Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1.Gapning ikkinchi darajali bo`laklari deb nimaga aytiladi?
2.Toldiruvchi deb nimaga aytiladi?
3.Aniqlovchi deb nimaga aytiladi?
4.Hol deb nimaga aytiladi?
Topshiriqlar 1-topshiriq:Ikkinchi darajali bo`laklarni aniqlang va ajratib ko`rsating.
Nodonlik — bedavo kasallikdir. Til – so’zlovchi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondir. Xayr– saxovat ham mardlik sanaladi. Ishi yurishmaganni tahqirlama.
Yaxshi bilmagan narsasiga uringan kishi sharmanda bo'ladi.
Xato sodir bo'lmasligi uchun donishmandlar qayta- qayta kuzatishm va ziyon yetish imkoniyatidan saqlashni tavsiya qilganlar. Kishining ko'ngli kelishgan va tartibli har bir narsaga qiziqadi, tartibsiz narsadan nafratlanadi. Ne'matning qadri u yo'qolgandan keyingina bilinadi.
2-topshiriq:Matnni o`qing va sintaktik tahlil qiling.
Ilm fazilatlari haqida Bilginki, hayotiy maishatingni yaxshilaydigan va ishlaringni haqiqiy to'g'ri yo'lga soladigan eng ulug' vosita bu ilmdir. Ilm buyuk qadrga va oliy fazilatga ega. Sen ilm tufayli oliy sharafga, ulug'Iikka va orzu - istaklarga yetishasan. Ilm kasb va fazilatlarning eng afzali, ilm o'rganuvchi esa shu toifaning ulug'rog'idir. Ilm orqali yaxshi-yomonni taniysan, halol-haromning farqiga borasan, do'stlik va qarindosh- urug'ning fazilatlarini anglaysan, qonun-qoidalarni tushunusan, haq- huquqlaringni bilasan.Ilm shunday boylikki, u sening aqlingni mustahkamlaydi, xulqingni poklaydi, tabiatni tozalaydi, izzatingni oshiradi. Ilm sening hayotingga tahsinga sazovor bo'ladigan yangiliklar olib kiradi, yozishga, ijod qilishga, tasnif etishga sharoit yaratadi, bu bilan esa seni kamolga etkazib, umrini boqiy qiladi. Ilm o'rganib, ilmga amal qilmagan kishi yer haydab, uni ekmagan kishiga o'xshaydi.
Ilmsiz inson - mevasiz daraxt.
Ilm bir Xazina bo'lsa, bu Xazina kaliti - savol!
Ilm -inson ziynati. («Otalar so'zi»).
Lug'at
maishat - жизнь, наслаждение
fazilat — достоинство
afzal - лучший, предпочтительный
izzat - почесть, почтение
tasnif - классификация
boqiy - вечный, бессмертный
xazina - сокровищница, клад
ziynat-украшение