O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə12/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

1. Metafora – biror predmet shaklining, belgisining, harakatining o’xshash tomonini boshqasiga ko’chirishdir: shartli o’xshashlik – qush qanoti (o’z ma’no)- samalyot qanoti ( ko’chma ma’no). Belgi o’xshashligi yengil eshik (o’z ma’no) – yengil ta’zim (ko’chma ma’no). Harakat o’xshashligi –ipni uzmoq (o’z ma’no) – qarzni uzmoq (ko’chma ma’no).
2. Metonomiya – narsa, belgi va harakatlar o’rtasidagi aloqadorlik asosida ma’no ko’chishdir. Bu aloqadorlik o’rin yoki vaqt jihatidan bo’lishi mumkin. O’rin: Zal oyoqqa turdi (odamlar). Vaqt: Fuzuliyni oldim qo’limga…(asarlari).
3.Sinekdoxa – shaxs yoki predmetning qismini aytish bilan o’zini tushunish yoki o’zini aytish bilan uning qismini tushunish asosida ma’no ko’chishdir. Besh qo’l barobar emas. Dunyoda o’zimizdan keyin qoladigan tuyog’imiz…(A.Qodiriy).
4. Kinoya – so’zlarning aks ma’noda qo’llanishidir. Yozunda bunday ko’chishlarni tushushtirish uchun qo’shtirnoqqa olamiz: Shunaqa “do’stlar”-dan kamroq bo’lgani ma’qul.
5. Vazifadoshlik asosida ma’no ko’chishi - narsalarning bajaradigan vazifasi o’xshashligi jihatidan ma’no ko’chishidir: o’q – yoy o’qi; o’q – miltiq o’qi (bular shakl jihatidan emas, balki vazifasi jihatidan o’xshashdir).
Tildagi ayrim so’zlar shakliy jihatdan, ayrimlari ma’no jihatidan, bir xillari esa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladi. Ayrim so’zlarning ma’nolari esa bir-biriga qarama-qarshi bo’ladi. Ana shu xususiyatlariga ko’ra so’zlar quyidagi guruhga bo’linadi:
1. Omonimlar – talaffuzi va yozilishi bir xil, ammo ma’nosi har xil bo’lgan so’zlardir: olma (meva) - olma (harakat), tut (daraxt) - tut (harakat).
Omonimlar bir xil so’z turkumiga ham, har xil so’z turkumlariga oid bo’lishi mumkin: ot– ism (ot turkumi) – ot (harakat) fe’l so’z turkumiga oid. Bu yerda ular har xil so’z turkumlariga oiddir. Bir turkum doirasidagi omonimlar qo’shimchalar qabul qilganda ham omonimligini saqlab qolaveradi.
Ko’p ma’noli so’z ma’nolari o’rtasidagi bog’lanish yo’qolishi natijasida omonimlar paydo bo’lishi mumkin: dam – nafas (o’z ma’no) dam – bosqon (ko’chma ma’no), dam - hordiq (ko’chma ma’no), ko’k – rang (o’z ma’no), ko’k – osmon (ko’chma ma’no)

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin