Nazorat ishi: Test(1 soat). Takrorlash (1 soat). Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun (1 soat (A1+: 4soat))
O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
A1
axborot manbalaridan (televizor, telefon, kompyuter) foydalana oladi;
media vositalardan foydalanib, didaktik topshiriqlarni bajara oladi.
A1+ telefon orqali yuborilgan xabarni o‘qiy oladi va xabar jo‘nata oladi;
media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa oladi va foydalana oladi.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
to‘garakda, kutubxonada, uyda rasmli kitoblar, jurnallar yordamida mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshira oladi;
sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullana oladi;
A1+
mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib bora oladi;
o‘zini tuta oladi, o‘zining xatosini tushuna oladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
davlat ramzlarining ma’nosini tushuna oladii;
sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini avaylab-asray oladi.
A1+
davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘la oladi;
farzandlik va o‘quvchilik burchini bilib, unga rioya qila oladi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: A1 o‘zi yashaydigan xududning tarixiy obidalari haqida tushunchaga ega bo‘ladi;
uyi, maktabi, turar joyini qadrlay oladi;
do‘stlari, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘la oladi.
A1+ o‘zi yashaydigan xududning tarixiy obidalarini qadrlay oladi;
odob-axloq qoidalariga rioya qila oladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamdafoydalanish kompetensiyasi: A1 mamlakatimizdagi bayram kunlarini biladi;
isrof va tejamkorlikning ma’nosini tushuna oladi;
o‘z ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan narsalardan (kiyimi, o‘quv qurollari) tejab foydalana oladi;
A1+ isrof va tejamkorlikning ma’nosini tushuna oladi, unga amal qila oladi;
bir kunlik xarajatlarini hisoblay oladi.
Mavzularni o‘rganish uchun 46 soat (A1+: 68 soat)
Nazorat ishlari uchun 8 soat
Xatolar ustida ishlash uchun – 4 soat
Takrorlash uchun 4 soat
Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun (6 soat(A1+:18 soat)
Jami: 68 soat (A1+: 102 soat)