Nutq namunalari:Bu nima? Bu sigir. Sigir nima yeydi?Sigir o‘t va yem yeydi. Sigirning bolasi qanday ataladi?Sigirning bolasi buzoqcha. O‘rdak va g‘oz suvda suzadi. O‘rdak ham tuxum beradi. Uyingizda qanday uy hayvonlari bor? Uyimizda… .
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash:mavzuga oid berilgan savollarni tushunib, ularga javob bera oladi va rasmlar asosida suhbatlasha oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila oladi, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llab gaplar tuza oladi.
35-37-mavzu. Yovvoyi hayvonlar va qushlar (3 soat (A1+: 4 soat))
Lug‘at: yovvoyi hayvonlar: sher, yo‘lbars, fil, bo‘ri tulki, ayiq, kiyik, quyon, kit, baliq, maymun, ilon; qushlar: qaldirg‘och, chumchuq, burgut, kaklik, laylak, musicha, bulbul, qanot, tumshuq, dum kabi tayanch so‘zlar; o‘rmon, tog‘, dengiz, okean, yashaydi, qo‘nadi, uchadi kabi harakatni bildiruvchi so‘zlar, ulkan, vaxshiy, qo‘rqinchli, kuchli, epchil, o‘tkir, sezgir, qo‘rqoq kabi belgi bildiruvchi so‘zlar (2 soat).
ham, xuddi yuklamalari (1 soat).
Nutq namunalari: Bular qanday hayvonlar?Bular yovvoyi hayvonlar. Yovvoyi hayvonlar qaerda yashaydi? Timsoh qaerda yashaydi? Yovvoyi hayvonlar nima yeydi? Yo‘lbars, sher, bo‘ri, timsoh, tulki go‘sht yeydi. Qaldirg‘och qanday qush? – Qaldirg‘och eng chiroyli qush.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid berilgan savollarni tushunish va ularga javob berish, rasmlar asosida suhbatlasha oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozishmavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qilish, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llab gaplar tuza oladi.
38-39-mavzu. Hayvonot bog‘ida (2 soat (A1+: 3 soat))
Lug‘at: hayvonot bog‘i, qafasda, maymun, yo‘lbars, bo‘ri, yovvoyi hayvonlar, sher, ilon, boshqa, fil kabi tayanch so‘zlar;
Dostları ilə paylaş: |