Nutq namunalari: Bugun 8-mart. Men buvijonimni tabriklayman. Hamisha sog‘ bo‘ling! Navro‘z bayrami 21 martda nishonlanadi. Hamma yerda xalq sayillari boshlanadi. Karnay-surnay chalinadi.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar: Tinglab tushunish va so‘zlash:mavzuga oid berilgan savollarni tushunadi va ularga javob bera oladi, rasmlar asosida suhbatlasha oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila oladi, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchiso‘zlar bilanqo‘llab gaplartuza oladi.
48-50-mavzu. Yoz (3 soat (A1+4 soat)) Lug‘at: yoz fasli, yozgita’til, oromgoh, dam olish maskani, sayohat, tog‘, daryo, anhor kabi tayanch so‘zlar; xushmanzara, so‘lim, sho‘x, muzdek kabi belgi bildiruvchi va o‘ynaymiz, dam olamiz, suzamiz, cho‘milamiz, sayohatga chiqamiz, chiniqamiz kabi harakatni bildiruvchi so‘zlar kabi mavzuga oid tayanch so‘zlar (1 soat).
-ga,-ka, -qa qo‘shimchalari (1 soat), -qaerga so‘rog‘i (1soat).
Nutq namunalari: Yoz keldi. Yoz fasli eng sevimli fasl. Yozda o‘qish tugaydi. Yozgi ta’til boshlanadi. Men ham yozda oromgohga boraman. Bolalar bilan tog‘ga chiqamiz.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar: Tinglab tushunish va so‘zlash: A1 mavzuga oid berilgan savollarni, audiovizual vositalar yordamida eshittirilgan gaplarma’nosini tushuna oladi;
tasdiq yoki inkor so‘zlardan foydalanib, mavzuga oid dialogik suhbatlardaqatnasha oladi;
savol bilan murojaat eta oladi;
salomlashish, xayrlashishga oid muomala odobini vaziyatlarga mos holda qo‘llay oladi.
A1+ o‘qilgan topishmoq, tez aytish, ertaklar, namoyish qilingan multfilmmazmunini tushuna oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: A1 mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qiladi;
berilgan she’r va qo‘shiqlarni ifodali o‘qiy oladi;
tutuq belgisini to‘g‘ri yoza oladi;
kichik matnni, maqol va tez aytishlarni ko‘chirib yoza oladi.
A1+ berilgan she’r va qo‘shiqlarni ifodali o‘qib, yoddan ayta oladi;
kichik matnni, maqol va tez aytishlarni to‘g‘ri ko‘chirib yoza oladi.