O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə10/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

grammatik ma’nosi

Daftarim bor.

o’quv quroli

ot,birlikda, bosh
kelishik, ega

Oq paxtalar ochildi.

belgi,rangi

sifat, oddiy daraja,
aniqlovchi

Sayrga bordik.

harakat

fe’l, 1-shaxs, ko’plik, yaqin o’tgan zamon fe’li, kesim

So’zning lug’aviy ma’noga qo’shimcha tarzda ifodalaydigan salbiy yoki ijobiy bo’yoqlari hissiy-ta’siriy bo’yoqlari deyiladi. Bu bo’yoqlar har bir so’zda bo’lavermaydi: novcha (bo’yoqsiz) – naynov (salbiy bo’yoq).


So’zning ma’lum uslubga mansubligini ko’rsatuvchi belgi uslubiy belgi deb ataladi (uslublar haqida keyingi ma’ruzlarda so’z yuritamiz): ozod (uslubiy betaraf) – hur (badiiy uslub). Mustaqil so’zlar ham lug’aviy, ham grammatik ma’nolarga ega, yordamchi so’zlar esa faqat grammatik ma’noga ega bo’ladi. So’zning lug’aviy ma’nosi leksikologiyada, grammatik ma`no esa grammatikada o’rganiladi.
Ayrim so’zlar ko’p ma’noni, ba’zi so’zlar esa bir ma’noni bildiradi. Bir necha ma’noni bildiradigan so’zlar ko’p ma’noli (polisemantik) so’zlar deyiladi: toshyo’l, toshyurak. Bunda tosh so’zi ko’p ma’noli so’zdir. Polisemiya (ko’p ma’noli) tildagi deyarli barcha turkum so’zlarga xosdir. Ko’p ma’noli so’zlar qancha ma’noga ega bo’lmasin, bu ma’nolar o’zaro bog’langan bo’ladi. Shu xususiyat ko’p ma’noli so’zni omonimlardan farqlaydi. Omonimlar boshqa-boshqa so’zlar bo’lgani uchun ularning ma’nolari o’rtasida bog’lanish bo’lmaydi. Ko’p ma’noli so’zlar o’rtasida aloqa uzilsa, omonim vujudga keladi: kun –quyosh, kun- sutkaning yorug’ qismi.
Birgina ma’noni bildiradigan so’zlar bir ma’noli (monosemantik) so’zlar deyiladi. Qush, chumchuq kabilar bir ma’noli so’zlardir.
Yasovchi affikslarning ko’p ma’noligi sababli yasama so’z ko’p ma’noga ega bo’lishi ham mumkin: Yog’li qo’lini sochiqqa artdi. Yog’li palov.



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin