O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash: bahor fasli, tabiatdagi o‘zgarishlar,bahorgi ishlarga oid tayanch so‘zlar, berilgan savollarni, shu mavzudagi kichik matnlarni tushuna oladi, she’rlarni yoddan ayta oladi, savollarga javob bera oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanchso‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qiladi, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llab gaplar tuza oladi. Shu mavzuda berilgangaplar va matnlarni o‘qiy oladi va topshiriqlarni yoza oladi.
34-36-mavzu.Assalom, Navro‘z! ( 3 soat (A1+:4 soat))
Lug‘at: qadimdan, xursand, yilboshi, qariyalar, ehson, nogironlar, ziyorat, mehr-muruvvat, bahor taomlari, xabar olinadi, hashar, tozalanadi, xalq sayllari, o‘tkaziladi kabi tayanch so‘zlar (1 soat).
-dilar, (i)shdi qo‘shimchalarining qo‘llanishi (2 soat);
Nutq namunalari: Mana, Navro‘zi olam keldi. Navro‘z qadimdan yilboshi bayrami hisoblangan. Yurtimizda shodlik va mehr-muruvvat kunlari boshlandi. Odamlar qariyalardan, betoblardan xabar oldilar. Qarindoshlar, qo‘shnilar bir-birlarini ziyorat qiladilar. Ko‘chalar, hovli va uylar tozalanadi. Mahallalarda navro‘z taomlari pishiriladi. (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash: Hashar, Navro‘z bayrami, sayllar, bayram tantanalari, milliy urf-odatlarga oid tayanch so‘zlar, berilgan savollarni, shu mavzudagi kichik matnlarni tushunadi, savollarga javob bera oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qiladi, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llab gaplar tuza oladi. Shu mavzuda berilgangaplar va matnlarni o‘qib, topshiriqlarni yoza oladi.
Nazorat ishi: Test(1 soat).
Takrorlash (1 soat).
Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun (2 soat (A1+: 5 soat))
37-38-mavzu.Orasta bo‘ling (2 soat (A1+: 4 soat))
Lug‘at: tozalik, sog‘lik, tumov, kasal, tish, yuvadi, sovun bilan, doimo, iflos, toza tuting, dazmollab kiying, havasi keladi, amal qiling, kir, bo‘lmaydi, tirnog‘ini oladi, artadi, tozalaydikabi tayanchso‘zlar (1 soat).
-lik qo‘shimchasining ishlatilishi (1 soat).
Dostları ilə paylaş: |