Topshiriqlar
1-Topshiriq: She`rni ifodali o`qing va shevaga oid so`zlarni toping.
Salomlashish odobi
Salomlashish odobin,
Esingda tut har doim.
Ertalabki salomni,
Bajo qilgin muloyim.
Ertalabki salomdan,
Yangi kun boshlanajak.
Qabul qilgan kalomdan,
G`uborlar tashlanajak.
2-Тopshiriq: Qarindosh - urug’chilikka doir so’zlar lug’atini daftaringizga yozing va yod oling.
4-mavzu: Leksikologiya.
So’z ma’nolari va ularning ifodalanishi
Reja:
1.Leksikologiyaning o`rganish ob`yekti.
2.Lug`aviy ma`no va grammatik ma`no.
3.Bir ma`noli va ko`p ma`noli so`zlar.
4.Ma`no ko`chish usullari.
Biz o’z fikrimizni gap bilan ifodalaymiz. Gap so’zlardan tuziladi. So’z tilning qurilish materialidir, shuning uchun so’zni bilmay turib tilni bilish mumkin emas. Tildagi so’zlarning barchasi tilning lug’at boyligini, leksikasini tashkil qiladi.
Leksika so’zi yunoncha “lexikos”- so’zidan olingan bo’lib, so’z degan ma’noni bildiradi. Leksikologiya so’zi esa lexis - so’z, logos - fan, ta’limot – degan ma’nolarni bildiradi. Demak, leksikologiya so’z haqidagi ta’limot, fan ekan.
So’zning ikki xil ma’nosi, ya’ni lug’aviy ma’nosi hamda grammatik ma’nosi bo’ladi. So’zning borlikdagi narsa, belgi, harakat kabilar haqidagi ma’lumoti lug’aviy ma’no deyiladi. Lug’aviy ma’no ustiga qo’shilib, so’zning shakliy qismi orqali ifodalangan va uning ma’lum turkumga mansubligini, gapda qanday vazifa bajarishini ko’rsatuvchi ma’no so’zning grammatik ma’nosi hisoblanadi. Masalan:
misollar
|
lug’aviy ma’nosi
|
|
Dostları ilə paylaş: |