O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə85/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

kesim, ot-kesim.
Fe’lning turli shakllari orqali ifodalangan kesim fe'l-kesim
deyiladi.
Ot-kesimlar quyidagicha ifodalanadi:
1.Ot bilan: Teshaboy ashaddiy dushman-u, siz xizmatini qilayotgan depo xo’jayini do’stmi? Yaxshi ro’zg’or - jannat, yomon ro’zg’or - do’zax.
2. Sifat bilan: Usti yaltiroq, ichi qaltiroq.
3. Son bilan: Birniki - mingga, mingniki - tumanga. Bu birinchisi. Ikki karra ikki - to’rt.
4. Olmosh bilan: Maqsadim-shu. O’zim har joydaman, ko’nglim sandadur.
Kesimlar tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: sodda kesim vamurakkab kesim.
Birgina so’z bilan ifodalangan kesim sodda kesim deyiladi: Paxta va tilladan yurt bezanadi. Alisher Navoiy- she'riyat quyoshi.
Ikki va undan ortiq so’z bilan ifodalangan kesim murakkab kesim deyiladi: Ayozli kunlar asta-sekin o’tib borayotir. Uchrashuv qiziqarli bo’ldi.


Tayanch so`zlar: bosh bo`lak, ega, kesim, hokim, tobe, ifodalanish, sodda, murakkab.


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Gap bo’laklari deb nimaga aytiladi?
2.Gap bo’laklari qaysi bo’lakka nisbatan aniqlanadi?
3.Gap bo’laklari nechaga bo’linadi?
4.Ega deb nimaga aytiladi?
5.Kesim deb nimaga aytiladi?
6.Ega qaysi so’zlar turkumi bilan ifodalanishi mumkin?
7.Kesim qaysi so’zlar turkumi bilan ifodalanishi mumkin?


Topshiriqlar
1-topshiriq:Matnni o’qing va bo`sh bo`laklarni aniqlang.


Sovg’a berish odobi
Har qanday sovg’a ko’ngildan chiqarib beriladi. Sovg’a bergandan so’ng undan qanday foydalanish haqida maslahat berilmaydi. Olib borilgan sovg’a haqida maqtanib gapirilmaydi. Sovg’a e’tibor va ochiq chehra bilan qabul qilib olinadi. Sovg’a olib kelgan mehmon ham, olib kelmagan mehmon ham bir xilda xushmuomalalik bilan kutib olinadi. Sovg’aning katta-kichikligiga qarab muomala qilish yaramaydi.



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin