O‘zbek tili fani o‘quv dasturi (2-9-sinf) toshkent-2017 uqtirish xati


-50-mavzu. Orzular qanotida (2 soat (A2+:5 soat))



Yüklə 235,47 Kb.
səhifə73/75
tarix04.08.2023
ölçüsü235,47 Kb.
#138562
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Ozbek tili o`quv dastur

49-50-mavzu. Orzular qanotida (2 soat (A2+:5 soat))
Leksika: orzular, orzuga yetishish, ezgu maqsad sari, imtihonlar, akdemik litsey, kasb-hunar kolleji talaba kabi so‘z va birikmalar.
Grammatika:Undalmalar (1soat), ularning qo‘llanishi va imlosi (1 soat).
Adabiy o‘qish:mavzuga oid matnlar, suhbatlar, maqollar va she’rlar.


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish):
A2
audio-video vositalar orqali eshittirilgan xabarlar, ommabop va kundalik hayot mavzusidagi yangiliklarni tushuna oladi;
o‘rganilgan mavzularda o‘zaro suhbatlasha oladi va bahslarda ishtirok eta oladi;
suhbat jarayonida murojaat etish shakllarini, muomala odobi (etiket) elementlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi va fikrga munosabat bildira oladi;
suhbatdoshining gapini bo‘lish, suhbatga qo‘shilish va unga aniqlik kiritish, nutqini sekinlashtirishga undash vositalaridan foydalana oladi;
ommabop materiallarni (gazeta, shaxsiy va elektron xatlar) o‘qib tushunadi va mazmunini so‘zlay oladi;
o‘rganilgan matnlar asosida 1300 ta so‘zni nutqida qo‘llay oladi;
matnni (badiiy asardan parcha, hikoya, xabar) bir daqiqada 70 — 75 so‘z tezligida o‘qiy oladi;
70 — 80 so‘zdan iborat matn asosida diktant; 90 — 100 so‘zli matn asosida bayon yoza oladi; 11 — 15 gap hajmida matn tuza oladi;
ayrim ish qog‘ozlarini (ariza, tarjimai hol, e’lon, tushuntirish xatini) yoza oladi.
A2+
ko‘rgan yoki eshitgan voqea-hodisani, hikoya, ertak, matn mazmunini gapirib bera oladi, unga munosabat bildira oladi;
o‘zbek tiliga xos nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi.


Nazorat ishi: Test (1 soat).
Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun 2 soat (A2+: 4 soat)


O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almasha oladi;
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay oladi(tabrik xati yoza oladi, anketalarni to‘ldira oladi, o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd eta oladi)
A2+
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay oladi (tavsifnoma, ariza, shaxsiy ma’lumotnoma yoza oladi).



Yüklə 235,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin