O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə14/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

Qo’shimchalar ham o’zaro omonim, sinonim va antonim ko’rinishda bo’lishi mumkin. Omonim qo’shimchalar: tepki (ot)-kechki (sifat). Sinonim qo’shimchalar g’ayratliserg’ayrat. Antonim qo’shimchalar: aqlliaqlsiz, bema’ni – bama’ni. Antonimlar badiiy adabiyotda tazod (badiiy san’at usuli) yaratish uchun xizmat qiladi.
4. Paronimlar – aytilishi bir-biriga yaqin, ammo yozilishi va ma’nosi har xil bo’lgan so’zlardir. Paronimlar ko’pincha bir tovush bilan bir – biridan farq qiladi: asr –asir, shox –shoh, amr –amir. Paronim so’zi para (juft) va onuma (nom) so’zlaridan tuzilgan.
Paronimlar ba’zan og’zaki nutqda, badiiy asarlarda uchraydi. Ular bir so’z turkumiga ham, turli so’z turkumlariga ham oid bo’lishi mumkin: oriq (sifat)- ariq (ot); zirak (ot) – ziyrak (sifat); as r(ot) – asir (ot).
Paronimiya adabiy me’yor bo’yicha talaffuz etmaslikdan yuzaga keladi.
Tayanch so’zlar: O’z, ko’chma, metafora, metonimiya, sinekdoha, kinoya,vazifadoshlik, omonim, sinonim, antonim, paronim.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.So’zning o’z va ko’chma ma’nolari deganda nimani tushunasiz?
2. O’zbek tilida ma’no ko’chishning qanday usullari mavjud?
3. So`zlar shakl va ma`no munosabatiga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?
4. Omonim (shakldosh) so`zlar deb nimaga aytiladi?
5. Sinonim (ma`nodosh) so`zlar deb nimaga aytiladi?
6. Antonim (zid ma`noli) so`zlar deb nimaga aytiladi?
7. Paronim so`zlar deb nimaga aytiladi?
Topshiriqlar
1Topshiriq: Quyidagi so`zlarning omonimlarini keltiring:
Uch, tut, olma, dam, ot, til, tul, qo`y, boy, mol, yer, qir, un, es, to`y, o`t, yon.
2Topshiriq: Quyidagi so`zlarning sinonimlarini keltiring va dominantani aniqlang: Ulkan, tor, yaxshi, mazali, hayoli, aft, urf, fa`zo, tirishqoq, ovqat.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin