O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi



Yüklə 494,64 Kb.
səhifə12/65
tarix07.09.2023
ölçüsü494,64 Kb.
#141951
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi-fayllar.org

3. TALABALIK YILLARI
1953 yilda Toshkentdagi 28-maktabni oltin medal bilan bitirganimda oldimda keng ufqlar ochildi. CHunki u paytlarda maktabni bunday bitirganlar oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz kirar, kumush medal bilan bitirganlar faqat bitta imtihon topshirardilar. Men qaerni tanlashni bilmay, Toshkentdagi hamma uriversitet va institutlarni aylanib chiqqach, (hozirgi O‘zMUning) filologiya fakultetiga hujjat topshirdim.
Universitetda Fozila Sulaymonova, SHavkat Rahmatullaev, YAkov Romanovich Simkin, Ozod SHarafiddinov kabi zamonning eng ilg‘or shaxslaridan dars oldim, Naim Karimov singari nozik didli, madaniy saviyasi yuksak, o‘zimdan uch-to‘rt yosh katta zukko insonlar bilan tanishuv, do‘stlashuv mening shaxs sifatida shakllanishimda katta rol o‘ynadilar. Ular hammasi meni antik davrdan tortib XX asrgacha bo‘lgan jahon adabiyoti dunyosiga kiritib yubordilar. Talabalik yillarimda Pushkin, Esenin she’rlarini yaxshi ko‘rar va ayniqsa Haynening lirikasi mening yoshlik kayfiyatlarimga monand kelgani uchunmi, “Lirik intermatsso” degan turkumidan 65 she’rini tarjima qilib yurganlarim esimda. Keyinroq nimadir sabab bo‘lib (anig‘i yodimda yo‘q), turk adabiyotiga qiziqib qoldim.
U paytlarda bizda turkcha kitoblar sotilmas, rus tiliga tarjima qilingan turk yozuvchi va shoirlarining kitoblarini bitta qo‘ymay “Turon” kutubxonasidan surishtirib olib o‘qib chiqqandim.
4. MENING FE’LIM
Bir o‘zi yig‘layotgan bolani ko‘rsam, chidolmayman: bolani xo‘rlaganlar odam emas, deyman. Ba’zan men yashayotgan uyga tilanchilar keladi. Ularning aksariyati lo‘lilar. Zarari yo‘q. Elkasiga xurjun tashlab olgan, kelbati mendan ikki baravar katta yigitlar yoki yuzlaridan qon tomib turgan, ammo bola etaklab olgan sog‘lom ayollar… Ha, mayli, tilanchilik ularning kasbi, deb qo‘ya qolaman.
Ammo oyda uch-to‘rt marta har xil tilanchi bolalar – ruslar, o‘zbeklar kelishadi va qornimiz och, non bering, deyishadi, shunda nomusdan o‘lgim keladi. Bolalarni bu holga solganlardan nafratalaman.
5. YOZISHLARIM
Men hech she’r yozish haqida o‘ylamasdim. Bir ora 6-sinfda o‘qirkanman, o‘pka kasaliga uchrab, olti oy davolanish uchun Sanatoriy-O‘rmon Maktabiga o‘tdim, u erda Saidov familiyali bir o‘qituvchi ham adabiyotdan dars berar, ham adabiyot to‘garagiga rahbarlik qilarkan. Uning ta’limlaridan so‘ng bahor va may oyi to‘g‘risida bir-ikki she’r yozgan edim, ular devoriy gazetada chiqarilgandi. Ammo yozuvchi odam o‘z she’rlarini matbuotda chiqarishga harakat qilishi mumkin va kerakligi to‘g‘risida hech o‘ylagan emasman. Gazetalarda faqat katta, judayam taniqli odamlargina she’r chiqaradi, degan tasavvurda edim. Olti oy ichida shifolanib, yana o‘z maktabimga qaytganimda, she’r yozish xayollari mendan yiroqlashdi.Filfakda o‘qib yurgan kezlarimda yoshlik va muhabbat savdolari meni yana she’r yozdira boshladi. Ammo bularning ba’zilarida Hayne va Esenin ta’sirlari borday tuyular, ularni hech kimga o‘qib bermas, ko‘rsatmas edim. Daftarlarda qolib ketardi. Filfakning jurnalistika bo‘limini bitirib, Toshkent Telestudiyasida ishlay boshlaganimda, ish taqozosi bilan qozoq va qirg‘iz she’riyatidan tarjimalar qildim, ular TV ko‘rsatuvlarida berildi.1959 yili “G‘uncha” jurnaliga ishga o‘tdim. Jurnalning 1960 yilgi birinchi sonida mening she’rim ilk bora matbuotda chiqdi. “CHakki qilibman” nomli biroz yumorga yo‘g‘rilgan bu oddiy she’rim haqida bir qancha mualliflar muharririyatga kelib ijobiy fikrlar aytishdi. SHundan keyin bosh muharririmiz mendan tez-tez she’r yozib berishni so‘raydigan bo‘lib qoldi.O‘zim bu yillarda ikki o‘g‘illik bo‘lib, ham oilada, ham ishim tufayli maktab va bog‘chalarda bolalar ichida bo‘laverib, o‘z-o‘zidan bolalar dunyosidan she’rlar bitardim. G‘afur G‘ulom, SHayxzoda, Mirtemir, Quddus Muhammadiylar bilan tez-tez ko‘rishardim. YOzuvchilar Uyushmasida turli adabiy anjumanlarga qatnovim faollashdi. Respublika bo‘ylab turli shahar va tumanlarga borardim. SHu tariqa xalq hayoti manzaralari ko‘z o‘ngimda muhrlanib qolar, ichimda faqat hayotni yozish fikri qat’iylashib borardi.She’r, menimcha, o‘z ichiga insonni, hayotni oladi, yaltiratmasdan, o‘z holida, yaxshi va yomon jihatlari bilan birga aks ettiradi. SHoir, modomiki, atrofiga, insonlarga, insonlarning hayotiga bog‘liq yashar ekan, boshqacha bo‘lishi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. SHe’r insonning quvonchi, ko‘zyoshlari, zavqlari va og‘riqlarini, ozodligi va erksizligi, tirikchilik mashaqqatlari va go‘zal orzulari, umidlarini kuylaydi. Katta qayg‘ularga tasalli beradi. Faqat shunday shoirlargina hurmatga loyiq, deb o‘ylayman. To‘g‘ri, “san’at hayotga ta’sir ko‘rsatish uchun emas, san’at uchun” degan shior ostida yoki faqat o‘zining ichki olamidagi harakatlarnigina tadqiq etuvchi shoirlar bor. Men adabiyotning xalq manfaatidan boshqa manfaati yo‘q deb hisoblovchilar sirasida turaman. SHoir o‘z ichinigina tadqiq qilib she’r yozsa, doim muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. SHoirning ichi jamiyat hayoti bilan parallel kelgandagina bu o‘zini oqlaydi. SHe’r hayotdan orqada qolishi mumkin emas. Agar she’r orqada qolsa, umuman oldinga yurish bo‘lmasa kerak, taxminimcha.Jadidlar adabiyoti yuragimning to‘rida yashaydi. Ular bitta xalq uchun yozish va millat uchun yashash qanday bo‘lishini namuna qilib qoldirganlar. Ulku (ideal)lariga vafo qilmaslik g‘ayrishoirlikdan boshqa narsa emas, deb o‘ylaymaHozir modernchilar bor, ular she’riyatda o‘zlarini namoyon etayotirlar. Men bironta oqim, bironta yo‘nalishga qarshi emasman. Modern yo postmodernchilar dunyoning hamma iqlimlarida katta ishlar qilib, jamiyat hayotida chuqur izlar qoldirayotir. Bundan ko‘z yumish mumkin emas. Faqat hamma gap shundaki, ularning qalbini yondirayotgan narsa nima, chindan yondirayotirmi – shunisi aniq bo‘lishi kerak. O‘tgan asr rus adabiyotidagi oqimlar, futurizm Mayakovskiyni, imajinizm Eseninni, akmeizm Axmatovani jahon she’r xazinasiga berganini unutib bo‘ladimi? Syurrealizm, kubizm, dadaizm, naturalizm buyuk shaxslarini bermadimi? Men o‘zim realizm va romantizmni yaxshi ko‘raman. Ammo modernistlar realistlarning o‘n varaqlik tasvirini bitta ta’sirchan jumlada yo bitta metaforada bera olishlari mening zavqlarimga juda yaqin. Faqat menga har qanday shoir xalq dardi bilan og‘rishi kerakday ko‘rinadi. To‘g‘ri, madh shoirlari ham bor, ular hayotdagi yangi o‘zgarishlardan zavqlanadilar va madhiya va qasidalar bitadilar. Aslida bu ham kerak, lekin madh va qasida samimiy bo‘lmog‘i kerak.
XIII asrda yashagan Qatron ismli shoir qasidalar ustasi edi, bir daf’a o‘sha davr podshohi qasidalari tufayli, unga eng katta maosh belgilagan ekan, Qatron ertasigiyoq yo‘qolib qolibdi. Amaldorlar uni ko‘p axtaribdilar, faqat oradan bir necha yil o‘tgandan keyingina topibdilar. Undan ketib qolish sabablarini so‘raganlaridaya- Podshohim meni manfaat uchun yozgan buni, deb o‘yladilar, men yurtimizdagi katta o‘zgarishlarni she’r uchun, o‘zim uchun madh etganman. Menga alohida ehtirom ko‘rsatish boshqa shoirlar ichida meni uyaltiradi, – degan ekan.Yaltoqlik, munofiqlik, mushriklikni adabiyot yo‘lidagi to‘siqlar deb bilaman. Yaltoqlik, laganbardorlikning zararlari ko‘pchilikka ayon. Munofiqlik esa so‘zda turmaslik, omonatga xiyonat illatlaridir. Bizda bu faqat shaxsiy kamchilik emas, bizda, nazarimda, munofiqlik illati ko‘p……Mening oilamga kelsak, xotinim Qutlibeka Rahimboeva shoira, qaerdaki she’riy turkumi bosilgan bo‘lsa, o‘sha gazeta va jurnalning yillik mukofotiga sazovor bo‘lgan, hatto ruscha tarjimasi chiqqanda, “Molodost” jurnali ham shunday mukofot bergan, “SHuhrat” medali sovrindori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. Hozir dramaturgiya va nasrda ham faol ijod qilib kelmoqda. To‘rt o‘g‘lim va bir qizim bor. Biri bevaqt vafot etdi. Ikkinchisi Mirvosil kichikligidan yaxshi hikoyalar yozib keladi, hikoyalari “Gulxan”, “YOsh kuch”, “Guliston” jurnallarida, ayrimlari bayozlarda, “Ma’rifat” va boshqa bolalar gazetalarida bosilgan. Amerika yozuvchisi Reks Stautning bir romanini tarjima qildi va u “Jahon adabiyoti” jurnalida e’lon qilindi. Uchinchi o‘g‘lim Mirahmad va kenja o‘g‘lim Najot tijorat yo‘lidan ketishdi. Qizimiz Orzu – Kamoliddin Behzod nomidagi Tasviriy san’at va dizayn institutini bitirib “Jannat-makon” jurnalida muharrir bo‘lib ishlamoqda.Rejalarim:. YOzganlarim sochilib yotibdi, ularni jamlab nashrga tayyorlayotirman. Bu yil, Xudo xohlasa, “Kuzgi yaproqlar” nomli devonim va Farididdin Attor, Nizomiy Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy va Abdurahmon Jomiydan qilgan tarjimalarim bir kitob holida G‘afur G‘ulom nomidagi Nashriyot-matbaa Ijodiy uyida chiqariladi. YAna umrim davomida ko‘p mamlakatlarda bo‘lganman: Rossiya, Ozarbayjon, Moldova, Tatariston, Qibris, Turkiya, Makedoniya va Afg‘oniston… Ana shu safarlarim haqida “Yo‘llar va esdaliklar” nomli safarnomamni yozib bitkazayotirman. Zamondosh ustozlar, o‘qituvchilar, safdoshlar haqida (G‘afur G‘ulom, Oybek, SHayxzoda, Mirkarim Osim, Ozod SHarafiddinov, Ma’ruf Jalil, Rauf Parfi) xotiralarim ham bir kitob bo‘ladi.
Tursunboy Adashboyev 1939 yil 1 yanvarda Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyati, Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlog‘ida tug‘ildi. Qishloqdagi 57-o‘rta maktabni bitirgach, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1961–1966), Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida (1978–1982) tahsil oldi.“Buni toping, bolalar, aytib bermang, onalar” nomli birinchi she’riy to‘plami 1962 yilda chop etildi. Shundan so‘ng shoirning “Kamolning olmasi” (1964), “Biz sayohatchilar” (1966), “Arslonbob sharsharasi” (1969), “Nur daryo” (1975), “Olatog‘ ‒ lolatog‘” (1978), “Guldesta” (qirg‘iz tilida, 1979), “Oslik na shesti nogax” (“Olti oyoqli xo‘tikcha” latish tilida, 1983, tarjimon Leons Briyedis), “Quyushqon” (1984), “Arslonbob afsonasi” (1988), “Pesnya javoronka” (rus tilida, tarjimon Yunna Morits), “Uch bo‘taloq va sirli qovoq” (1990), “Top jildiz” (qirg‘iz tilida, 1991), “Topishmoqli alifbe” (1997), “Hushtak chalib turasiz” (A. Obidjon bilan hamkorlikda, 2002), “Oltin yolli tulpor qissasi” (2003), “Orzularim ‒ qo‘sh qanotim” (2003), “Parodiyalar” (kinoya, muqallid, lutf, 2010), “Osmondagi darvoza” (saylanma, 2012), “Qirq yolg‘ondan bir yolg‘on”, “G‘oz karnaychi bo‘lmasin” (2015), “Maxfiy jang” (parodiyalar kitobining to‘ldirilgan nashri, 2016), “Orzularim qo‘sh qanotim”, “Sichqonning orzusi”, “Maqtanchoq chumoli” (2016) kabi she’riy kitoblari dunyoga keldi. Rus, turkman, qirg‘iz, tojik va qozoq tillaridagi adabiy almanaxlarda turkum she’rlari bosildi. Shuningdek, T. Adashboyevning “Jashtik sapar” (qirg‘iz tilida, 1964), “Biz sayohatchilar” (1966), “Guldasta” (1968), “Bizdin belek” (qirg‘iz tilida, 1967), “Ir mayrami” (qirg‘iz tilida, 1967), “Zvonkoye detstvo” (rus tilida, 1981), “Chashmalarin ovozi” (turkman tilida, 1982), “Raduga nad arikom” (belorus tilida, 1986), “Navohoi guldara” (tojik tilida, 1988), “Solni’shko na listyax” (1990), “G‘aroyib qishloqning ajoyib odamlari” (2015) kabi turli yil va turfa tillarda chop etilgan kitoblarini ham sanab o‘tish joiz.Shoir “O‘zbek bolalar adabiyoti antologiyasi” (She’riyat, 1-jild, 1995) va mazkur kitobning rus tilidagi “Pro solnse jarkoye rasskaz, Pro nashu zemlyu i pro nas” (Poeziya, 2007) nashrlariga muharrirlik qildi.Tursunboy Adashboyev tarjima sohasida ham samarali fqaoliyat yuritib, Temirqul Umetaliyevning “To‘rg‘ay navosi” (1969), Suyunboy Eraliyevning “Tog‘lar farzandiman” (1972), Sovronboy Jusuyevning “Dovon” (1974), “Qanot bilan Zarina” (2004), Musa Jong‘oziyevning “Quvonchbekning quvonchi” (1983), Qanibek Junushevning “Do‘ppili to‘rg‘ay” (1988), Nurmo‘ldaning “Zamona” (1998), Nodirbek Alimbekovning “Bir kam dunyo” (1998), “Gulning umri” (1994), Samuil Marshakning “Tentak ovchi” (2006), Korney Chukovskiyning “Do‘xtir Voyjonim” (2006), “Moydadir ‒ yuvin do‘mbog‘im”, Jovani Rabonining “Mushuk Kotangensning arifmetika daftari” (1977), V. Pyuzoning “Cho‘qintirgan ota yoki Mafiya sardori” (roman, 2006), S. Arapovaning “Merri inglizchani o‘rganadi” (1996), V. Kulikovning to‘rt kitobdan iborat rasmli she’riy to‘plamlari (2006) va boshqa asarlarni o‘zbek tiliga o‘girib, chop ettirdi.Tursunboy Adashboyev she’rlarining qahramonlari quvnoq, topqir, xayolkash, mehnatkash, zavqiyu ishtahasi tobida bo‘lgan aqlli bolalardir.Kichkintoylarga qisqa va lo‘nda yozish, qissadan hissa chiqarish shoir ijodining muhim fazilatlaridan biridir.Tursunboy Adashboyev o‘zbek bolalar adabiyotini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun 2001 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. U, shuningdek, o‘zbek va qirg‘iz xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun “Qirg‘izistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi” unvoni va “Manas” ordeni bilan ham mukofotlangan.Shoir Tursunboy Adashboev o’zbek va qirg’iz xalqlari o’rtasidagi do’stlik iplarini mustahkamlash sohasidagi xizmatlari uchun «Do’stlik» ordeni bilan taqdirlangan. U Qirg’izistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat arbobi va «Manas» ordeni sovrindori hamdir. Uning hazil-mutoyiba bilan yo’g’rilgan qator asarlari rus, latish, qozoq, qirg’iz, tojik tillarida chop etilgan.Tarjimai hol : Ulug’ yozuvchilar tarixiga nazar tashlansa, iste’dodning tug’ilishi har kimda har xil kechganini ko’rish mumkin. Alisher Navoiy ilk yoshlaridanoq Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» asarini yod olgan, hali o’smirlik davridayoq ilk asarlari bilan mavlono Lutfiydek benazir shoirni hayratlarga solgan bo’lsa, Usmon Nosir balog’at yoshidayoq mashhurlik darajasiga erishgan edi. Taniqli bolalar shoiri Samuil Marshak 4-5 yoshlaridanoq she’r mashq qilib 11-12 yoshlarida ilk poemalarini yaratgan bo’lsa, Quddus Muhammadiy «O’quvchiga esdalik» nomli birinchi she’riy kitobini e’lon qilganida sal kam 40 yoshda bo’lgan.Kichkintoylarning sevimli shoiri Tursunboy Adashboev so’zni so’zga juftlab, o’z hayratiyu bor g’ayratini qog’ozga tushira boshlaganida 12-13 yoshlarda bo’lganini sog’inch bilan xotirlaydi. «Mening adabiyotga kirib kelishim, – deb yozadi shoir, – avvalo, muallimlarimning, qolaversa, Abdullajon Shaitovday fidoiy, adabiyotga juda mehr qo’ygan odamlarning ta’siri tufayli bo’lgan, desam adashmayman.Oltinchi sinfda o’qib yurgan kezlarim «Qizil O’zbekiston» (hozirgi «O’zbekiston ovozi») gazetasida mashhur olim Hodi Zarifning bir xati chiqdi. Xatda gazetxonlarga xalq ichidagi dostonlarni yozib olishga yordam so’rab murojaat etilgandi. Maktabimiz direktori gazetani olib kelib, qishloqdagi to’ylarda doston aytib yuradigan Olim qarg’a degan kishini topib, dostonini yozib jo’natgin, dedilar menga. Men bu haqda Hodi Zarifga xat yozdim. Hodi akadan: Uka, dostonning hech qaeriga qo’shmasdan, og’zidan qanday chiqsa shundayligicha yozib jo’natishingizni iltimos qilaman, degan javob keldi.Bu «Yozi bilan Zebo» dostoni edi. Xullas, men Olim qarg’ani izladim, u kishi qo’shni qishloqda paxsa urayotgan ekan. Olim akani ish ustida topdim, tanishdim, maqsadimni aytdim. «Bo’ldi, menga bir hafta qog’oz qoralashasan, senga doston aytib o’tirsam, tirikchiligim qolib ketadi. Kechqurunlari yozamiz», dedi. Kelishdik. Bir hafta deganda dostonni qoralab oldim va Hodi Zarif domlaga jo’natdim... Mana shu o’quvchilik yillaridagi qiziqishlarim meni katta adabiyotga yetaklagan bo’lsa, ajabmas».Ko’rinadiki, ko’pchilik ijodkorlarda bo’lgani kabi Tursunboy Adashboev iste’dodining kurtak otishida ertagu dostonlar, rivoyatu cho’pchaklar misolidagi folklor asarlarining roli katta bo’lgan. Darhaqiqat, og’zaki so’z san’ati qatiga yashirin betakror sehr-jozibaga oshuftalik shoirning butun ijodini ichdan nurlantirib turadigan omillardandir.Ilk asarlari bilan Mirtemir va Qudrat Hikmat kabi ustozlar e’tiborini tortgan, ayni paytda ulardan olgan saboqlariga yuksak e’tiqod bilan amal qilib kelayotgan Tursunboy Adashboev bugungi kunda o’zbek bolalar she’riyatining yetakchi namoyandasi hisoblanadi.1939 yilda qardosh Qirg’izistonning O’sh viloyatiga qarashli Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlog’ida tavallud topgan, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi, Qirg’izistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat arbobi, shoir, tarjimon va noshir T.Adashboev katta hayot va sermashaqqat ijod yo’lini bosib o’tdi.«Kamolning olmasi» nomli ilk she’riy to’plami e’lon qilinganida u hali Toshkent davlat universitetining (hozirda O’zbekiston Milliy universiteti) talabasi edi.Tinimsiz ijodiy izlanishni o’zining a’moli deb bilgan shoir Moskvadagi Oliy Adabiyot institutida tahsil ko’rib, jahon bolalar adabiyotining nodir namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo’ldi. Sobiq ittifoq hududidagi tengqur bolalar shoirlari va tarjimonlar bilan ijodiy bahs-munozaralarda qatnashib, toblandi.T.Adashboev ijodining yetakchi xususiyati haqida gap ketganda, eng avvalo, erishgan yutuqlari bilan xotirjamlikka berilmasligi, behalovat izlanuvchanligini alohida tilga olish joiz. Negaki, ayrim ijodkorlar ma’lum darajaga erishgach, mahoratini oshirish ustida bosh qotirmaydi, natijada o’z-o’zini takrorlashdan nariga o’tolmay qoladi. T.Adashboev bu yo’lning ijodkor uchun g’oyatda xatarli ekanini chuqur his etadi.«Uolter Delamer degan angliyalik juda mashhur bolalar shoiri bor, – deb yozadi u. – Yashab o’tganiga 200 yil bo’ldi. U umrida bitta kitob yozgan. Bu kitob ingliz tilida gapiradigan hamma mamlakatlarda har yili nashr etiladi. Shu kitobni o’qisangiz, e, Korney Chukovskiy, Samuil Marshak bolalarga she’r yozishni shundan o’rgangan ekan, deysiz. Ochig’ini tan olib aytsak, biz nafaqat jahon bolalar adabiyotini, masalan, Delamer ijodini, hatto qardosh xalqlar adabiyotini ham o’qimaymiz».jodiy xotirjamlikka berilish, o’z qobig’idan tashqari chiqa olmaslikni badiiy mahorat kushandasi deb bilgan shoir badiiy ijodda ham o’z e’tiqodiga qat’iy amal qiladi. Agar uning «Kamolning olmasi», «Biz sayohatchilar», «Olatog’lik bo’laman», «Surnay», «Arslonbob sharsharasi» to’plamlariga kirgan beg’ubor bolalik, Vatan, ona tabiat haqidagi talay she’rlarida an’anaviy tasvir uslubining ustuvorlik qilishi ko’zga tashlansa, nisbatan so’nggi yillarda e’lon qilingan «Uch baqaloq va sirli qovoq», «Orzularim – qo’sh qanotim», «Oltin yolli tulpor», «Latifboyning loflari» kabi kitoblaridagi aksariyat asarlarida hayrat aralash yengil yumor va o’yin vositasida o’ziga xos ezgulikka yo’g’rilgan hayot falsafasining bolalarbop tilda, ammo kattalarni ham o’ylashga undaydigan tarzda ifodalanishini o’z ustida ishlash, tinimsiz izlanishlar mahsuli, deb baholash mumkin.T.Adashboev ijodida Vatan va tabiat mushtarak tushunchalar sifatida talqin qilinadi. Asarlarining lirik qahramoni Vatanni tabiatdan, tabiatni Vatandan ayri tushunmaydi. U Vatan haqida so’z ochadimi, tabiat haqida fikrlaydimi – quruq ta’rifu tavsifdan qochadi. Aksincha, biror manzara-holat tufayli o’zida tug’ilgan hayrat tuyg’usi bilan o’rtoqlashadi.Tuxum bosib yotgan to’rg’ayning shuvoq bilan sirlashishiyu qora qo’ng’izning soqqa yasashi, yumronqoziqning hadiksirab, alanglab yurishiyu sug’urning archa ostida tasbeh o’girib o’tirishi, chigirtkaning qamishdan nay yasashiyu so’naning biyaga dutor chertishi – dala-dashtdagi tabiat manzarasining undagi jonzotlar misolida badiiy obrazli suvratlantirilishi kichik kitobxon qalbida yorqin hislar tug’diradi, tasavvurini, ongu shuurini ona tabiat ko’rinishlariga bog’laydi. Katta yoshli kitobxon esa o’sha manzara-holatlarni necha martalab ko’rgan, kuzatgan, guvohi bo’lgan esa-da o’z e’tiborsizligidan hayratga tushadi. Lirik qahramonning sinchkov nigohi, tabiatga iliq munosabati unga ham ko’chadi.Shunisi muhimki, o’sha tabiat, o’sha yurt – uning Vatani. O’quvchida mana shunday kayfiyat tug’dirish undagi Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’ulariga jon bag’ishlaydi.«Uyimiz sovuq edi, – deb yozadi shoira Kavsar Turdieva. – Hali «dom» isitila boshlamagandi. Kichik o’g’lim esa deraza oynasiga bo’yoqlari bilan qip-qizil quyoshning rasmini chizibdi. Nimagadir Tursunboy Adashboevning «Jo’nataman quyoshni» she’ri esimga tushdi. «Jo’nataman quyoshni, men kelgusi xatimda», deb yakunlangan she’rida Tursunboy akaning ijodiga xos bo’lgan psixologizmlar va milliy ruh bo’rtib ko’rinadi.Bolalar yozuvchisining mahorati – bu faqatgina dunyoni bolalar ko’zi bilan ko’rish va idrok etishgina emas, balki bu idrokni keng o’quvchilar ommasiga ana shu tarzda namoyon qilishdir».Nazarimda, T.Adashboevning badiiy mahorati ham aynan dunyoni bolalar ko’zi bilan ko’rishi, idrok etishi va uni o’quvchiga shu tarzda yetkazishi bilan belgilanadi. Bog’bonlarning dov-daraxtlarning soch-soqolini qiyishi, oqlangan daraxtlarning oppoq paypoq kiyishi («Hasharda»), bahorning qishni burnidan tarnovga osib qo’yishi («Sumalak»), chaqmoqning ko’kda yong’oq chaqishi («Bahor kelgach»), Asqar tog’dan tushayotgan suvning qoyalarda yanchilishi, qarag’ayning ko’kka sanchilishi, qorli cho’qqining qirg’iz tumog’iga o’xshatilishi («Sarichelak»), ayiqning piymasini ivitishiyu quyonning oq tivitdan o’ziga po’stin tikishi, yashil taroq archalarning shamolning sochlarini tarashiyu oq yaktakli qayinlarning zarbaldoq taqishi («Qish») aslida bolalarcha tasavvur va idrok mahsulidir.T.Adashboev she’rlarining qahramonlari «sapchib oqqan suv bilan kim o’zarga yugurgan», xolasiga yordam uchun «nonini botirib, qotirib qaymoq yegan», «tog’dan ko’tarilgan quyoshni onasi yopgan patirga» o’xshatgan, buvisining ajinlariga qarab «dazmol bosib olsangiz tekis bo’lib ketardi», deb maslahat beradigan, kun bo’yi bog’dagi sirpanchiqda «vagon» bo’lib uchishgach, «oqshom uyga shimining orti suzilib» qaytadigan quvnoq, topqir, xayolkash, mehnatkash, zavqiyu ishtahasi tobida bo’lgan bolalar» (Muhtarama Ulug’)dir. Ularning sho’xligi va o’yinqaroqligi atrofimizdagi olam jumboqlarini bilishga bo’lgan qiziqishiyu betizgin savollariga uyg’un:
Qumursqaning tovoni yo’q,
Ninachining qulog’i.
Soqol bilan tug’ilar
Echkilarning ulog’i.
Beumurtqa mayqo’ng’iz,
Ilon qo’lsiz, oyoqsiz.
Nima kechar daraxtlar –
Bo’lsa rangsiz, bo’yoqsiz.
Asalari ne uchun
Chaqib, o’zi o’ladi?
Qiziq, nega chuvalchang
Ikki boshli bo’ladi?
T.Adashboevning bolalar shoiri sifatidagi ijodiy takomilida folklor asarlarining ifoda uslubiyu Qudrat Hikmat, Sulton Jo’ra, Zafar Diyor singari ustozlar ibrati, jahon bolalar adabiyotining ijodiy an’analari bitmas-tuganmas ilhom manbai, tajriba maktabi vazifasini o’taydi. Shuning uchun ham ustozlarini «meni tarbiyalab voyaga yetkazgan bog’bonlar», deya e’zozlab tilga oladi, jahon bolalar she’riyati namoyandalari ijodini esa «men suv ichgan chashmalar» deya hurmat bilan ta’kidlaydi.Jahon bolalar she’riyatining talay namunalari T.Adashboev tarjimasida keng kitobxonlar ommasining adabiy mulkiga aylangan. Ularning ichida K.Chukovskiyning «Yuvin, do’mbog’im», «Maydadir», S.Marshakning «Ahmoq sichqoncha haqida ertak», «Tentak ovchi», «Dono sichqon haqida ertak», S.Aksyonovning «Sehrli qizil gul», V.Berestevning «Ko’lmakdagi suratlar», «O’qishni bilsang o’zing», B.Zaxoderning «Samovar», «Bo’ri maqtasa...», N.Dumbadzening «Ketino», «Igna», Ovsey Drizning «Kutilmagan hodisa», V.Dankoning «Qorbobo bo’lsam agar», Yan Bjexvaning «Tuxum va tovuq», «Tuz haqida ertak», Uolter Delamerning «Pat saqlanar yostiqda», «Bekinmachoq» kabi asarlari bor. Ulardan «Kutilmagan hodisa» nomli mana bu she’rga e’tibor bering:
– Boisin ayt, hoy, Burga,
Bu qadar nega shodsan?
– Kirib ayiq juniga
Gazeta o’qiyotsam,
Menga miltiq o’qtalgan
Ovchiga ko’zim tushdi.
Bunday dahshatli holni
Ko’rmagan yetti pushtim.
Nishonga olib mani,
Tepkini bosdi: var-rang!
Xayriyat, o’q to’satdan
Ayiqqa tegdi, qarang...
Tarjimonning mahorati shundaki, agar uning nomi yozilmasa, kichik kitobxon dabdurustdan asarning tarjima ekanligiga ishonmaydi. Ovchining o’ziga miltiq o’qtalishidek dahshatli holga yetti pushtining duch kelmaganligi yuzasidan Burganing iqror-e’tirofi she’rga milliy ruh bag’ishlaydi. Natijada asliyat bilan tarjima o’rtasidagi chegara barham topadi.Tarjimaning chinakam san’at asari sifatida asliyat darajasiga ko’tarilishi sermashaqqat ish bo’lib, astoydil va uzoq izlanishni taqozo etadi. Tarjimonlik o’z ishiga nopisandlik va yuzakilikni ep ko’rmaydi.«Tursunboy aka Alini Valiga, omonni yomonga qofiya qilishdan o’zini tiyadi va nihoyatda yangi qofiyalar topadi, – deb yozadi Ravshan Fayz. – Quyidagi qofiyadosh so’zlarga bir e’tibor berib ko’ring-a: qishloqqa-pishmoqda, toza man-yozaman, baliqlar-aniqlar, o’z dardi-o’zgardi, oldimdan-qoldim man, baraban-qaramang... Ko’rinib turibdiki, Tursunboy Adashboev xuddi mohir ho’qqabozday hech qiynalmay so’zlarni o’ynaydi».Yusuf xos Hojibning «Qutadg’u bilig» dostonida kichkintoy qahramonlarning bittasidan hali hayotiy tajribaga ega bo’lmay turib, ezgu ishlarni amalga oshirishda yutuqlarga erishishining boisi so’ralganida u otasidan duo olganini aytishi keltiriladi. Masalaga shu jihatdan yondashilsa, T.Adashboevni ikki elning duosini olib kelayotgan ijodkorlardan, deyish mumkin. Buni shoirning quyidagi e’tirofi ham tasdiqlaydi:
O’zbek-qirg’iz qoni singgan,

Sizga aytsam to’g’riman.


Shu boisdan ikki elning
Erka shoir o’g’liman.
U o’zbek va qirg’iz xalqlari o’rtasidagi do’stlik iplarini mustahkamlash sohasidagi xizmatlari uchun «Do’stlik» (2001) ordeni bilan taqdirlangan. U Qirg’izistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat arbobi va «Manas» ordeni sovrindori hamdir. 2003 yilda shoirning «Orzularim - qo’sh qanotim» nomli to’plami chop etildi. 2005 yil vaot etgan.
“Safo Ochil – serqirra ijodkor. U taniqli shoir, iqtidorli adib va tarjimon, iste’dodli adabiyotshunos va tarjimashunos olim, mohir tarbiyashunos va muallim, adolatli noshir sifatida o‘zbek xalqiga ma’lum va manzur”, deyiladi adibning “Orzular ko‘kida shafaqlar” kitobining avvalida. To‘g‘ri, yuqorida aytilgan sifat va fazilatlar Safo Ochilda to‘la mujassam.Shoir va olim Safo Ochil to‘fonli kunlarda, o‘zbek xalqi ikkinchi jahon urushining dahshatli va vahimali azob-uqubatlarini boshidan kechirayotgan davrda, ya’ni 1942 yil, 20mart kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida dunyoga keldi. U boshlang‘ich ta’limni shu tumandagi “Olg‘a” hamda Oxunboboyev nomli maktablarida oldi, keyin esa Bog‘ot tumanidagi Narimonov nomli o‘rta maktabni tamomladi.U 1958 yilda Toshkent davlat chet el tillari pedagogika institutining nemis tili fakultetiga kirib, uni nemis tili, o‘zbek tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tugatdi. So‘ngra uzoq yillar Xorazm davlat pedagogika institutida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida samarali faoliyat ko‘rsatdi.Filologiya fanlari nomzodi, pedagogika fanlari doktori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi Safo Ochil o‘z ijodiy faoliyatini 1955 yilda bolalarbop she’rlar mashq qilishdan boshladi. Uning bolalar uchun yozgan asarlari “Umidvor qushcha” (1983), “Kamalak va sumalak” (1987), “Burgut” (1992) kabi she’riy kitoblariga jamlangan bo‘lib, ularning barchasi yosh kitobxonlarga manzur bo‘lgan.hoirning o‘sha davrdagi mashqlarida ham o‘ziga xos isyonkorlik va kurashchanlik ko‘zga tashlanadi. “Onam paxtakor” (1955) she’rida lirik qahramon onam “O‘tgan yili ko‘p Paxta terdi. Davlat unga Nishon berdi. Pul ber desa, Derlar qoch-qoch, Bizlar esa Och, yalang‘och…” deya hayqiradi. Darhaqiqat, she’r yozilgan davrda paxtakor-mehnatkashlar faqat mehnat qilishgan, lekin mehnatiga yarasha haq olishmagan. Shu hayot haqiqati badiiy haqiqatga aylanganki, bu mavjud sho‘ro tuzumiga nisbatan murg‘ak qalbning isyonidir.Shoir ramziy ifodalash orqali o‘zining falsafiy fikrlarini bolalar tilida jonlantirishga harakat qiladi. Bu o‘rinda “Kungaboqar” she’ri diqqatga loyiq:


Kungaboqar muloyimdir,
Uyati bor.
O‘ziga xos qiziq, ajib
Odati bor –
Tunda yerga, kunduz esa
Kunga boqar.
Shu boisdan yer-u kunga
Birday yoqar.
Qorni to‘ygach, “yig‘ib olar”
U esini.
Quyoshga ham ko‘rsatadi
Yelkasini…
Bu she’rda o‘zbek xalq og‘zaki ijodiga xos botiniy parallelizm uslubi gavdalangan. Kungaboqarning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘sishi, “yashash” tarzi yashirin ravishda insonga qiyoslanadi. Darhaqiqat, ayrim laganbardor odamlarning rahbar-u amaldorlarga yaltoqlanishi, ularning og‘ziga qarab turishi va ularga egilibbukilib turish manzaralari barchaga ayon va ma’lum. Qolaversa, hayotda ba’zi kishilar borki, ular ishi bitgach, yaxshilikni tez unutadilar, ezgulik qilgan insonga hatto “elkasini ko‘rsatadi”lar. She’rda shu lavhalar badiiy jihatdan yaxshi tasvirlangan.“Soyam bilan o‘ynayman” she’rida ayrim subutsizlar timsoli yorqin ifodalangan. Bola o‘z soyasi bilan do‘st tutinadi, o‘ynaydi. Biroq soya esa bola yursa-yuradi, tursa-turadi.Bolada qiziq bir xususiyat bor. Kimdir uning qilgan ishini, xatti-harakatini takrorlayversa, aytgan so‘zini bot-bot aytaversa, “Meni ermak qilyapti” deb undan jahli chiqadi. “Soyam bilan o‘ynayman” she’ridagi lirik qahramon ham shu holatga tushadi va o‘z soyasiga:“ – Ey, soyajon! Qilmagin ermak. Shunday qilsang, Do‘stmassan, demak”, deya tanbeh beradi. Shoirning “Qo‘rqoqlik” she’rida yosh lirik qahramon nohaqlikka, adolatsizlikka, loqaydlikka qarshi isyon ko‘taradi. Shu isyon ruhi badiiy-publitsistik uslub orqali tasvirlanadi:
– Dada, katta bir bola

Meni nohaqdan urdi.
Yordam bermay o‘rtog‘im
Qo‘rqoqlik qilib turdi.
Murg‘ak bola og‘ir ahvolga tushganida o‘rtog‘ining himoyasini kutadi. Shunda o‘rtog‘i ko‘maklashmasa, yonini olmasa, u iztirob chekadi. Va bola dadasidan so‘raydi:
Sizni ham men singari,
Birov nohaq urganmi?
Shunda do‘stingiz chetda
Yordam bermay turganmi?
Bu holat nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham xosdir. Bir kishi ikkinchi kishini begunoh, adolatsiz ravishda xafa qilsa yoxud xo‘rlashga harakat qilsa, bundan og‘iri bo‘lmaydi. Darhaqiqat, shunday noxush hodisalar uchrab turadi. Shoirning “Qo‘rqoqlik” she’rida tasvirlangan voqea-hodisada hayot uyg‘unligi bilan she’riy uyg‘unlik bir butun yaxlitlikka ega.Bolalar shoiri kichkintoylar hayot tarzini, ichki dunyosini, fe’l-atvorini, ruhiy kechinmalarini, fikrlash darajasi va ko‘lamini, eng asosiysi, ularning shirin, chuchuk tilini yaxshi bilishi asosiy mezondir. Shoir Safo Ochil she’rlarini o‘qir ekanmiz, uning shu fazilatlarini kuzatamiz.Odatda, bolalar tabiat manzaralarini, hayvonot va qushlar dunyosini boshqalardan ko‘ra ko‘proq sevadilar, o‘zgacharoq his qiladilar va idrok etadilar. Shoir she’rlarida bolalarning shu xislatlari badiiy-falsafiy jihatdan aniq tahlil qilinganki, ular murg‘ak qalblarning ruhiyatiga samarali ta’sir qila oladi.“Yarador qushcha” she’rida ilgari surilgan badiiy-tarbiyaviy g‘oya qushlarga nisbatan mehr, g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini shakllantirishga yordam beradi. She’rda poetik voqea-topilma tush orqali ifodalanadi va nazmiy til orqali “so‘zlab” beriladi. Kichkintoyning o‘zi tushida uchib yuradi. Yonginasida uchayotgan qushchani otishadi va bola qulayotgan yarador qushchani ushlab oladi. Keyin yaralarini bog‘lab, unga yordam ko‘rsatadi. Lirik qahramon qushchaning chekayotgan azobi, qiynalib chirqirashiga chidolmay yig‘lab yuboradi, uyg‘onib ketadi va deydi:
Tushdagidek ne uchun
Uchib yura olmayman?
Yarador qushchamni men
Nahot ko‘ra olmayman?
Tushidagi kabi ucholmasligidan afsuslanish, yarador qushchasiga rahm-shafqat va uni sog‘inish ruhi bola vujudini qamrab olgan. Boshqacha aytganda, murg‘ak qalbda sog‘inch dardini uyg‘otish va shakllantirish lirik yo‘sinda talqin qilingan.“Yarador qushcha” she’rining ikkinchi qismida avvalgi poetik ma’no va maqsad ravshanlashtiriladi. Ya’ni o‘yinqaroq bolaning toshbag‘irligi, ozor chekkan qushning iztirobi va nihoyat, rahmdil kichkintoyning odobliligi va mehr-oqibati sokin ohangda kuylanganki, bu turfa fe’l-atvorlar o‘quvchi ruhiga samarali ta’sir etadi.O‘yinqaroq bola sopqonidan tosh otib, qushni yerga qulatadi. Boshqa bir bola tipirchilab, chalajon yotgan qushchani mushukdan olib qochadi va unga in yasaydi, malham qo‘yib, yarasini bog‘lab, don-dun berib, parvarish qiladi. Qushcha esa yarasi tuzalgach, qafasda zerikadi. Rahm-shafqatli, odobli bola uning bu holatini his qiladi:
Tuzalgach asta-sekin,
Zerikdi u qafasda.
Qolgan kabi armonda,
Uchsam derdi osmonda.
Uni yaxshi ko‘rardim,
Darrov qo‘yib yubordim.
Shoirning “Men”i tutqunlikda qiynalayotgan qushchani ozod qiladi. U bundan zavq-shavq oladi. Bu yerda ozodlik, erkinlik bola tilidan falsafiy yo‘sinda ifodalangan. Yuqorida aytilgan poetik ma’noni ochib berish uchun muallif jonli hikoya uslubini tanlaganki, u she’rga nafis va ohangdor pafos hamda joziba bag‘ishlagan.
Safo Ochil “Tog‘ lavhalari” (turkum), “Mudraydi qishloq”, “Ey, qor”, “Qor bola”, “Qish”, “Oqshom”, “Ko‘klam qo‘shig‘i” she’rlarida tabiat manzaralarini chizish orqali murg‘ak bolalarning estetik didini shakllantirish, “Kurashchi bola”da sportga mehr, “Xazonlarni supurmang”da insonparvarlik, “Yaxshilikning yovlari”da ezgulikning yovuzlik ustidan tantana qilishi, boshqa ko‘pgina she’rlarida esa Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat singari tuyg‘ular rango-rang bo‘yoqlarda chizilgan.Safo Ochil bolalar qo‘shiqchiligini rivojlantirishga samarali hissa qo‘shgan shoir. Uning qo‘shiqbop she’rlari sodda, tili ravon, sermazmun, ohangdor, shuningdek, ularning har biri muayyan poetik maqsadga yo‘naltirilgan. Shuning uchun shoirning aksariyat she’rlari osongina kuyga tushadi. Bastakor ularga qiynalmasdan kuy bastalaydi, jajjigina ijrochi osongina kuylay oladi. “Gul ekaman”, “O‘z tilim”, “Ota-ona duosi”, “Osmonimiz tiniq bo‘lsin” singari she’rlar shular jumlasidandir.Masal bolalarning sevgan janrlaridan hisoblanadi. Chunki qushlar, sudralib yuruvchilar, hayvonlar va shu kabilarning xattiharakati, ularning o‘ziga xos xususiyatlari goh kulgili, goh satirik yo‘sinda tasvirlanadi. Safo Ochilning “Qarg‘a va Bulbul”, “Ilon va Tipratikan” “Tuya bilan Kuchuk”, “Tovuq va simob pantomimasi”, “Qurbaqa va sigaret” singari masallari badiiy yuksak mahorat bilan bitilganki, ular bolalarning diqqatini o‘ziga tortadi.Xayoliy ramz va timsollar, kutilmagan hayotiy voqea va hodisalar, odatdan tashqari o‘xshatish va istioralar, go‘zal tasnif va tasvirlar, g‘aroyib sarguzashtlar, mardlik va shu kabi badiiy unsurlar muayyan sujet chizig‘ida birlashadi. Bunday hikmatlarga boy dialektik yaxlit topilma bolalar diqqat-e’tiborini qozonadi, o‘z “bag‘ri”ga ohanrabodek tortadi. Bu, ko‘pincha, doston, ertak va afsonalarga xos badiiy-estetik xususiyatdir.Shoir Safo Ochil qalamiga mansub doston va ertaklar ham shunday fazilatlarga ega bo‘lib, ularda badiiy jozibasi bilan murg‘ak qalblardan tez o‘rin olish qudrati mavjud. Adibning doston va ertaklarida faqatgina ta’sirchan badiiylik emas, balki ularda voqea-hodisalarni tahlil va tadqiq etish samarali ko‘zga tashlanadi. Darhaqiqat, shoir har bir asariga badiiy-ijodiy va ilmiy-nazariy jihatdan yondashadi.Shoirning “Gavhartosh” ertak-dostoni xalq ichida tildan tilga ko‘chib yurgan bir afsonaning sujet-voqeasi asosiga qurilgan bo‘lib, unda ota qadri, uning ma’naviy-axloqiy hikmatlari badiiy ifodasini topgan. Dostonning lirik qahramoni muayyan jamiyatda asrlar osha axloqiy qonuniyatga aylanib qolgan urf-udum va an’analarga qarshi bosh ko‘taradi.Chambil degan mamlakatda ota yoxud ona qarigach, ular tog‘ ortiga – ilonlar makoniga olib borib tashlangan. Jur’at shohlarning udumga aylangan bu farmonidan nafratlanadi:
Farmoningga ming la’nat, ey Shoh,
Farmoningdan o‘rgildik, tojdor.
Udumlaring tufayli, e voh,
Nahot bola Otaga ag‘yor!
Shoir “o‘rgildik” so‘zini ko‘chma ma’noda ishlatgan bo‘lib, u nafratlanish ma’nosini ifodalaydi. Bu, o‘z navbatida, she’rga poetik effekt (samara, pafos) baxsh etgan va fikr ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan.Lekin Jur’at ham taqdirga tan berib, otasini yelkasiga ortib, ilonlar saltanatiga yaqin joyda bir xarsangtoshga o‘tqizib, dam oladi. Shu yerda otasining aytgan so‘zlari farzand qalbini, uxlab yotgan tuyg‘usini uyg‘otadi:
Men ham senday sher kabi olg‘ir,
Kuchga to‘lgan yigit bo‘lganman.
Qirq yil burun bobongni, axir,
Shu tosh uzra olib kelganman”.
Shu to‘rtlik ma’nosida “Qaytar dunyo”, “Keyinchalik bu qismat sening ham boshingga keladi” degan hikmat yashirin. Biroq bu hikmat bolalar tafakkuriga, dunyoqarashiga va ichki dunyosiga mos keladigan til va sodda badiiy uslub bilan berilganki, uni yosh kitobxon tez va aniq tushuna oladi.Xalqimizda “Qari bilganni – pari bilmas” degan maqol bor. Uning ma’nosi ertak-dostonda hayot haqiqati orqali ilmiy jihatdan asoslanadi. Johil shohga dengizning oqmas qismi – chuqur soy tubida gavhar ko‘rinadi. O‘sha hududdagi yosh yigitlar gavharni olib chiqishga majbur qilinadi. Biroq uni hech kim olib chiqolmay, suvga cho‘kib, halok bo‘lishadi. Navbat Jur’atga yetadi va bo‘lgan voqeani yerto‘ladagi otasiga bayon qilib beradi. Ota “Dedi so‘ngra nosni tupurib: – Bormi o‘sha joyda bir daraxt? Jur’at dedi: – Ha, bitta chinor”. So‘ngra ota gavhar chinor tepasidagi burgut uyasida ekanini aytadi. Darhaqiqat, suv ostida ko‘ringan gavhar burgut uyasidagi gavharning aksi edi. Bu yerda hayot voqeasi bilan badiiy to‘qima uyg‘unlashib, singishib ketganki, u bolaning fikrini teranlashtiradi va shu bilan birga unda asar davomida o‘qishga qiziqish ortadi. Bu badiiy tafakkurning qudratidir.Ertak-doston boshqa ertaklarga xos lirik qahramonning g‘alabasi, ijtimoiy Haqiqat va Adolat tantanasi, buyuk kelajakka ishonch tuyg‘ularining ifodasi bilan yakunlanadi. Ya’ni inson hayoti va turmushini oyoqosti qiluvchi g‘oyalar ustidan insonparvarlik, qariyalarga g‘amxo‘rlik, vatanparvarlik g‘oyalarining muborak tantanasi asarning asosiy salmog‘ini tashkil qiladi.Safo Ochilning “Burgut”, “Nodir pahlavon”, “Temirchi boy va boyo‘g‘li” kabi ertaklari ham bolalarning ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.Umuman olganda, shoir va olim Safo Ochilning deyarli barcha asarlari milliy istiqlol g‘oyasi bilan sug‘orilgan bo‘lib, ular milliy bolalar adabiyotining ravnaq topishida muhim o‘rinni egallaydi. Bunda shoirning filolog va pedagog olim sifatidagi iste’dodi qo‘l kelgan. Safo Ochilning bolalar uchun yozilgan asarlari badiiy va pedagogik jihatdan o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda.Atoqli o‘zbek shoiri, adib, tarjimon va olim Muhammad Ali 1942 yilning 1 martida Andijon viloyatining Bo‘z tumanidagi Beshkal qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. 1959 yil Toshkent viloyatining Bekobod tumanida Navoiy nomidagi o‘rta maktabni bitirdi. Moskvada Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida tahsil oldi (1960–1966). G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir (1967), bo‘lim mudiri, bosh muharrir (1982), O‘zbekiston televideniyesida bosh muharrir (1985), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarjima markazi raisi (1989), O‘zbekiston Milliy universitetida kafedra mudiri (1994), “Oltin meros” jamg‘armasi raisi (1999), Xalqaro Amir Temur fondi raisi(2003) bo‘lib ishladi. 2013 yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi lavozimida ishlamoqda.Muhammad Ali XX asrning 50-yillari oxirida adabiyotga kirib keldi. Uning ilk she’ri o‘n besh yoshida 1957 yil 17 fevralda hozirgi “O‘zbekiston ovozi” gazetasida bosilgan.Adibning 40 dan ortiq kitobi chop etilgan. Bular orasida “Fazodagi hislar” (1967), “Shafaq” (1968), “Otalar yurti” (1970), “Oq nur” (1977), “Ilhom parisi” (1980), “Sevsam, sevilsam”(1983), “Vechni’y mir” (roman v stixax, 1984), “Saz” (rus tilida, 1984), “Sen bir gulsan” (1989), “Ona duosi” (1994), “Saylanma” (1997) “Men o‘zim, o‘zim”(2011) she’riy kitoblari alohida ajralib turadi.Adib ijodida “Mashrab” (1966), “Gumbazdagi nur” (1967), “Beshgul” (1969), “Oshiqlar ertagi” (1975) dostonlari, “Boqiy dunyo” (1979) she’riy romani salmoqli o‘rin egallaydi. “Sarbadorlar” (1989) roman-dilogiyasi, “Ulug‘ saltanat” epopeyasi ‒ “Jahongir Mirzo” (2003), “Umarshayx Mirzo” (2006), “Mironshoh Mirzo” (2010), “Shohruh Mirzo” (2013), “Abadiy sog‘inchlar” (2005) roman-xronikasi o‘quvchilarning sevimli asarlariga aylangan. “Ulug‘bek Mirzoning so‘nggi kuni” (2001), “Masposhsho va Oyparcha” (2002), “Hindiyona afsona” (2006), “Navoiy va Boyqaro”(2015) pyesalari ham adib qalamiga mansubdir.
Muhammad Ali bolalar uchun ham ijod qiladi. Uning “Ninachi haqida ertak” (1976), “Uch oltin g‘isht”(2015) kitoblari nashr etilgan.Muhammad Alining “O‘z-o‘zingni anglab yet” (1988), “Haqiqatdan chekinma, tarix!” (1990), “Qafasdagi bulbullar” (1996), “Amir Temur chamani”(2003), “Amir Temur va Yildirim Boyazid”(2007), “Tarix saboqlaridan xulosalar chiqarib yashaylik”(2014) nomli esselarida tariximizning dolzarb masalalari haqida bahs yuritadi. “Oshiq bo‘lmay, Haq diydorin ko‘rsa bo‘lmas” (1992), “Men ko‘rgan Amerika” (2000), “Amir Temur chamani” (2006), “Zamondoshim portretiga chizgilar”(2012,) “Oq laylak”(2015) kabi publitsistik ruhdagi kitoblari o‘quvchilar tomonidan qizg‘in kutib olindi.O‘zbek adabiyotida Sohibqiron Amir Temur siymosining yaratilishi, uning xalqimiz suyadigan obrazlar qatoriga ko‘tarilishida Muhammad Alining xizmatlari beqiyosdir. Ijod yo‘lining boshidayoq bu mavzuga tabu qo‘yilganiga qaramay, adib jasorat ko‘rgizib, Amir Temur haqida she’rlar yozdi, keyinchalik maktab darsligiga kiritilgan “Gumbazdagi nur” dostonini yaratdi, maqola va esselarini e’lon qildi. “Sarbadorlar”(1989) roman=dilogiyasida hali mustamlaka davrida o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib prozada Amir Temur siymosini tasvirlab berdi, so‘ng dadillik bilan “Ulug‘ saltanat” tarixiy epopeyasini yaratishga kirishdi va bu borada yigirma yil mehnat qildi. Epopeyada o‘zbek xalqining XIV asrdagi turmush-hayoti tasvirlanarkan, tarixiy hodisalar oqimida Amir Temur obrazining tadrijiy o‘sib borishi, uning xarakteridagi adolatparvarlik, halollik, mardlik va vatanparvarlik fazilatlari ko‘rsatib berilgan.Adib “Tanlangan asarlar”ining hozirgacha 3 jildi bosilib chiqdi(2011–2016).Badiiy tarjimada ham adib faollardan hisoblanadi. Hind eposi “Ramayana” (1978), qoraqalpoq eposlari “Shahriyor” (1977), “Masposhsho” (1985), shuningdek, Hoqoniy, Gyote, Byorns, Shiller, Bayron, Pushkin, Lermontov, Maxtumquli, Berdaq, Abay, Tagor, R. Hamzatov asarlaridan namunalar ham Muhammad Ali tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan. U “Shahriyor” eposi tarjimasi uchun Berdaq nomidagi mukofotga loyiq ko‘rilgan(1984).Adib – filologiya fanlari nomzodi (1992). Uning asarlari jahonning yigirma beshdan ortiq tillariga tarjima qilingan. Adibning “Abadiy sog‘inchlar” roman-xronikasi ingliz tiliga tarjima qilinib Toshkentda chop etildi (2006), “Jahongir Mirzo” va “Umarshayx Mirzo” romanlari rus tilida(2015–2016), “Jahongir Mirzo” turk tilida nashr etilgan(Stambul, 2008).Muhammad Alining pedagogik faoliyati ham diqqatga sazovor. U o‘n uch yil davomida (1992–2005) AQSHning Vashington universiteti talabalariga o‘zbek tili va adabiyotidan dars berdi.Ijodi o‘ta serqirra esa-da, eng avvalo kichkintoylar adibi, bolalar olamining chinakam shaydosi sifatida dovrug‘ qozongan Anvar Obidjon 1947 yil 8 yanvarda (hujjat bo‘yicha 25 yanvarda) Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. Aytishlaricha, bu qishloqqa qadimda mashhur bo‘lgan Bolosog‘un shahriga havas qilib nom berilgan, bora-bora, kishilar tilida Polosonga aylanib ketgan.Yosh Anvar o‘z qishlog‘idagi 13-maktabning yettinchi-sakkizinchi sinflarida o‘qib yurganida chekka mahallalar aholisiga tekin xizmat ko‘rsatuvchi sayyor kinochiga shogird tushib, kasb o‘rgandi, 9-sinfda Farg‘ona shahridagi 11-maktabda kechki sinfda tahsil oldi, so‘ng yana Oltiariqqa qaytib, 1-maktabning kechki sinfida o‘qish bilan birga, paxta tayyorlash zavod-punktida traktorchilik qildi. Maktabni bitirgach, tog‘ orasiga joylashgan qirg‘izovul “Rudnik-kon”ida kon burg‘ilovchisi bo‘lib ishladi, Poloson qishloq ijroqo‘mi qoshidagi kutubxonani boshqardi, Samarqand Moliya texnikumini tugalladi, 1966–1969 yillarda harbiy xizmatni o‘tadi.Armiyadan qaytib, avvaliga o‘z qishlog‘idagi kolxozda paxtachilik brigadasi tabelchi-hisobchisi, keyinchalik qo‘shni qishloqdagi kolxozda Grajdan mudofaasi shtabi boshlig‘i, klub mudiri bo‘lib ishladi. Tuman gazetasiga muxbirlikka o‘tgach, boshqatdan “Mehnat daftarchasi” ochdirib, hayotining ko‘pdan orzulab yurgan yangi davrini top-toza sahifadan boshladi:
  • 1971–1976 yillarda Oltiariq tumanidagi “Paxta uchun” gazetasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri.


  • 1977–1978 yillarda Toshkent Yog‘-moy kombinatida bog‘bon.


  • 1979–1981 yillarda Farg‘ona viloyati radiosida muharrir, katta muharrir.


  • 1981–1986 yillarda Toshkentdagi “Yosh gvardiya” nashriyotida muharrir, bosh muharrir o‘rinbosari.


  • 1986–1987 yillarda “Yulduzcha” (hozirgi Cho‘lpon) nashriyoti bosh muharriri.


  • 1987–1988 yillarda “Yosh kuch” jurnalining shtatsiz xodimi.


  • 1988–1989 yillarda “Mushtum” jurnalida bo‘lim mudiri.


  • 1989–1998 yillarda Cho‘lpon nashriyotida bosh muharrir, direktor.


  • 1998–2007 yillarda O‘zteleradiokompaniyada katta muharrir.


Anvar Obidjon 1974–1979 yillar davomida hozirgi Toshkent Milliy universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan ta’lim oldi. U 1969 yilda turmush qurib, 1970 yilda Bahrom, 1972 yilda Bahodir, 1975 yilda Bobur, 1978 yilda Botir, 1980 yilda Bunyod ismli farzandlar ko‘rdi. Mustaqillikkacha hukumat nishonlari, adabiy mukofotlar bilan taqdirlanmagan, 2014 yilda Koreyada o‘tkazilgan Markaziy Osiyo va koreys xalqlari ertakchiligi mavzusidagi to‘rt kunlik forumda ishtirok etganligini hisobga olmaganda, o‘zi fuqaro bo‘lmish mamlakatdan tashqariga sayohatga chiqmagan.Xilma-xil janrlarda ijod qiluvchi adib sifatida tanilgan Anvar Obidjon bolalar uchun ham, kattalar uchun ham qator qissalar, she’rlar, dostonlar, hikoyalar, pyesalar bitgan. Hozirga qadar (2016) quyidagi kitoblari nashr etildi:


  1. “Ona Yer”. (Bolalarga she’rlar. Toshkent, “Yosh gvardiya” nashryoti, 1974 yil, 3 bosma taboq, 48 bet, qirq besh ming nusxa).


  2. “Bahromning hikoyalari”. (Bolalarga she’rlar. Rangli. Tosh. “Yosh gvardiya” nashr. 1980 yil, 2 b/t, 32 bet, o‘n ming nusxa).


  3. “Ey, Yorug‘ dunyo…” (Bolalarga qissa. Tosh. G‘afur G‘ulom nashriyoti, 1983 yil, 5,5 b/t, 64 bet, oltmish ming nusxa).


  4. “Olovjon va uning do‘stlari”. (Bolalarga qissa va hikoyalar. Tosh. “Yosh gvardiya” nashr. 1983 yil, 5 b/t, 112 bet, qirq ming nusxa).


  5. “Alamazon i yego pexota”. (Bolalarga rus tilida qissa va hikoyalar. T. “Yosh gvardiya” nashr. 1984 yil, 5,5 b/t, 128 bet, oltmish ming nusxa).


  6. “Bezgakshamol”. (Kattalarga hajviy g‘azallar. Tosh. O‘z KP MK (hozirgi “Sharq”) nashriyoti, 1985 yil, 2 b/t, 40 bet, qirq to‘rt ming nusxa).


  7. “Ketmagil”. (Kattalarga lirik she’rlar. Tosh. G‘afur G‘ulom nashriyoti, 1985 yil, 3 b/t, 112 bet, besh ming nusxa).


  8. “Masxaraboz bola”. (Bolalarga she’r va dostonlar. Tosh. “Yosh gvardiya” nashr. 1986 yil, 4 b/t, 128 bet, o‘n besh ming nusxa).


  9. “Akang qarag‘ay Gulmat”. (Kattalarga qissa, hangoma, hajviy g‘azallar. T. “Yosh gvardiya” nashr. 1987 yil, 10 b/t, 192 bet, qirq besh ming nusxa).


  10. “Juda qiziq voqea”. (Bolalarga she’rlar, dostonlar. Tosh. “Yulduzcha” nashr. 1987 yil, 10 b/t, 224 bet, yigirma ming nusxa).


  11. “Oltin yurakli Avtobola”. (Bolalarga qissa va hikoyalar. Tosh. “Yosh gvardiya” nashr. 1988 yil, 6 b/t, 144 bet, oltmish ming nusxa).


  12. “Dahshatli Meshpolvon”. (Bolalarga qissa va pyesalar. Rangli. Tosh. “Yulduzcha” nashr. 1989 yil, 13 b/t, 224 bet, yetmish besh ming nusxa).


  13. “Yerliklar”. (Kattalarga hajviyalar. Tosh. “Yosh gvardiya” nashr. 1990 yil, 10 b/t, 208 bet, o‘ttiz ming nusxa).


  14. “Grozni’y Meshpalvan”. (Bolalarga rus tilida qissalar, hikoyalar. Tosh. Cho‘lpon nashr. 1991 yil, 21 b/t, 336 bet, yetmish besh ming nusxa).


  15. “Alamazon va Gulmat hangomasi”. (Kattalarga qissa, pyesa, hajviy g‘azallar. Tosh. Cho‘lpon nashriyoti, 1992 yil, 18 b/t, 352 bet, o‘n ming nusxa).


  16. “Ajoyibxona”. (Bolalarga taqvim. Rangli. Tosh. Cho‘lpon nashriyoti, 1993 yil, 4 b/t, 32 bet, o‘n besh ming nusxa).


  17. “Meshpolvonning janglari”. (Bolalarga qissa va doston. Tosh. Cho‘lpon nashriyoti, 1994 yil, 10 b/t, 192 bet, o‘ttiz ming nusxa).


  18. “Alisher ila Husayn yoki uch dono va o‘g‘ri”. (Bolalarga she’r va doston. T. G‘ G‘ulom nashriyoti, 1996 yil, 3,5 b/t, 32 bet, besh ming nusxa).


  19. “Alamazon va Gulmat” (Kattalarga qissalar, hajviy g‘azallar. 1992 yildagining o‘zgargani. Tosh. “Ma’naviyat” nashriyoti, 1998 yil, 15 b/t, 288 bet, o‘n ming nusxa).


  20. “Oltiariq hangomalari”. (Kattalarga hajviyalar, hangomalar. Tosh. “Ma’naviyat” nashr. 1999 yil, 10 b/t, 192 bet, besh ming nusxa).


  21. “Bulbulning cho‘pchaklari”. (Bolalarga hikoyalar, g‘azallar. Rangli. Lotin harfida. Tosh. “Sharq” nashriyoti, 2001 yil, 5,5 b/t, 48 bet, besh ming nusxa).


  22. “Odobli bo‘lish osonmi?” (Bolalarga hikoya. Rangli. Lotinda. Tosh. “UZINKOMSENTR” nashriyoti, 2001 yil, 0,5 b/t, 8 bet, ikki ming nusxa).


  23. “Bezgakshamol – 2”. (Kattalarga hajviy g‘azallar. Tosh. “Sharq” nashryoti, 2003 yil, 3,5 b/t, 64 bet, besh ming nusxa).


  24. “O‘q o‘tmas bolakay”. (Bolalarga qissalar, hikoyalar. Lotinda. Tosh. “Sharq” nashriyoti, 2005 yil, 15 b/t, 256 bet, besh ming nusxa).


  25. “O‘g‘irlangan pahlavon”. (Bolalarga she’rlar, dostonlar. Lotinda. Tosh. Cho‘lpon nashriyoti, 2006 yil, 10 b/t, 136 bet, uch ming nusxa).


  26. “Tanlangan she’rlar”. (Kattalarga she’rlar. Lotin va kirill harflarida. Qalin muqova. Tosh. “Sharq” nashr. 2006 yil, 17 b/t, 360 bet, uch ming nusxa).


  27. “Bahromning hikoyasi”. (Bolalarga she’r. Lotinda. “O‘zing bo‘ya” turkumida suratli. Tosh. “Yangi asr avlodi” nashr. 2006 yil, 1 b /t, 8 bet, besh ming nusxa).


  28. “Soliq nima?” (Bolalarga huquqiy-iqtisodiy mavzuda badiiy – publitsistik qo‘llanma. Rangli. Lotinda. Tosh. “Art Press” nashriyoti, 2008 yil, 4 b/t, 56 bet, uch ming nusxa).


  29. “Meshpolvon”. (Bolalarga qissa. Lotinda. Tosh. G‘afur G‘ulom nashriyoti, 2009 yil, 9 b/t, 152 bet, uch ming nusxa).


  30. “Baloga qolgan futbolchi”. (Kattalarga hajviyalar. Qalin muqova. Tosh. “Sharq”nashriyoti, 2010 yil, 14 b/t, 288 bet, uch ming nusxa).


  31. “O‘q o‘tmas bolakay yoxud oltin yurak”. (Bolalarga qissalar va hikoyalar. To‘ldirilgan nashr. Lotinda. Qalin muqova. Tosh. “Sharq” nashriyoti, 2011 yil, 21 b/t, 400 bet, besh ming nusxa).


  32. “Mushuk bibi miyovladi yoki jonivorlar bilan so‘zlashuv”. (Uy hayvonlari va parrandalari bilan tillashuv haqida kichkintoylar uchun yo‘riq. Lotinda. Rangli. Tosh. G‘afur G‘ulom nashriyoti, 2012 yil, 2 b/t, 16 bet, uch ming nusxa).


  33. “Mitti Baroq berar saboq”. (Bog‘cha bolalari uchun yo‘l harakati qoidalari haqida she’riy yo‘riqlar. Lotinda. Rangli. Toshkent, “Adib” nashriyoti, 2012 yil, 1,5 b/t, 24 bet, besh ming nusxa).


  34. “Onamning mamlakati”. (Esse va she’rlar. Lotinda. Toshkent, Cho‘lpon nashriyoti, 2013 yil, 1,0 b/t, 20 bet, besh yuz nusxa).


  35. “Jajji-jajji kulchalar”. (Bolalarga she’rlar. Lotinda. Toshkent, “O‘qituvchi” nashriyoti, 2013 yil, 6,5 b/t, 104 bet, besh ming nusxa).


  36. “Meshpolvon jangga otlandi”. “KAMOLOT” KUTUBXONASI” turkumidan. (Bolalarga qissa va hikoya. Lotinda. Toshkent, “Yangi asr avlodi” nashriyoti, 2014 yil, 11,5 b/t, 216 bet, besh ming nusxa).


  37. “0099 raqamli yolg‘onchi”. “FARZANDLARIMIZGA QIZIQ KITOBLAR” turkumidan. (Bolalarga qissa va hikoyalar. Lotinda. Toshkent, “Yangi asr avlodi” nashriyoti, 2014 yil, 7,1 b/t, 136 bet, besh ming nusxa).


  38. “Kulgili tushlar”. “FARZANDLARIMIZGA QIZIQ KITOBLAR” turkumidan. (Bolalarga qissa va hikoyalar. Lotinda. Toshkent, “Yangi asr avlodi” nashriyoti, 2014 yil, 10,5 b/t, 200 bet, besh ming nusxa).


  39. “Atrofimizdagi qiziqchilar”. FARZANDLARIMIZGA QIZIQ KITOBLAR” turkumidan. (Bolalarga qissa va hikoyalar. Lotinda. Toshkent, “Yangi asr avlodi” nashriyoti, 2014 yil, 9,45 b/t, 180 bet, besh ming nusxa).


  40. “Alamazon va uning piyodalari”. “FARZANDLARIMIZGA QIZIQ KITOBLAR” turkumidan. (Bolalarga qissa va hikoya. Lotinda. Toshkent, “Yangi asr avlodi” nashriyoti, 2014 yil, 8,4 b/t, 160 bet, besh ming nusxa).


  41. “Tanlangan she’rlar – 2”. (Kattalarga she’rlar. Lotin va kirill harflarida. Qalin muqova. Toshkent, “Sharq” nashriyoti, 2014 yil, 18,5 b/t, 352 bet, ikki ming nusxa).


  42. “Mulla baqaloq”. (Bolalarga she’rlar. Lotinda. Rangli. Qalin muqova. Toshkent, “Akademnashr” nashriyoti, 2014 yil, 4,0 b/t, 64 bet, uch ming nusxa).


  43. “Ajinasi bor yo‘llar”. (Turmush kechinmalari. Qalin muqova. Tosh. “O‘zbekiston” nashriyoti, 2015 yil, 20,0 b/t, 432 bet, uch ming nusxa).


  44. “Chudaki vokrug nas”. (Bolalarga qissa va hikoyalar. Rus tilida. T. “NISO POLIGRAF” nashriyoti, 2016 yil, 7 b/t, 136 bet, uch ming nusxa).


  45. “Qizg‘anchiq futbolchilar”. (Bolalarga she’riy doston va ertaklar. Lotinda. Toshkent, “O‘qituvchi” nashriyoti, 2016 yil, 7 b/t, 96 bet, besh ming nusxa).


  46. “Kezargon Boychechak”. (Bolalarga qissa va hikoyalar. Lotin va kirill harflarida. T. Cho‘lpon nashriyoti, 2016 yil, 9 b/t, 160 bet, uch yuz nusxa).


  47. “Quyonning tug‘ilgan kunida”. (Bolalarga she’rlar, rangli, lotinda, T. “Hilol-nashr” nashriyoti, 2016 yil, 1,5 b/t, 24 bet, besh ming nusxa).


Anvar Obidjonning dramaturgiyadagi faoliyati bolalarga atalgan “Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi” nomli komediyasi 1983 yilda Toshkent Yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirilishidan boshlandi. Shundan e’tiboran ushbu teatrda hamda Farg‘ona, Qarshi, Qo‘qon, Guliston teatrlarida uning “Pahlavonning o‘g‘irlanishi”, “Topsang – hay-hay” (“Qorinbotir)”, Samozvanets” (“Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi”ning ruschasi), “Navro‘z va Boychechak”, “To‘tiqul”, “Alamazon”, “Meshpolvon” kabi pyesalari qo‘yildi. “O‘zbekfilm” kinostudiyasida bu adib ssenariylari asosida “Tilsimoy – g‘aroyib qizaloq”, “Dahshatli Meshpolvon” komediyalari kino tasmasiga tushirilgan.Anvar Obidjonga 1998 yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoni berilgan. “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni (2011), “Shuhrat” medali (1997) bilan taqdirlangan.


Abusaid Ko‘chimov 1951 yili Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ildi. O‘rta maktabni bitirganidan so‘ng Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida o‘qidi. “O‘qituvchi” nashriyotida musahhih, “Tong yulduzi” gazetasida muxbir, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib va bosh muharrir, “Sharq yulduzi” jurnalida mas’ul kotib, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, mas’ul lavozimlarda ishladi. 1997–2005 yillarda O‘zbekiston Davlat teleradiokompaniyasiga rahbarlik qildi.Abusaid Ko‘chimovning birinchi she’r va maqolalari matbuotda e’lon qilinganida u o‘rta maktab o‘quvchisi edi. Keyinchalik uning “Kashfiyotchi bolalar” (1978), “Mening O‘zbekistonim” (1979), “Toshburgut” (1981), “Mening yulduzim” (1984), “Chanoq” (1985), “Halqa” (1987), “Ikki bahor” (1990), “Umid daraxti” (1992) kabi kitoblari chop etildi. “Yosuman” (doston, 2000), “Baland tog‘lar” (Saylanma, 2002), “Ko‘zlarimning qarog‘idasan” (2006), “Muhabbat bog‘lari” (2008), “El suv ichgan daryo” (esselar, 2009), “Saylanma” (to‘rt tomlikning 1-jildi, 2011) she’riy asarlari nashr etildi; ikki qismli “Boychechak” (2001), to‘rt qismli “Baland tog‘lar ortida” (2003) badiiy filmlari ekran yuzini ko‘rdi.U tabiatni e’zozlash mavzuidagi turkum publitsistik maqolalari uchun YUNYeSKO mukofotiga sazovor bo‘ldi. “Halqa” kitobi uchun esa Yozuvchilar uyushmasining G‘afur G‘ulom nomidagi yillik mukofoti bilan taqdirlandi.Abusaid Ko‘chimov ham shoir, ham nosir sifatida bolalar adabiyoti rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Agar u “Chanoq”, “Ikki bahor” kabi she’riy to‘plamlarida bolalar va o‘smirlar hayotidan poetik lavhalar chizgan bo‘lsa, hikoya va qissalardan iborat “Mening yulduzim”, “Halqa” majmualarida ko‘proq qishloq hayoti, bolalar xarakteriga xos voqealarni tasvirlaydi.A. Ko‘chimov tarjimon sifatida qardosh xalqlar adiblarining bir qator she’r va hikoyalarini o‘zbek tiliga o‘girdi. O‘z navbatida uning asarlari ham xitoy, rus, qirg‘iz, turkman, qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan.Abusaid Ko‘chimov 1994 yili “Shuhrat” medali, 1999 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.Abdusaid Ko’chimov 1951 yil 15 mayda Samarqandning Urgut tumanida tug’ilgan. Tumandagi 37- maktabni (1967), Toshkent Davlat pedagogika institutini ozbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1968—1972). Mehnat faoliyatini «Lenin uchquni» gazetasida ishlashdan boshlagan. Ilk kitobi- «Kashfiyotchi bolalar» 1975 yilda chop etildi. Shundan so’ng uning «Halqa», «Qiyofa», «Mening yulduzim», «Umid darahtlari», «Chanoq», «Ikki bahor» kabi she’riy va nasriy kitoblari nashr qilindi. «Baland tog’lar» (2002)saylanma kitobiga yozuvchining qissalari, dostonlari, she’rlari kiritilgan . A. Ko’chimov Halqaro YUNESKO mukofoti, G’afur G’ulom nomidagi mukofot bilan taqdirlangan. Unga «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist» unvoni, «Shuhrat» medali, «Mehnat shuhrati» ordeni berilgan . 1990-1994-yillarda O’zbekiston Oliy Soveti deputatligiga, 1994-1999 va 1999-2004-yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga saylangan.1 A.Ko’cimov : “Darsxona” yaratish jarayonida oilamizda bolalarning dars qilishlari bilan bog’liq bir qator kamchiliklar mavjudligi aniq-tiniq ko’rinib qoldi. O’zingiz tanangizda bir bir o’ylab ko’ring, bitta ro’zg’ordan to’rt kishi: akam, kamina, ukam va singlim maktabga qatnaymiz. Demak, bir oilada to’rtta o’quvchi bor. Lekin uyda stol u yoqda tursin, bir dona maymoq stul ham yo’q. Yerda uzala tushib yotib kitob o’qiymiz. Biroq o’n uch bolorli katta uyimizning uchta taxmoni ko’rpa-yostiqqa, ikkita tokchasi choynak-piyolaga to’la. Necha yillardan buyon tutilmagan chinni idishlaru bo’g’jomaga qamalgan ko’rpa-ko’rpachalar o’rniga stol-stul olish mumkin-ku, axir! Modomiki, hukumat, bolalar – bizning kelajagimiz, deyotgan ekan, oilamiz boshlig’i bo’lgan otamiz nima uchun bunday hayot-mamot masalasiga panja orasidan qarab kelmoqda?!.. Bir ko’nglim, bu muammolarni (qolaversa, qishlog’imizdagi boshqa oilalardagi ahvol ham biznikidan g’arib bo’lsa borki, lekin yaxshi emas) tuman gazetigami, “Tong yulduzi” (burungi “Lenin uchquni”)gami boplab ur, deydi. Lekin otamdan hayiqqanim tufayli albatta, bu fikrdan qaytgan bo’lsam kerak. Uyda, hali nomi tilga olingan sho’rpeshona devoriy gazetni chiqarib, yuqoridagi kamchiliklar uchun otamni “fel`eton” qilibman. Rahmatlik otam sodda, ammo o’ta hamiyatli, qishloq obro’yi uchun jon-tani bilan kurashadigan, yordamga muhtojlardan borini ayamaydigan, mehnatkash, tanti va cho’rtkesar odam edi. Son-sanoqsiz matalu masallar, ertagu dostonlarni yod bilar, ko’hna qo’shiqlar, aytimlarni suyub xirgoyi qilar, ammo savodxon emasdi. Sababi, ota-onadan juda erta ayrilgan, og’ir qiyinchiliklarga duchor bo’lgan, o’qish-yozishni o’rganish imkoni bo’lmagan. Shuning uchun ham “Oilamiz ovozi” g’arib ayvonimizning o’rtasida – ikki deraza oralig’ida osilganiga qaramay, otam ikki kungacha e’tibor bermabdi. Gazetni sinfdoshlarim o’qishgan emasmi, ular uyidagilarga yetkazishibdi. Quddusning otasi Arslonxon eshon bobo bir to’yda otamni ko’rib qolib, masxaraomuz kulibdi. Kichik ukam Abdusoli o’qib berganidan keyin esa sho’rpeshona gazet xuddi Jordano Bruno singari yonayotgan o’choqda kulga aylandi. Ammo, shuni g’urur bilan ta’kidlash joizki, sal vaqt o’tmay, nafaqat biznikida, balki qishlog’imizdagi boshqa ayrim xonadonlarda ham stol-stullar paydo bo’lgani hech esimdan chiqmaydi…Yana bir tafsilot. Qishlog’imiz bilan qo’shni Nisbot qishlog’i orasida Yangi ariq kanali bor. Tumanimiz markazi bo’lgan Urgut shahriga eltuvchi katta yo’l ham ana shu kanaldan o’tadi. Lekin kanalning ko’prigi shu qadar omonatki, yuk mashinalari o’tayotganda shovshab yotgan to’sinlar qaltirab, belanchakdek chayqalib, botmon-botmon tuproq yoriqlardan shovullab suvga to’kiladi, otliq ham, piyoda ham yuragini hovuchlab o’tadi. O’sha – oltinchida o’qiyotganda “Urgut sadosi” (burungi “Oktyabr` alangasi”) gazetida “Qilpillama” sarlavhali tanqidiy maqolam chiqdi. Kolxozimiz raisi bor edi, Abror To’raqulov degan. Rayonda dongdor, obro’li raislardan edi. Raykomdan gap eshitgan ekan, ko’chada otamni uchratib qolib kesatibdi, lo’lidan odam chiqsa o’toviga o’t qo’yar, deb. Otamning hurmati baland edi Rais boboga. Rais boboga, bolalik qipti, tanobini tortib qo’yaman, depti.Ammo unday qilmadi. Unaqalarni yozishga hali yoshlik qilasan, hozir yaxshilab o’qish kerak, dedi, xolos. Bilasiz, bola deganda do’ppidaygina shumlik ham bo’ladi, otam nasihat qilayotganida, ichida allaqanday g’urur borligini ovozidan sezib turdim…Balki tasodifdir, balki rejalidir, ishqilib, oradan biroz vaqt o’tib, kanal ustida yangi, temir-beton ko’prik qurildi…Demoqchi bo’lganim shuki, eslab ko’rsam, gazetachilikni beshinchi yo oltinchi sinfdan boshlagan ekanmiz. Nasiba ekan-da, umrimiz jurnalistu yozuvchilar orasida o’tayoti Demoqchi bo’lganim shuki, eslab ko’rsam, gazetachilikni beshinchi yo oltinchi sinfdan boshlagan ekanmiz. Nasiba ekan-da, umrimiz jurnalistu yozuvchilar orasida o’tayotir. Peshonamga shunday qismat bitilganiga bir emas, o’n emas, ming martalab shukurlar qilaman. Odamlarni, elni, yurtni tanidim; bitta-yarimta tanigan bo’lsa, buyam shu kasb, shu qalam tufaylidir.O’tgan yillarda turfa fe’lu turfa xislatli odamlar bilan uchrashdim. Eh-he, ular orasida kimlar yo’q deysiz! Saxiyi ham, baxili ham; davring kepti, sur begim, davroning kepti, ur begim, degichlar ham; shahar – sharmandaniki, yutog’ich tuyani yungi bilan yutadi, degichlar ham; eshak – siypalaganni, yomon – siylaganni bilmas, degichlar ham…Xullas, do’st-birodar, tanish-bilish – ularning har biri misoli bitta kitob. Lekin, ular orasida ustozlarning o’rni tengsiz. Ustoz degani maktabdagi o’qituvchi bilan o’quvchi singari biri o’rgatadi, biri o’r­ganadi, degani emas ekan. Ustoz degani goho bir og’iz pand-na­si­hat qil­­masa ham o’zi­­­ning yurish-turishi, at­­rof­da­gi­larga mu­nosabati, ha­yot tarzi, ish uslubi, muomala madaniyati kabi xislatlari bilan be­­o’lchov saboqlar berib, saxovat yo’­liga chorlab turar ekan hami­sha. Shuning uchun ham go’zal chechakka bolari qo’nganidek, ustozlar huzuriga oshiqar ekansan. Yoshi yetmishdan oshgan esa-da, hanuz bolalardek sodda va samimiy Pirmat Shermuhamedov, alloma va tanti Odil Yoqubov, vazmin va bag’ri keng Erkin Samandar, betakror adib O’tkir Hoshimov, kattayu kichikka birdek suyumli ijodkor Xudoyberdi To’xtaboev kabi ulug’lar bilan birga bir tashkilot, bitta jamoada ishlash baxtiga muyassar bo’ldim.Shukrkim, dunyoda, jamiyatda yaxshi odamlar ko’p. Men nima uchun dunyoga keldim, dunyoga kelib nima qildim, biron kishiga nafim tegdimi, yashashdan maqsadim nima o’zi, mayda-chuydalarga ko’milib umr o’tkazishmi yoki bir tup bo’lsa hamki ko’chat ekib ko’kartirishmi, qabilidagi haqli savollarni o’zingga berganing sari haligidaqa qitmir kimsalarning basharalari xira, qiliqlari nimjon, ko’rimsiz va mezon singari ojiz bo’lib qoladi.Xususan, ijodga daxli bor odam… mayda-chuydalardan balandda turmog’i shart, deb hisoblayman. Aks holda, u yozuvchi emas, nargayi kir ig’vofurushga aylanib, yozolmaydigan bo’lib qolishi mumkin. Demakki, u, inson deb atalmish murakkab jonzotning ko’ngil qatlamlarida taxlanib yotgan ismsiz tuyg’ularni ko’rish, tushunish, o’rganish va eng keragi badiiy tahlil qilishdek bebaho baxtdan mosuvo bo’ladi.Ijodkor-ijodkor deymiz, aslida ijodkor ham boshqa insonlar singari
Sharaf kiyimisiz qolur yalong’och.
Adabiyotning vazifasi hayotning kishilarga ibrat bo’ladigan jihatlarini yoritish, deydilar. Agar, yozuvchining o’zi samimiylik, to’g’riso’zlik, halollik, kishilarga mehribonlik kabifazilatlari bilan boshqalarga namuna bo’la olsa, buning ta’siri ham eng yaxshi asarning ta’siridan kam bo’lmaydi. Jahon she’riyatining sultoni Alisher Navoiy hazratlarining hayoti ana shu jihatlari bilan necha asrlar osha insoniyatga namuna maktabi bo’lib kelayotir. Ibrat olsa arziydigan kishilar hozir ham oramizda kam emas. Hayotimning sal kam o’ttiz yili katta-kichik mansabu vazifalarda o’tayotir. Xudoga shukur, shu davrda ma’naviy barkamol, samimiy insonlarni ko’p ko’rdim. Dunyoni yaxshi odamlar ushlab turadi, degan ko’hna ibora zamiridagi oddiy haqiqatga qayta-qayta guvoh bo’ldim. Ha, azizlar, dono bobolarimiz: yaxshi odam, yaxshi do’st – bebaho davlat; yaxshilik – nur, yaxshiga gul – soya, yaxshilik – yaroq, yaxshi qand yedirar, yaxshi – to’rga eltar, yaxshilik ikki jahonni orttirar kabi hikmatlarni bekordan-bekorga hadeb takrorlamas, farzandlar ongi-shuuriga singdirmas ekanlar.Anglaganlarimdan yana biri shu bo’ldiki, bu yorug’ jahonga kelganingdan keyin bir o’zing mo’ridek so’ppayib yasholmaysan: kimgadir yo’ldosh, kimgadir sirdosh bo’lasan. Rahmatlik otam: “Yo’ldoshing olaqarg’a bo’lsa, yemishing go’ng bo’ladi”, “Do’stda dushmanning qulog’i bor” degan kalimalarni ko’p takrorlar edi. Bu – yo’ldoshni ham, sirdoshni ham ehtiyot bo’lib tanlaganga baxt quyoshdek kulib boqadi, degani ekan. Yomon yo’ldosh ravon yo’lda ham g’ov bo’lishiga bot-bot duch keldim. Ammo do’stiga qalqon bo’lgan, oyna bo’lgan, qo’ldosh-yelkadosh; do’stga lola, dushmanga jala bo’lgan va bo’layotgan pokdomon zotlarga havas bilan qarayman, ulardan o’rganishga, ularga safdosh bo’lishga, ularga xizmat qilishga intilaman.Yon daftarlarimda bir-biridan qiziq va o’zimcha, xarakterli deb hisoblagan bir dunyo qaydlar bor. Sekin-sekin qog’ozga tushyapti…
– Shalpangquloq, hoy, filcha,
Javob bergil so‘roqqa.
Suv to‘la xartuming-la
Ketayapsan qayoqqa?
– E, do‘stim, bu sayyohlar
Rosa tegdilar jonga.
Ermakka gulxan yoqib,
Xavf solishar o‘rmonga.
Shunga bo‘lib ko‘z-quloq,
Yuribman kun kechirib.
Ular yoqib ketishgan
Gulxanlarni o‘chirib…
Bu ajoyib misralar, ma’no va mazmunga boy, badiiy jihatdan yuksak darajadagi she’r iste’dodli bolalar shoiri Hamza Imonberdiyev qalamiga mansub. U 1954 yilda Qozog‘iston Respublikasi Shimkent viloyatining Suzoq qishlog‘ida dehqon oilasida tavallud topdi. Hozirgi Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetining filologiya fakultetida Abusaid Ko‘chimov, Abdug‘affor Hotamov kabi yozuvchilar, Shuhrat Jabborov, Hamid Habibullayev kabi taniqli jurnalistlar bilan birin-ketin o‘qidi. Talabalik yillarida yuqoridagi ijodkor do‘stlari bilan O‘tkir Rashid rahbarlik qilgan fakultetning “Chashma” to‘garagida, universitetning “Ma’rifat yo‘lida” gazetasida she’riy mashqlarini tobladi.Universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlagan bo‘lajak bolalar shoiri H. Imonberdiyev o‘z mehnat faoliyatini “Tong yulduzi” gazetasida boshladi. Umrining so‘nggi o‘n yilini esa “Cho‘lpon” nashriyotida, kichkintoylar uchun katta adabiyot chop etadigan maskanda muharrirlik bilan o‘tkazdi.Talabalik yillaridayoq ijodda kitobxon ko‘ziga tashlanib qolgan bolalar shoiri Hamza Imonberdiyev “Quvnoqlar quvonchi”, “Shokoladxo‘rlar”, “Kulgi shaharchasi”, “G‘aroyib pufak”, “Oydagi tomosha”, “Qutichada mitticha”, “Lofchilar – aldoqchilar”, “G‘aroyib Kent hangamalari”, “Bir kunlik mo‘jiza” kabi kitoblar muallifi sifatida bolalar dilidan mustahkam joy oldi.Shoir asarlari rang-barang, mavzu doirasi keng. U har bir katta-kichik asarida kenja kitobxon do‘stlarini nimagadir o‘rgatadi, o‘rganishga, ibrat olishga, turmushda xulosa chiqarib yashashga chorlaydi.Xalqda: “Birovga chuqur qazisang, unga o‘zing qulaysan”, degan naql bor. Bu borada “Kalila va Dimna”da juda ibratomuz bir hikoya bor. U har qanday odamga ta’sir qiladi:“Bir kuni Qoraquloq o‘rmon chetiga chiqib o‘tirgan edi, bir sichqonning jahd-u jadal bilan daraxt tomirini kemirayotganini ko‘rib qoladi.
Daraxt tilga kirib unga dedi:
– Ey, dilozor va sitamkor! Nima uchun jonim rishtalarini qirqyapsan?
Sichqon uning nola-yu zoriga e’tibor bermay, o‘z ishini davom ettiraverdi. Nogah bir burchakdan ilon chiqib, sichqonga hamla qildi va bir zumda yutib yubordi. Qoraquloq bu voqeadan “Dilozorning jazosi ozor ekan”, degan xulosa chiqarib oldi.Shu vaqt bir tarafdan tipratikan kelib, ilonning dumidan tishladi-yu, boshini ichiga tortib g‘ujanak bo‘lib oldi. Ilon jahl bilan unga o‘zini ura boshlagan edi, a’zoyi badanini tikanlar pora-pora qilib yubordi. Ilon o‘sha zahoti o‘ldi. Qoraquloq bundan ibrat darsi oldi. Ilon o‘lgach, tipratikan boshini chiqarib, uning yaxshiyaxshi joyidan tanlab yedi. Qorni to‘ygach, daraxt soyasida koptokdek bo‘lib yumalab, huzur qilib yotgan edi, nogah bir och tulki kelib qoldi. Tipratikanning nayzalaridan qo‘rqib, uni hiyla bilan o‘ldirmoqchi bo‘ldi. U tipratikanni ag‘anatib qorniga yozildi. Tipratikan yomg‘ir yog‘yapti shekilli deb o‘ylab, boshini chiqargan ham ediki, tulki bir hamla bilan uni cho‘rt uzdi, bo‘shashib qorni ochilib qolgan tipratikanni ishtaha bilan yeb oldi. Shu vaqt bo‘riga o‘xshagan vahshiy bir it kelib, tulkini turgan yerida bo‘g‘ib, uning go‘shti bilan ochligini qondirdi.Qoraquloq bu ajoyibotlarni ko‘rib, hayron qolib yotar edi.t endi dam olishga hozirlik ko‘rayotganda bir qoplon kelib, uning siynasidan oldi. Qoplon hali itni tugatmagan ham edi, ovchi kelib, bir o‘q bilan uni tinchitdi. Qoplonning joni hali uzilmagan edi, u yerdan bir otliq o‘tib qoldi. Unga qoplonning terisi yoqib, ovchi bilan urisha boshladi. Qilich solib, ovchining boshini tanidan judo qildi va qoplonning terisini olib yo‘lga tushdi. U yuz qadam ham yurmagan ediki, oti qoqilib, yerga yiqildi. Gardani sinib, shu onda halok bo‘ldi”.
Bolalar shoiri Hamza Imonberdiyev “O‘q” she’rida xuddi shunga yaqin bir voqeani yosh kitobxonga havola qildi. Kamondan bemavrid otilgan o‘q hayotda bosar-tusarini bilmaydi, u o‘ta dahshatli, qasd qilish ishtiyoqida hammaga dag‘dag‘a qiladi. O‘q hech kimni nazar-pisand qilmaydi, chor tomonni nobud qilaman, otaman, bag‘rini tilaman, o‘ldiraman, deb oldinga intilaveradi:
Kelib qoldi ro‘baro‘
Ona Jayron yo‘lida.
Quyosh ko‘kda qotdi tosh,
Qora ajal qo‘lida.
Gullar ma’yus egdi bosh
O‘zligin unutgancha.
Qochar Jayron quyunday
Tuyog‘idan chaqnar o‘t.
– Jon o‘q, tegma, uyimda
Kutar bolam, ko‘zi to‘rt!
O‘q voz kechib nishondan,
O‘tib ketdi bir yondan.
Hamon uchib borar u
Nafasini yutgancha.
Kelib qoldi ro‘baro‘
Keksa Chinor yo‘lida.
– Hoy, ko‘zingga qara-da, –
Titrab dodladi Chinor, –
Bag‘rimdagi inlarda
Axir palaponlar bor!
O‘q voz kechib nishondan,
O‘tar-ketar bir yondan…
Odatda, kim haddidan oshsa, yon-atrofdagilar bilan hisobkitob qilib yashamasa, o‘ziga ortiqcha bino qo‘ysa, albatta, hayotda qoqiladi. Chor tomonga dahshat solib, hammaning jonini olmoqchi bo‘lgan o‘q o‘ziga nisbatan zo‘rroq mergan otgan o‘qqa duch kelib vayron bo‘lishi kitobxon bolalarni quvontiradi.Shoir she’rlarini rang-barang dedik. U haqiqatan ham shunday. “Tarbiyachi” asari buning yorqin isboti bo‘la oladi. Inson insofli, adolatli, or-nomusli bo‘lsa, har bir bosadigan qadamini o‘ylab, bilib tashlaydigan bo‘lsa, hayotda qoqilmaydi, baxtiyor bo‘ladi. Bunday odamlarni vijdonli, or-nomusli kishilar deb atashadi. Insondagi bunday ijobiy fazilatlarni birov unga hadya qilmaydi, o‘zini o‘zi kuzatadi, noo‘rin xatti-harakati uchun o‘zi javob beradi. Uning tarbiyachisi – vijdoni. Shu vijdon kuzatuvi uni har doim to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi va to‘g‘ri yo‘lga solib turadi:
Tunov kuni futbolga
Ketayotsam tez shoshib,
Ko‘zi ojiz chol yo‘lda
Turgan ekan adashib.


Ikkilanib turdim men,
Biroz xayol surdim men.
Futbol zavqi bir dunyo,
Yo‘lni to‘pga burdim men.


To‘pga tegmasdan oyoq,
Solgan kabi tizginga,
Tarbiyachim o‘sha choq
Qaytardi-ku izimga.
Qarshi chiqmoq foydasiz,
Qayga boray da’voga?
Qo‘llaridan olib tez,
Yo‘l ko‘rsatdim bobomga.
Inson hayotda sog‘lom, tetik, qo‘rqmas, jasoratli bo‘lib kamol topishi zarur. Mabodo u soyasidan ham cho‘chib, hadiksirab, qo‘rqib yashaydigan bo‘lsa, bunday bola kelajakda omadsiz, tolesiz bo‘lib qoladi.Hamza Imonberdiyev “Yolg‘izlikda” she’rida xuddi shu masala ustida to‘xtaladi. Botir o‘zi tabiatan qo‘rqoq bola. Qo‘rqqanga qo‘sha ko‘rinar deganlaridek, ayniqsa, kechqurunlari har qanday sharpadan cho‘chib, qo‘rqib yuradi. U kechqurun ko‘chaga chiqdimi, tamom, go‘yo qo‘shiq aytgandek baqirib-chaqirib, to‘polon qilib yuradi. Natijada u hammaning tinchini, oromini buzadi: mushuklar miyovlaydi, itlar vovullaydi, odamlar “hangmang” bo‘ladi. Voqea oydinlashgach, ko‘rsalarki, bu Botirning quyonyurakligi bo‘lib chiqadi:


Bilsak, Botir bu palla
Qo‘shiq aytib baralla,
Madad berib o‘ziga,
Bot-bot qarab iziga
Qo‘rqinchdan qochib borar.
Bolalar adabiyotida o‘y o‘ylash, xayol surish, xayoliy orzular bilan yashash ijobiy natija berishi to‘g‘risida ko‘p gapiriladi. Bunga misol qilib G‘afur G‘ulom, Quddus Muhammadiy, Po‘lat Mo‘min, Miraziz A’zam asarlaridan ko‘plab misollar keltirishimiz mumkin. Bolalardagi bunday shirin tuyg‘ularni Hamza Imonberdiyev ham to‘g‘ri payqay olgan. “Lofchilar – aldoqchilar” asarida u kichkintoylardagi mana shunday orzu-havasni o‘ziga xos usul bilan ochib berishga erishganAli xayolan qushcha shaklini yaratdi. Uni tomosha qilishga Valini chaqirdi. Vali ko‘rsaki, qushcha yo‘q. Lekin Alining bo‘sh kelmasligi kitobxonda yaxshi taassurot qoldiradi.
Ha, bolalar qush rasmini chizishadi, xayolan qushchalarga don berishadi. Bularning hammasi umumlashib, kelajak poydevorini bunyod etadi. Bu bolalarning kelajakda mustaqil mamlakatimiz kenja avlodini bilimdon, zukko, rahm-shafqatli bo‘lib kamol topishiga barakali ta’sir qiladi.Hayvonot olamiga mehr qo‘yish, uni ehtiyot qilish, asrash, avaylash, do‘st tutunish bolalikdan, oiladan boshlanadi va bir umr insonga hamroh bo‘lib qoladi. Hamza Imonberdiyev bu haqda “Olamoshim” degan bir she’r yozgan. Bunday olib qaraganda bu asar juda oddiy, sodda, bolalarni o‘ylantirmaydigan, ularni hech narsaga o‘rgatmaydigan, xulosa chiqarmaydigan she’rlardan biriga o‘xshab ketadi. Lekin bir o‘ylab ko‘rilsa, tahlil qilinsa, ma’no va mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati juda katta va eng ta’sirli she’rlardan biri ekanligi yarq etib ko‘zga tashlanib qoladi.
Tokchadagi qaymoqdan
Ko‘tarmay sira boshin,
Ichayapti qarasam,
Uyalmay Olamoshim.
Avvaliga “pisht” deb bir
Quvmoq bo‘ldim-u, biroq
Rahmim kelib negadir
Tikilib qoldim uzoq.
Quloqlarin chimirib,
Ichar edi bir mayin.
Beparvoligim sabab
Qorni ochgani tayin.
Oyoq uchida asta
Chiqib ketdim hovliga
– Bir gal qaymoq yemasam
Yemabman-da, mayliga.
E’tibor bergan bo‘lsangiz, “Bir gal qaymoq yemasam yemabman-da, mayliga”ning o‘zi ijobiy holat, bag‘rikenglik, bir mayizni qirq bo‘lib yeyishga bolalikdan o‘rganishning boshlanishi. Bunday bolalar kelajakda haqiqiy inson bo‘lib kamol topishlariga shak-shubha yo‘q.Hamza Imonberdiyev o‘zi bilimdon, o‘ta madaniyatli, to‘g‘riso‘z, halol, pok, ozod va obod O‘zbekistonimizni juda qattiq suyadigan ajoyib inson bo‘lganligi uchun ijodining mundarijasi ham shunday. Adolat masalasida u ko‘p jon kuydirar va bu haqda ko‘plab asarlar yaratgan edi.Hadislarda to‘g‘riso‘z, halol, pok bo‘ling, deyiladi. Kimki bunga qattiq amal qiladigan bo‘lsa, el-yurt o‘rtasida xijolat bo‘lmaydi, obro‘-e’tibori oshadi. “Adolat kaliti” ertagida Hamza Imonberdiyev xuddi shu haqda gap yuritadi. Asar boshlanishidayoq yosh kitobxonlarni o‘ziga tortadi:
Hayron quyosh, loldir oy,
Necha kun-u necha oy
Ikki elat urushar,
Bir-birlarin qirishar.
O‘rtaga kimki tushsa,
Biz haqmiz, deb turishar.
Hamma gap, hamma balo ana shu “biz haqmiz”da. Buning asl boisi, sababini hech kim tushunmasligida. Qonli urush davom etaveradi. Bundan podshoh ham hayron:
Podshohning boshi qotgan,
Halovatin yo‘qotgan.
Ojizligin his etib.
Og‘ir xayolga botgan.
Chorasiz qolgan podshoh bu ishni – qonli urushni to‘xtatish chora-tadbirini qidiradi. Bu jumboqni yechadigan, urushga chek qo‘yadigan adolatli, xalq manfaatini o‘z manfaatidan yuqori qo‘yadigan bir Odilbek otli qozini toptiradi.
Odilbek halol, pok, adolatli. U og‘ir-bosiqlik bilan voqeani so‘rab-surishtiradi, so‘roq qiladi. Da’vogar-u aybdorlarning ko‘rsatmalari yosh kitobxonda haqiqat uchun kurashchi bo‘lish orzusini nish urdiradi. Da’vogarning:
– Yigitimiz zo‘r edi,
To‘g‘ri, yosh-da, g‘o‘r edi.
U elatning bir qizin –
Latofatda yulduzin
Sevarkan, dil ochibdi,
Shu kun olib qochibdi.
U qizning og‘alari,
Qasoskor tog‘alari
Quvib yetib olibdi,
Yetib qilich solibdi.
Bechora bovirimizning
Tani yerda qolibdi.
Yovlar to‘lasin xunin,
Yo‘qsa ko‘radi kunin!
Chiqqunicha tandan jon,
Olishamiz, begumon!
Qozikalon, biz haqmiz,
Hukmingizga ilhaqmiz.
To‘g‘ri hal eting, illo, –
Deya bir xalta tillo
Uzatib chiqib ketmish, –
deyishi va pora berishi Odilbekni sergaklantiradi. U ishiga yanada jiddiy kirishadi. Aybdorlarning g‘irromliklari ham yotig‘i bilan kitobxon ongiga yetib boradi:
Yuzimiz yorug‘ eting,
To‘g‘ri hal qilib keting.
Haq qaror topsin, illo, –
Deya bir xalta tillo
Uzatishib, ko‘z qisib,
Chiqib ketmishlar pusib.
Hamma gap mana shunda. O‘sha pora sifatida berilgan ikkita xalta – boylikda. Mabodo Odilbek odil bo‘lmaganida xaltachalarni olib uyiga ravona bo‘lar edi. Ammo u nafsini tiyadi, xalqni o‘ylaydi, urushni to‘xtatish yo‘llarini qidiradi. Uning da’vogarning huzuriga chorlab voqeani mana bunday hal qilishi o‘quvchilarda katta taassurot qoldiradi:
– Haq so‘z nishonga tegdi,
Raqib to‘liq bosh egdi.
Ayblarin tan olishib,
Mulzam bo‘lib qolishib,
Bir emas, qayta-qayta
Tavbasin ayta-ayta,
Deyishib yigit xuni
Tashlab ketishdi buni, –
Deb qo‘sh xalta tilloni
Da’vogarga uzatdi.
Yalt ko‘zi yonganini,
G‘ururi qonganini
Diqqat bilan kuzatdi.
Tugab deng olaqarash,
Bo‘libdi “yarash-yarash”.
Hamza Imonberdiyevning o‘nlab qo‘shiqlari, ko‘plab doston-ertaklari bolalar tilida kuylanmoqda, o‘qilmoqda.
O‘zbek bolalar adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan Abdurahmon Akbar 1962 yil 22 aprelda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi Niyozboshi qishlog‘ida ziyoli oilada tug‘ildi. O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti kechki bo‘limida (1979–1987) tahsil oldi. Armiya xizmatini quruvchi askarlarning “Stroitel” (“Binokor”) gazetasida (1981–1983) adabiy xodim sifatida o‘tadi. Xizmatdan qaytgach, Yangiyo‘l tumanidagi 25-maktabda ona tili va adabiyoti fanidan (1985–1986) dars berdi. 1986 yildan umrining oxirigacha “Cho‘lpon” nomidagi bolalar nashriyoti matbaa ijodiy uyida xizmat qildi.Abdurahmon Akbarning ilk kitobi 1987 yilda, “Kichkintoy va paxtaoy” nomi bilan bosilib chiqdi (M. Qodirov bilan birgalikda). Shundan so‘ng “So‘zlovchi yomg‘ir” (1990), “Ehtiyotkor toshbaqa” (1991), “Yozning tug‘ilgan kuni” (1992), “O‘yinqaroq bulutcha” (1996), “O‘rdakcham” (2005), “Jonli savatcha” (2005), “Uyquchining tushlari” (2006), “Gonzik olib kelgan dori” (2006), “Eng katta mehr” (2006), “Niyozbosh istiqbol sari” (2007), “Bolalar bog‘chasi uchun sevimli ertaklar” (2009), “Mening do‘stim kompyuter” (2010) nomli 15 dan ortiq she’riy, adabiy-badiiy va tarjima kitoblari chop etildi. 1991 yili “Ehtiyotkor toshbaqa” nomli kitobi Usmon Nosir nomidagi mukofotga sazovor bo‘ldi.Abdurahmon Akbar tarjimasida “Texnikaning katta ensiklopediyasi”, “Kichkintoylar uchun jonivorlarning katta ensiklopediyasi”, “Jonivorlarning katta ensiklopediyasi”, “Jajji kichkintoylar uchun bilimlarning katta kitobi”, “Maktabgacha yoshdagi bolalar ensiklopediyasi”, “Sehrli qirollik oroli”, G. X. Andersenning “Ertaklar” kitobi, “Jajji kichkintoylar uchun ensiklopediya” deb nomlangan kichik yoshdagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan ilmiy-ma’rifiy, badiiy kitoblar nashr etildi.Shoirning she’r va tarjimalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “Ona tili”, “O‘zbek tili”, “O‘qish kitobi”, “Atrofimizdagi olam”, “Odobnoma” kabi darsliklaridan, shuningdek, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun nashr etilgan “Bolalar adabiyoti” darsligi va “O‘zbek bolalar adabiyoti” antologiyasidan joy oldiAbdurahmon Akbar 2006 yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlangan. Abdurahmon Akbar 1962 yilda Yangiyo’l tumani Niyozbosh qishlog’ida tavallud topgan. U 1987 yilda hozirgi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. A. Akbar «Kichkintoy va paxtaoy», «Ehtiyotkor toshbaqa», «Uyquchingtushlari» kabi o’ndan ortiq she’riy kitoblar muallifi. Abdurahmon Akbar ijodi rangbarang mavzu
da,shirali, ta’sirliyozilganligi bilan ajralib turadi. Aksariyat she’rlarining qahramonlari ko’ngillari osmon kabi musaffo, shaloladek quvnoq, orzulari buloqlar suvidek toza, shamoldek tinim bilmaydigan bolakaylar ekanligining guvohi bo’lasiz. Kichkintoylar dunyoni o’zgacha idrok qiladilar. Kattalar uchun oddiy tuyulgan narsalar ular ko’z o’ngida fojiali ko’rinishi, kattalar uchun og’riqli va armonli tuyulgan yechilmas masalalar esa ular nazarida oddiy, yechimini topishi qiyin
emas. Masalan, mana bu she’riy parchadagi kabi:
Meni ko’rsa tog’amning ko’zlariga yosh kelar,
Botirim, polvonim deb opichlab yurar uzoq.
Yoshi dadajonimdan ancha kichik bo’lsa-da,
G’o’zasi kabi rangpar, paxtasidek sochi oq.
Ona, tog’amning nega bitta ham bolasi yo’q?
Qiliqlari, yuzlari menga rosa o’xshaydi,
Menga o’xshab arazchi, menga o’xshab hazilkash.
Ammo bitta gapiga sira tushunolmayman,
Nimaydi, ha, «Bunchalar, bunchalar qiyin yashash?»
Ona, tog’amning nega bitta ham bolasi yo’q?
Shoirnnig «Iltimos» deb atalgan she’rining adabiy qahramoni tog’asining ushalmagan
armoniga mana bu yo’sinda nuqta qo’yishga bel bog’laydi:
Ertakdagi parilar sarvqomat desalar,
Ulardan go’zal derdim Lobaroy kennoyimni.
Kasal bo’lib qolasiz yig’layversangiz agar,
Desam ham ko’zin yoshlab solib berdi joyimni,
Ona, tog’amning nega bitta ham bolasi yo’q?
Akam, opachalarim xafa bo’lishsa bo’lar,
Mening aytganimga ham bir borgina kiringlar,
Ko’nmasangiz agarda uydan qochib ketaman,
Meni kichik tog’amga o’g’il qilib beringlar.
Ona, tog’amning axir bitta ham bolasi yo’q.
Bu Abdurahmon Akbarning armon haqidagi she’ri:
A’lochi qiz edi Nigora,
Darslaridan sira qolmasdi.
Axvol so’rab borgan paytimiz —
U o’rnidan tura olmasdi.
SHoir she’rlarining ikki xususiyati mazkur satrlarda yaqqol namoyon bo’ladi. Birinchisi:
Nigoraning darslardan sira qolmasligi, lekin uning yura olmasligi zamirida ilojsizlik, taqdirning achchiq haqiqati yotadi. Va ikkinchi xususiyat bolalar she’riyatida ham tabiat tasvirini voqealar rivoji bilan uyg’unlikda berish:
Sog’aymadi sinfdoshimiz
Oxirgi kun qorayganda qosh.
... Derazada bizlar keltirgan
Atirgullar qolgandi so’lib... Armon va ilojsizlikka she’rning so’nggi misralari go’yo so’nggi nuqtani qo’ygandek bo’ladi:
Ko’zimizni qizartirdi g’am,
Qalbimizdan armon ketmadi.
Ko’taraylik tobutin desak,
Bo’yimiz yetmadi, yetmadi...
Bu kabi qaramaqarshiliklar ko’plab shoirlarning ijodiga xos. Asosiy fikr bu emas.
Asosiysi shundaki, Abdurahmon Akbar o’z ijodiy izlanishlari bilan hozirgi zamon o’zbek bolalarshe’riyatiga lirik kayfiyat va bola kechinmalarini qahramon tilidan berishning o’ziga xos uslubiniolib kirdi. SHoir «Qo’rqqanga qo’sha ko’rinar» nomli she’rida bolakaylarni mard,botir va ziyrak bo’lishga da’vat etadi:
Kech kirib, ko’kda hali
Oy kezmagan pallada,
Norni kuchuk quvlabdi
Sukut to’la dalada.
Etib olsa tishlaydi
Degan xayolga borib,
Chopibdi Nor bechora
Oyog’in qo’lga olib.
Ortda qolibdi dala,
Ortda qolibdi ariq.
Tosh ko’chaga yetganda
Toyib ketibdi qattiq...
Ko’zin ochib qarasa,
Yuragi urib duk-duk,
O’zin Laychasi emish
O’sha... «quvlagan» kuchuk.
Adabiyotshunos Rahmatilla Barakaevning Abdurahmon Akbar ijodiga bergan bahosi ham e’tiborga loyiq. Muallif «Istiqlol davri bolalar adabiyoti: an’ana, vorislik va izlanish» nomlitadqiqotida shoir ijodining quyidagi qirrasiga alohida e’tibor qaratadi: « Abdurahmon Akbarninmumtoz adabiyotimizdagi qofiyali nasr (saj)ni eslatuvchi «SHoir dadam haqida she’riy hikoyalarr» turkumini she’riy shaklga sig’magan fikrlar tizimi deyish to’g’riroq bo’lar edi. Abdurahmon bu she’rlari bilan bolalar adabiyotimizga fikrlovchi, o’ychan bola timsolini olib kirdi. Besh she’riy hikoyadan tarkib topgan turkum shoir dadasining armonu iztiroblarini, dardu tashvishlarini eshitib qolib, jajji yuragiga sig’dira olmay, to’lqinlanib so’zlayotgan bolakay tilidanhikoya qilinadi. Jumladan, «Dadamning qalbi» she’riy hikoyasida shunday deyiladi: «Armon uyasimish dadamning qalbi, dadamning qalbida kularmish sevinch. Dadamning qalbida ummon bor emish. Bor emish dadamning qalbida ilinj. Yozgan uchto’rt she’ri dadam qalbining topgan quvonchiyu ozori emish. Dadamning yuragi dunyo ko’rmagan sonsiz fikrlarning mozori emish...» Ichki qofiyalanishga uyg’un bo’lgan so’z takrorlari va bolakayning mo’’jaz taxayyul olamiga sig’magan nogahoniy qiyoslar ushbu turkumga mansub she’riy hikoyalarning shaklan va mazmunan mukammalligini ta’minlaydi. A. Akbarning shakliy izlanishlari ham e’tiborga molik. Uning raqamli she’rlari kichik maktab yoshidagi bolalar she’riyatini yangicha shakl va mazmun bilan boyitdi:
«Aka, qanday yuribsiz, Terib qaytsak adirdan.
Soz ketyaptimi xizmat? Ko’chamizni nomlashib,
Askarlikka ko’nikib, Ketishibdi yangidan.
Ketgandirsiz batamom. «Ul.Zarechnaya» emas,
Buvim, qo’ni-qo’shnilar Bilib qo’ying, aka, siz,
Sizga yo’llashdi salom. Endi bizning uy-hovli
Quchooq-quchooq chuchmoma «birlik» ko’cha,18!
Sinchkov bolalarning tiyrak nigohi bahorda tabiatning gul ochib yangilanishi, adirlardan bolalarning zavq-shavq bilan quchoq-quchoq chuchmomalar terib kelishlari bormi, Mustaqillik
sharofati bilan ko’chalarimiz nomlari milliylashgani («Zarechnaya» emas «Birlik») bormi,«Paxtakor»ning ketmaket zafar quchayotgani bormi, aslida yosh bola qiyofasiga musavvir shoirning g’aroyib mo’yqalami chizayotgan turfa chizgilardir... Bunday she’riy usul o’zbek bolalar adabiyoti uchun yangilik. Bu she’rlarning o’ziga xosligi haqida fikr yuritilganda, dastavval, ijodiy izlanish mahsuli sifatida baholash joiz. Zero, yosh kitobxon she’r o’qir ekan, hatto uning g’ayritabiiy shaklidan ham zavq topadi. Harflar raqamlar bilan uyqalashib ketgan bunday she’riy usul yosh kitobxon uchun ham hayratli, ham qiziqarli topilma. SHoirning ijodini kuzatgan adabiyotshunos Zamira Ibrohimova Abdurahmon Akbarning hayotiy voqea va xayoliy tasavvurlardan ta’sirchan manzaralar yaratgani haqida, jumladan, shunday yozadi: «Bu manzaralar xuddi aqlli farzand oilaga fayz-baraka, otaonaga rahmat olib kelganday, ko’ngillarda mamnuniyat tuyg’ularini paydo qilib, yosh kitobxonning xayolot olamini boyitadi, kengaytiradi: o’quvchi chirildoqlarning sokin oqshomni to’ldirib kuylashlarida osoyishtalik gashtini anglagandek, yog’gan yomg’ir tomchilaridagi mo’’jizani tuygandek, asalari, chumolilarning mehnatiga xos go’zallik, fayz ziynatni ko’rgandek bo’ladi».
Yetti qalam, yetti rang,
Qalamdonni qo’yatur,
Etti ohang — kamalak.
Kel, quyoshjon, tezroq kel.
Qaerlarda yuribsan,
Rasm chizib ber bizga,
Quyosh — sochi jamalak?
O’chirg’iching bo’lar yel.
Qalamlaring topildi,
.Million yilki, ahvol shu,
Bulut — qog’oz ham tayyor.
Erliklar kutib tolar.
San’atingdan bahramand
Qalamlar bor paytda
Bo’laylik bizlar bir bor.
Quyosh «yo’qolib» qolar.
(«Kamalak»)
Bolalar olamida mayda va ahamiyatsiz narsalar uchramaydi, ya’ni kattalar mutlaqo nazarga
ilmaydigan, e’tibor bermaydigan, ular uchun ahamiyatsiz ko’ringan narsalar bola nazarida o’zgacha, ajib bir qiyofada jonlanadi. Masalan, jajji Zeboxon birinchi marta qo’shaloq giloslarni ko’rib, ularning o’rtoq bo’lib olishganidan («O’rtoqlar») quvonadi. Yoki Sevinchoy issiq choydan ko’tarilayotgan bug’ni ko’rib «choyim uchib ketayapti» deb («Sevinchoy haqida she’r»hayratlanadi. Yulduzoy esa o’ziga yoqqan fasl haqida samimiyat bilan «Yozda yoz fasli, kuzdbo’lsa kuz» («Eng to’g’ri javob») deb ko’nglidagini aytadi. Darhaqiqat, ularning dunyosida yolg’on yo’q. SHoir bolalikning musaffo olami har kuni quvonchlarga, kashfiyotlarga to’liq ekanligini nozik did bilan kuzatadi va mahorat bilan badiiy qiyofalarda gavdalantiradi:
Shoir ko’pgina she’rlarida hayotning «anglab bo’lmas murakkab» tomonlari haqidagi fikrlarni ilgari surishga intiladi. «Yolg’iz farzand», «Umid haqida she’r», «Iltimos», «CHivin» kabi she’rlarida nafaqat tabiatni, bolalarni ham asrash, qadrlash kerakligi kuyunchaklik bilan uqtiriladi. Bu she’rlarga xos umumiy xususiyat shundaki, ularda kattalar adabiyoti mavzusiga doir insoniy dardlar aks etgan. SHoir yosh kitobxonga ishonadi, uning nimalarnidi tushunmay qolishidan cho’chimaydi. So’zimizni muxtasar qilib aytadigan bo’lsak, Abdurahmon Akbar qalamiga mansub she’r va tarjimalarda bolalar dunyosiga chuqurroq kirib boriladi, ularda fikr aniq va lo’nda ifodalanadi. Asarlar tilining sodda va ravonligi, tasvir vositalarining puxtaligi, jahon bolalar she’riyatining eng yaxshi an’ana va usullarini, shakllarini o’zida omuxta qilganligi bilan nafaqat yosh kitobxonlar, shu bilan birga katta yoshdagi adabiyot, she’riyat muxlislari e’tiborini ham torta oladi.



Yüklə 494,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin