28-30-mavzu. Yil fasllari va ob-havo (3 soat (A1+:4 soat))
Lug‘at:yil, fasl,o‘xshamaydi, har kuni, har oyda, yozda, qishda, kuzdan keyin, bahordan oldin, harorat, esa, o‘ziga xos kabi tayanch so‘zlar (1 soat).
Oldin, keyin ko‘makchilarining ishlatilishi (1 soat).-sh, -ish qo‘shimchasi (1 soat)
Nutq namunalari: Bir yilda to‘rt fasl bor. Qishdan keyin bahor keladi.Qishdan oldin esa kuz fasli edi.Har faslning o‘ziga xos ob-havosi bo‘ladi. Yozda kunlar juda issiq bo‘ladi. Qishda esa kunlar juda sovuq bo‘ladi. Kuzda havo salqin bo‘ladi. Bahorda esa kunlar iliq bo‘ladi.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid tayanch so‘zlar, berilgan savollarni, shu mavzudagi kichik matnlarni tushunib, savollarga javob bera oladi, o‘zaro muloqotdaruxsat so‘rash, minnatdorchilik bildirish, iltimos qilish kabi muomala odobiga oid so‘z va iboralarni to‘g‘riqo‘llay oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanch so‘zlar, jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qiladi, berilgan ertak, kichik hikoyalarni o‘qiy oladi, she’r, hikmatli so‘zlarni ifodali o‘qiydi, ko‘p bo‘g‘inli murakkab so‘zlarni to‘g‘ri ko‘chirib yoza oladi, tutuq belgisi va tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi, matn bo‘yicha berilgan savollarga javob yoza oladi, nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlar yoki qo‘shimchalardan mosini qo‘yib yoza oladi, 25-30 ta so‘zdan iborat matn asosida diktant yoza oladi.
Nazorat ishi: Diktant (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
Takrorlash (1 soat).
31-33-mavzu. Bahor keldi (3 soat (A1+ 4soat))
Lug‘at: bahorda, dehqon, ko‘m-ko‘k, qip-qizil,bog‘bon, ko‘chat, daraxt kabi tayanch so‘zlar; haydaladi, ekiladi, sug‘oradi, tozalamoq kabi faoliyatni bildiruvchi so‘zlar. (1 soat).
-da qo‘shimchasi (1 soat), kim? nima? qaerda? so‘roqlari (1soat); -jon qo‘shimchasi(1 soat).
Nutq namunalari: Bahorda kunlar isiydi, yerlar haydaladi, yekin ekiladi. Atrof ko‘m-ko‘k bo‘ladi. Qip-qizil lolaqizg‘aldoqlar ochiladi. Ko‘chatlar o‘tqaziladi.(1 soat).
Dostları ilə paylaş: |