘lovchi, piyodalar yo‘lkasi, mashinalar yo‘li,bekat, to‘xtash joyi, yo‘l belgilari, haydovchi, piyoda, yo‘l qoidalari, kutib turishkabi tayanch so‘zlar;tez, sekin, shoshmay, yugurmay, mumkin, mumkin emaskabiholatbildiruvchi so‘zlar;o‘tish kerak, bilishi kerak, to‘xtab turish kerak, kutish kerak kabi faoliyatni bildiruvchi so‘zlar (1 soat).–sh, -ish qo‘shimchalari hamda mumkin, mumkin emas so‘zlari (1 soat).
Dostları ilə paylaş: |