O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə106/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

O`zbek ma’naviyati yulduzlari.
(Amir Temur, Mirzo Ulug’bek).
A mir Temur siyosat maydoniga kirib kelgan paytda, Movarounnahr mo‘g‘ullar istibdodi ostida bo‘lib, Chingizxon va Botuxon bosib o‘tgan shahar va qishloqlar vayronaga aylangan, suv inshootlari buzib tashlangan yoki ishga yaroqsiz holga keltirilgan, Chingizxon Movarounnahrni o‘zining ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxonga suyurg‘ol sifatida in'om qilgan edi.
Amir Temurning hayoti va faoliyatida ikki davr yaqqol ko‘zga tashlanadi. Birinchi davri (1360-1385) Movarounnahrni mo‘g‘ul xonligidan ozod qilib, yagona markazlashgan davlat tuzish, o‘zaro urushlarga barham berish. Ikkinchi davri (1386-1405) esa ikki yillik, uch yillik, besh yillik, deb ataluvchi boshqa mamlakatlarga yurishlari bilan xarakterlanadi.

O`zbek ma’naviyati yulduzlari.
Jaloliddin Manguberdi, Pahlavon Mahmud.
J aloliddin Manguberdi (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Alovuddin Muhammad II ning toʻngʻich oʻgʻli. U 33 yil umr koʻradi va uni 11 yili jang ichida oʻtadi. Jaloliddin Manguberdi, Jaloliddin (toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad) (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220—31), mohir sarkarda. Anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammadshoxning katta oʻgʻli. Onasi — Oychechak turkman kanizaklardan boʻlgan. Jaloliddin burnida xoli (mank) boʻlgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib "Manguberdi" nomi bilan mashhur boʻlib ketgan.
O`zbek udumlari.
Hozirgi davrda sovchilarning ishi ancha yengillashgan. Avvalo yoshlarning o'zlari tanishib, ota-onalarini ko'ndirib, ishni pishitib qo'yadilar. Ikkinchidan, sovchilarning tanishuv, sinov, o'rganuv vaziflarini o'znikilar, ota-onalar, amma-xola, opa-yangalar o'z zimmalariga olganlar. Ular kelinning , kelin yaqinlari esa kuyovning aslini, avlodu zuryodini, tag-tugini surishtirib o'rganib chiqadilar. Buning uchun mahalla, qo'ni-qo'shni ahlining fikri-maslahati yo o'qish, yo ish joyidagi bu yoshga berilgan baho katta ahamiyat kasb etadi. 
Bizning Sharq mamlakatlarida xalqlar yashab, oila qurib, farzandlar tarbiyalab yangi avlodlarni qovushtirib, nikoh to'ylari o'tkazisharkan, qadimiy sovchilk odati ham saqlanib qolishi kerak. Chunki yangi oila sovchilikdan boshlanadi.


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin