Asosiy adabiyotlar :
1.Safarov O. Barakayev R. Jamilova B. Bolalar adabiyoti.Buxoro. „Durdona”nashriyoti. 2019.
2.Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti.-T.; O`qituvchi. 2001.
3. O’zbek va chet el bolalar adabiyoti. –Toshkent. O’zbekiston.2002
6-MAVZU.O’ZBEK BOLALAR NASRI YUKSALISH YO’LIDA.
Reja:
Xudoberdi To’xtaboyev hayoti va ijodi haqida
Xudoberdi To’xtaboyev asarlari haqida
Xudoberdi To’xtaboyevni bolalar adabiyotiga qo’shgan hissasi
4. Muhammad Ali hayoti va ijodi
5. Muhammad Ali romanlaridagi bolalar obrazi
6. Nosir Fozilov hayoti va ijodiy faoliyati
7.Nosir Fozilov ijodida bolalik olami
Tayanch tushunchalar: Xudoberdi To’xtaboyev "Omonboy va Davronboy", "Sarik devni minib", "Sarik devning ulimi", "Besh bolali yigitcha", "Kasoskorning oltin boshi" romanlari. Fazodagi hislar” (1967), “Shafaq” (1968), “Otalar yurti” (1970), “Oq nur” (1977), “Ilhom parisi” (1980), “Sevsam, sevilsam”(1983), “Vechni’y mir” (roman v stixax, 1984), “Saz” (rus tilida, 1984), “Sen bir gulsan” (1989), “Ona duosi” (1994), “Saylanma” (1997) “Men o‘zim, o‘zim”(2011) she’riy kitoblari alohida ajralib turadi.Adib ijodida “Mashrab” (1966), “Gumbazdagi nur” (1967), “Beshgul” (1969), “Oshiqlar ertagi” (1975) dostonlari, “Boqiy dunyo” (1979) she’riy romani salmoqli o‘rin egallaydi. “Sarbadorlar” (1989) roman-dilogiyasi, “Ulug‘ saltanat” epopeyasi ‒ “Jahongir Mirzo” (2003), “Umarshayx Mirzo” (2006), “Mironshoh Mirzo” (2010), “Shohruh Mirzo” (2013), “Abadiy sog‘inchlar” (2005) roman-xronikasi o‘quvchilarning sevimli asarlariga aylangan. “Ulug‘bek Mirzoning so‘nggi kuni” (2001), “Masposhsho va Oyparcha” (2002), “Hindiyona afsona” (2006), “Navoiy va Boyqaro”(2015) pyesalari ham adib qalamiga mansubdir.
O‘z a'moli, shaklu-shamoyili, mazmun-mundarijasi bilan beg‘ubor bolalikni jumboqlar olamiga o‘xshatish mumkin. Xo‘rozlarning nima uchun tonggacha qichqirishi-yu, ayrim qushlarning qishda issiq o‘lkalarga uchib ketishidan tortib Vatan tuprog‘ining sajdagoh kabi muqaddasligi-yu ezgulik bilan yovuzlik o‘rtasidagi ziddiyatning abadul-abad davom etishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha muammolar bu sehrli dunyoning doimiy sir-sinoatidir.Xudoyberdi Tuxtaboyev Fargona viloyatining Katta Tagob kishlogida 1932 yil 17 dekabrda tugilgan. Otasidan juda erta yetim kolgan Xudoyberdi bobosi erkaboy va buvisi Robiyabibining kulida tarbiya topdi.1949 yilda Kukon pedagogika bilim yurtini, 1955 yil Toshkent Davlat universitetini (xozirgi Milliy universitet) bitirdi. Ish faoliyatini Fargona viloyati tumanlaridagi maktab ukituvchisi sifatida boshlab, keyinchalik ilmiy bulim mudiri, maktab direktori bulib ishladi. 1958 yilda uz jurnalistik faoliyatini boshlagan ijodkor 14 yil orasida "Toshkent okshomi", "Sovet Uzbekistoni" gazetalarida 300 dan ortik felyetonlar e'lon kildi. "Yosh gvardiya", "Kamalak" nashriyotlari, "Guliston", "Shark yulduzi", "Gulxan", "Guncha", "Yosh kuch" jurnallarida faoliyat kursatdi.1958 yilda badiiy ijodga kirib kelgan ijodkorning kiska vakt orasida "Shoshkalok", "Yosh gvardiya", "Sir ochildi", "Sexrli kalpokcha" nomli kitoblari nashr yuzini kurdi.Utgan yillar davomida adibning "Omonboy va Davronboy", "Sarik devni minib", "Sarik devning ulimi", "Besh bolali yigitcha", "Kasoskorning oltin boshi", "Yillar va yullar", "Sexrgarlar jangi yoki shirin kovunlar mamlakatida", "Jannati odamlar" kabi romanlari dunyoga keldi.Sevikli bolalar yozuvchisi 1982 yilda "Uzbekistonda xizmat kursatgan madaniyat xodimi", 1991 yilda "Uzbekiston xalk yozuvchisi" kabi unvonlar bilan takdirlangan.Asarlari rus, ingliz, nemis tillariga tarjima kilinib chet davlatlarda chop etilgan.Kichkintoylarni ana shu sir-sinoat bilan chuqur tanishtirish va katta hayotga yo‘llashda tarbiyaviy adabiyot sanalmish bolalar adabiyoti zimmasiga benihoya zalvorli mas'uliyat yuklangan.Bolalarni jumboqlar olamiga sayohat qildirishda har bir yozuvchi o‘ziga xos ijodiy yo‘lni tanlaydi. Yozuvchining ijodiy individualligi bilan bog‘liq bu tushunchani ijodiy uslub iborasi bilan ifodalash o‘rinliroq bo‘ladi. Binobarin, H.Nazir, H.Po‘latov, F.Musajonov, E.Raimov, S.Barnoyevlar ijodida realistik uslub ustuvorlik qilsa, fantastik uslub X.To‘xtaboyev, S.Anorboyev, H.Shayxov, A.Obidjon kabi yozuvchilar ijodining ziynati sanaladi. Ularning ichida o‘zbek bolalar nasrining taniqli ustasi Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlari alohida ajralib turadi.Xudoyberdi To‘xtaboyevning nomi qaynoq va cheksiz ijodiy mashaqqatlar mahsuli bo‘lgan qissa va romanlari orqali dunyoning olis-olis burchaklarigacha yetib borgan. Jahonning juda ko‘p tillariga tarjima qilingan birgina «Sariq devni minib» romani o‘zbek bolalar adabiyotining ufqini sezilarli darajada kengaytirdi.«1970 yili Moskvada «Sehrli qalpoqcha» asarim bosilib chiqdi, – deb yozadi Xudoyberdi To‘xtaboyev. – 1971 yili Italiyaning Rim shahrida Janni Rodari «Butun dunyo bolalar yozuvchilarining forumini» o‘tkazgan. Shu forumga Moskavada «Detskaya literatura» nashriyotining bo‘lim mudiri ko‘rgazmaga qo‘yish uchun boshqa kitoblar qatorida mening kitobimni ham olib borgan.Forum ochilayotgan kuni Janni Rodari «Unita» gazetasida bolalarga bag‘ishlangan sahifa berib, sahifada quyidagi so‘zlarni yozgan. «Menga tanishish va tarjimaga tavsiya etish uchun taqdim etilgan yozuvchilar orasida Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sehrli qalpoqcha» nomli asari yumorga boy bo‘lganligi va fantaziyasi benihoya keng bo‘lganligi sababli ma'qul bo‘ldi. Ushbu yumor va fantaziyadan italyan bolalari ham bahra olsin, deb men ushbu asardan bir bob tarjima qilib berdim».1972 yili «Sehrli qalpoqcha» asarimni nemislar chop etdi. Uni o‘zbekshunos, tilshunos olima Dolerasi Shuls tarjima qilgan. X.To‘xtaboyevning yozuvchi sifatida ijodiy kamoloti haqida so‘z ketganda uning muvaffaqiyatini ta'minlagan adib o‘sgan muhitdan izlash to‘g‘riroq bo‘ladi. Taqdir bo‘lajak ijodkorni bolaligidan boshlab og‘ir sinovlarga ro‘para qiladi.«Mening bolalik va o‘smirlik davrim, – deb yozadi adib, – urush davriga to‘g‘ri kelgan. Ota-onasiz yetim qolgan hamqishloqlarimning o‘kinch va armonlarini eshitganman. O‘g‘lidan qora xat kelgan onalarning ko‘ksini yulib dodlaganlarini ko‘rganman, akasini intizor kutayotgan singillarning, eridan barvaqt judo bo‘lgan yosh-yosh juvonlarning pinhoniy ko‘z yoshlarini ko‘rganman. O‘gay otam – usta Abduqodir rabochiy bataloniga ketgach, biz oilada sakkiz bola qoldik. Men ular bilan rosa bolalar uyidan bolalar uyiga o‘tib «sayr» qilganman. Hatto Toshkentdan Qo‘qongacha piyoda ketgan paytlarim bo‘lgan».Hayotning sermashaqqat chig‘iriqlaridan o‘tgan yosh Xudoyberdi taqdirida dindor buvisi ham muhim o‘rin tutganini ta'kidlash joiz. Buvining ko‘ngilga taskin beruvchi hikoyat, ertaklari ruhida tarbiya topgan yozuvchi asarlarida dev, sehrgar, afsungar, iblis, jodugar, jin singari majoziy obrazlarga keng o‘rin berilishi, «bulutdek baland», «bilaklari – yo‘g‘on» – «bittasi chaqaloqning belidek keladi», «Na'ra tortganida xonaning shipi ko‘tarilayotgandek bo‘ladi» singari afsonalarga xos obrazli iboralarning ishlatilishi tabiiy. Har qanday yozuvchining xarakter yaratish mahorati bilan bog‘liq bu xususiyatni X.To‘xtaboyev asarlarining syujet va badiiy tilining o‘ziga xosligini ta'minlagan omillardan biri deyish mumkin.Darhaqiqat, X.To‘xtaboyev sermazmun hayot va ijod maktabida saboq oldi. Yozuvchining ilk asarlari 50-yillarning boshida, ham talabalik davridayoq dunyo yuzini ko‘rgan bo‘lsa, 60-yillarda adabiy tanqidchilik e'tiborini o‘ziga tortdi, 70-yillarda uzluksiz ta'limning barcha bo‘g‘inlarida o‘rganila boshladi, juda ko‘p bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.Adabiy tanqidchilikda X.To‘xtaboyev ijodi shartli ravishda 3 guruhga bo‘lib o‘rganiladi.
Birinchi guruhga vaqtli matbuotda e'lon qilingan felyetonlarining davomi o‘laroq yuzaga kelgan «Jonginam, shartingni ayt», «Maxsus topshiriq», «Bevaqt aytilgan azon», «Xarakteristika» tipidagi ilk hajviy asarlari kiradi.Ikkinchi guruhga turli yillarda yozilgan «Aka-uka Omonboy bilan Davronboyning qishloqqa gaz olib kelganlari haqida jajji qissa», «Sir ochildi», «Jannati odamlar», «Mungli ko‘zlar», «Yillar va yo‘llar», «Kichkina rais» yanglig‘ sof realistik asarlari kiradi.«Sariq devni minib», «Qasoskorning oltin boshi», «Shirin qovunlar mamlakatida yoki sehrgarlar jangi», «Besh bolali yigitcha» kabi yengil yumor bilan sug‘orilgan sarguzasht asarlari uchinchi guruhni tashkil etadi. Adabiyot tarixidan ma'lumki, har qanday buyuk yozuvchining barcha asarlarini bir xil mezon bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Bu gap bevosita X.To‘xtaboyev ijodiga ham tegishlidir.Dastlab «Toshkent haqiqati», «O‘zbekiston ovozi», «Sovet O‘zbekistoni» gazetalarida felyetonchi muxbir sifatida qalamini charxlagan adibning ilk asarlarida hajviy ruhning ustun bo‘lishi tabiiy edi. Binobarin, «Hadik», «Maxsus topshiriq», «Xarakteristika», «Tilxat», «Bevaqt aytilgan azon» singari kattalarga mo‘ljallangan hikoyalari va «Jonginam, shartingni ayt» qissasida tovlamachilik, xotinbozlik, poraxo‘rlik, e'tiqodsizlik kabi illatlar ayovsiz fosh etiladi. Shunisi e'tiborliki, mazkur asarlarning qahramonlari – oddiy qishloq kishilari, ziyolilarning yozuvchiga bolaligidan tanishligi ularning xarakter-xususiyatlarini ishonarli tarzda badiiy tasvirlashga yaqindan yordam bergan.Qissachilikda egallangan muayyan tajriba kichik kitobxonlar uchun mo‘ljallangan «Sir ochildi», «Omonboy bilan Davronboy» kabi realistik uslubdagi asarlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.Mazkur qissalar syujetidagi sxematizmning adabiy tanqidchilik tomonidan o‘z vaqtida qayd qilinishi yozuvchining ijodiga jiddiy turtki berdi. Adibning bolaligida bevosita o‘zi guvoh bo‘lgan voqyealar ta'sirida yozilgan «Sariq devni minib», «Besh bolali yigitcha», tarixiy mavzudagi «Qasoskorning oltin boshi», ma'naviy-axloqiy muammoning badiiy ifodasi bo‘lgan «Mungli ko‘zlar» romanlari fikrimiz dalilidir.Ma'lumki, «Sariq devni minib» romani X.To‘xtaboyev ijodidagina emas, o‘zbek bolalar adabiyotida ham alohida sahifani tashkil etadi. Asardagi sehrli qalpoqcha ramziy timsolini adibning jiddiy ijodiy topilmasi deyish mumkin. Sehrli qalpoqcha muallif badiiy niyatini ijro etishdagina qulaylik tug‘dirib qolmasdan, kitobxonning qiziqishini tutib turuvchi vosita vazifasini ham bajaradi.Asar bosh qahramoni Hoshimjonning sehrli qalpoqcha yordamida turli ko‘chalarga kirib chiqishi roman syujeti qurilishida muhim o‘rin tutadi. Kichik kitobxon har narsaga qodir sehrli qalpoqcha yordam bergan taqdirda ham bilim olmasdan, biror kasb-hunarning boshini tutmasdan, hayotda o‘z o‘rnini topib, baxtli bo‘lolmasligiga ishonch hosil qiladi. Bu esa «bilim ol», «hunar o‘rgan» degan quruq pand-nasihatdan ming chandon ta'sirliroqdir.«Sariq devni minib» asarimning jahon tillariga tarjima qilinishiga sabab – 1971 yili Italiyaning Rim shahrida bo‘lib o‘tgan jahon bolalar yozuvchilarining kengashida J.Rodarining shu asar haqida aytgan iliq gaplari bo‘lgan», – deydi adib suhbatlaridan birida.Xo‘sh, adibning nomini mashhur qilgan bu asarning siri nimada?Nima uchun roman aynan shunday nomlangan?Shu o‘rinda, avvalo, «Sariq dev» iborasining ma'joziy ma'nosini ifodalash joiz. Nima uchun aynan «sariq»?, qora yoki oq emas?Ma'lumki, sariq – nafs-olov ma'nolarini bildiradi. Xalqimizda nafsini tiya olmagan, nafsining quliga aylangan, ya'ni nafs bandalari «Nafs olovlar» deb ham ataladi.Darhaqiqat, kimki nafsini tiya olmas ekan, bir kunmas bir kun, Nafs olovida kuyib kul bo‘ladi. Olov esa, tabiiyki, sariq rangdadir.Ibora tarkibidagi «dev» afsonaviy yovuzlik timsoli sanaladi. Ertaklarda bayon qilinishicha, yovuz dev komiga tushgan har qanday jonzot hech qachon tirik qolmagan. Asar qahramoni Hoshimjon ham o‘z nafsiga anchagina erk beradi: Nafs deviga minib yo‘lga tushadi.Undagi voqyealar bosh qahramon Hoshimjon tili bilan sodda, aniq, qolaversa, bolalarcha o‘y-fikrlar orqali hikoya qilinadi. Hoshimjonning gap-so‘zlari va xatti-harakatida bolalarcha tafakkur tarzining saqlanishi asar syujetining yutug‘ini ta'minlashga xizmat qilgan. Romanning keng kitobxonlar ommasiga manzurligining bosh sabablaridan yana biri «sehrli qalpoqcha»ning ishtirokidir. Hoshimjon aynan sehrli qalpoqcha vositasida bir-biridan ajoyib va g‘aroyib sarguzashtlarni boshdan kechiradi.Hoshimjon sho‘x, g‘ayratli, hozirjavob, ziyrak, serfahm bola. Lekin shu bilan birga jindek ayyorligi, lofchiligi, qo‘rqoqligi, yolg‘onchiligi ham bor. Yerga ursa ko‘kka sapchiydigan kichik qahramon jo‘shqin orzularga beriladi, sehrli qalpoqcha yordamida o‘qimasdan turib odam bo‘lish mumkin deb o‘ylaydi. Hatto, bu borada maktab direktori O.Azizov va o‘qituvchisi Qobilov bilan ham ko‘p bora tortishadi. Maktab direktoriga xat yozib o‘zining o‘zlashtirishi uchun murakkab deb bilgan fanlarni o‘qimaslikni so‘raydi.Hali o‘qib o‘rganmagan, ozmi-ko‘pmi hayot sirlaridan bexabar bo‘lgan Hoshimjon ko‘p hollarda mushkul ahvolga tushib qoladi. Shunday damlarda u qalpoqchaga yuzlanib «Menga aql o‘rgat, yo‘l ko‘rsat» deya iltimos qiladi, ammo do‘sti sehrli qalpoqcha «Aql sehrga bo‘ysunmaydi, bo‘yingga bo‘y qo‘shganim bilan, aqlingga aql qo‘sholmayman, baribir, o‘qib o‘rganish kerak, Hoshimjon» deb unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi.Kezi kelganda shuni aytish joizki, bolalar adabiyotining qon tomiri bo‘lgan hayotbaxsh didaktikaga yozuvchining o‘ziga xos munosabati mavjud. Jumladan, «Qizg‘anchiq», «Shoshqaloq», «Orif cholning o‘rigi», «Xatosini tushungan bola», «Nihollar nolasi» hikoyalarida kichkintoylar hayotidan olingan e'tiborli biron voqyea tasviridan kelib chiqadigan tabiiy xulosa ko‘proq o‘sha voqyea tufayli hikoya qahramoni tushgan holat tarzida havola qilinadi.«Qizg‘anchiq» hikoyasi shu jihatdan ibratlidir. Asar qahramoni Shavkatjon biror narsani birovga bermaydi. O‘zi shu holatga tushganda o‘rtoqlari hech narsasini ayashmaydi. Xuddi shu munosabat uning qalbini larzaga keltiradi, hayot tarzini tubdan o‘zgartirib yuboradi.Shavkatjon timsolidagi qizg‘anchiq bolaning qayta tarbiyalanishi hali oq bilan qorani ajrata olmaydigan kichik kitobxonlar uchun chinakam ibrat namunasidir. Yozuvchining bu xildagi qissa va romanlari g‘oyaviy-badiiy, tarbiyaviy vazifa qahramonlar boshdan kechirgan sarguzashtlar zimmasiga yuklanadi. Xarakterlar takomilining ko‘zgusi bo‘lgan har qanday sarguzasht esa kishini befarq qoldirmaydi. Zero, «Sariq devni minib» romanidagi Hoshimjon, «Besh bolali yigitcha» romanidagi Orifjon, «Shirin qovunlar mamlakati yoki sehrgarlar jangi» romanidagi Akrom qovunchi. «Qasoskorning oltin boshi» romanidagi Namoz botirlar taqdiri bilan bog‘liq sarguzashtlarni his-hayajonsiz o‘qib bo‘lmaydi.X.To‘xtaboyev qahramonlarining har biri o‘ziga xos qiyofa va gapirish manerasiga ega bo‘lsa-da, ularni adib asarlaridan asarlariga sayqal topib kelgan quvnoq va hayotbaxsh yumor birlashtirib turganini ilg‘ash qiyin emas. «Rostini aytsam, – deydi Hoshimjon, – o‘zim ham unchalik yomon bola emasman. Aqlu hushim joyida, odobim ham chakki emas, oltinchi sinfning intizomli o‘quvchilaridanman. Bir xil, haligi sho‘x bolalarga o‘xshab, kun bo‘yi ko‘cha changitib yurmayman. Yashirib nima qilaman, ko‘cha changitib yurgandan ko‘ra komandaga bo‘linib olib, to‘p tepgan yoki holiroq joyga, masalan, oying harchand chaqirsa ham ovozi yetmaydigan joyga borib olib chillak o‘ynagan ming marta yaxshi».«Belim sal bukikroq, – deb o‘zini tanishtiradi «Besh bolali yigitcha» romanining qahramoni Orifjon, – buni o‘zim tan olaman, ukalarimni ko‘taraverib shunaqangi bo‘lib qolganman. Bo‘yim ham tengqurlarimga qaraganda sal pastroq, buni ham inkor qilmayman. Men yuqoriga qarab o‘saman deganimda ukalarim yelkamga minib olib, pastga qarab bosishavergan. Shuning uchun pakanaroq bo‘lib qolganman. Besh bolali deyishlariga ham, rostini aytsam unchalik jahlim chiqmaydi. Nega desangiz, chindan ham roppa-rosa beshta ukam bor. Beshovini ham o‘zim katta qilganman, oyijonim traktorchi, urush boshlangandan buyon kechasiyu kunduzi dalada».XX asr boshlarida o‘lka tarixiga «Namoz botir», «Namoz polvon» nomlari bilan chuqur iz qoldirgan Namoz Pirimqul o‘g‘li /1865-1907/ tarixiga doir «Qasoskorning oltin boshi» romani ham adib ijodida muhim o‘rin tutadi.A.Qodiriy asar yozishni orzu qilgan, Anna Almatinskayaning «Zulm» trilogiyasi, Izzat Sultonning «Noma'lum kishi» dramasidan mashhur Namoz botir timsolini muallif alohida mehr-muhabbat bilan tasvirlaydi.Asar qahramoni Namoz botir ijtimoiy adolat tantanasi yo‘lida qaqshatgich jangga otlanadi. Uning qasos bayrog‘iga Alisher Navoiy qalamiga mansub «ilgimdan kelguncha zolim tig‘in ushatib, mazlum jarohatig‘a intihom malhamin qo‘ydum» hikmati yozilgan.Namoz botir «ko‘cha-ko‘yda ochu sarson yurgan yetimlar haqqi, boylar “birovlar” eshigida ishlab haqini ololmay yurgan cho‘riyu qarollar haqqi, hokimu to‘ralar qamchisidan boshi yorilgan alamzadalar haqqi, izzat-nafsi toptalgan yo‘qsillar haqqi, xo‘rliklar, kamsitishlar belini bukkan mazlumu mazlumalar haqqi» kurashga otlanishini o‘zining shu vatanga farzandlik burchi deb biladi. Namoz botir «zolimlarning jazosini xudo emas, mazlumlarning o‘zi berishi kerak» deb tushunadi.«Qasoskorning oltin boshi», – deb yozgan edi professor Ozod Sharafiddinov, – janr va xususiyatlariga ko‘ra adabiyotimizda yangi hodisadir. Muallif asarning boshidan oxirigacha shu janr talablariga qat'iy rioya qilib, syujetining pishiq-puxta bo‘lishiga, voqyealarning qiziqarli chiqishiga intiladi. Voqyealar rivojida kutilmagan burilishlar, favqulodda vaziyatlar ko‘p. Qahramonlar ko‘pincha ilojsiz holatlarga tushib qoladi va bunday vaziyatlardan uddaburonlik bilan qutulib ketishadi».Adabiy qahramonlarning o‘ta og‘ir vaziyatlarda o‘zini tutishi, sinovlarni mardona yengib o‘tib nurli manzillarga intilishi, ezgulikka sadoqat tasviri orqali ma'naviy-axloqiy jihatdan hayotiy xulosalarga kelish X.To‘xtaboyev asarlarini tutashtirib turuvchi muhim nuqta sanaladi.XX asr boshlaridagi tarixiy sharoit, xalqning erkinlikka bo‘lgan intilishi «Qasoskorning oltin boshi» romanida Namoz botir sarguzashtlari qatiga singdirilgan bo‘lsa, ikkinchi jahon urushining xalq hayotida qoldirgan asorati, tahlika va parokandalik «Besh bolali yigitcha» romani qahramonlari Orifjon va uning ukalari sarguzashtlarining hayotiy quvvatiga jon bag‘ishlaydi.Ko‘rinadiki, X.To‘xtaboyev ijodiy yutug‘ini badiiy syujet yaratish borasidagi izlanishlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bunga qo‘shimcha tarzda yozuvchi asarlarining badiiy tili va kulgi yaratish mahoratini ham tilga olish mumkin. Yozuvchining asarlaridan asarlarga ko‘chib yuruvchi nim tabassum, hozirjavoblik, zukkolik kitobxon qalbiga ham ko‘chadi. Bu hamma yozuvchilar orzu qiladigan, ammo ko‘pchilikka nasib qilavermaydigan badiiy barkamollik nishonasidir.O‘zbekiston xalq yozuvchisi X.To‘xtaboyevni asarlarining tarqalishi jug‘rofiyasiga ko‘ra jahongashta adib deyish mumkin. O‘z asarlari bilan necha avlod bolalarining mehrini qozongan yozuvchi hozir ayni ijodiy kuch-quvvatga to‘lgan yoshda. Adib qalamiga mansub har bir hikoya, qissa va romanlar bolalikning beg‘ubor olami, xalq tarixi, taqdiri bilan bog‘liq muhim muammolarning badiiy ifodasi sifatida kichik kitobxonlar tarbiyasiga xizmat qilmoqda.
Atoqli o‘zbek shoiri, adib, tarjimon va olim Muhammad Ali 1942 yilning 1 martida Andijon viloyatining Bo‘z tumanidagi Beshkal qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. 1959 yil Toshkent viloyatining Bekobod tumanida Navoiy nomidagi o‘rta maktabni bitirdi. Moskvada Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida tahsil oldi (1960–1966). G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir (1967), bo‘lim mudiri, bosh muharrir (1982), O‘zbekiston televideniyesida bosh muharrir (1985), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarjima markazi raisi (1989), O‘zbekiston Milliy universitetida kafedra mudiri (1994), “Oltin meros” jamg‘armasi raisi (1999), Xalqaro Amir Temur fondi raisi(2003) bo‘lib ishladi. 2013 yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi lavozimida ishlamoqda.Muhammad Ali XX asrning 50-yillari oxirida adabiyotga kirib keldi. Uning ilk she’ri o‘n besh yoshida 1957 yil 17 fevralda hozirgi “O‘zbekiston ovozi” gazetasida bosilgan.Adibning 40 dan ortiq kitobi chop etilgan. Bular orasida “Fazodagi hislar” (1967), “Shafaq” (1968), “Otalar yurti” (1970), “Oq nur” (1977), “Ilhom parisi” (1980), “Sevsam, sevilsam”(1983), “Vechni’y mir” (roman v stixax, 1984), “Saz” (rus tilida, 1984), “Sen bir gulsan” (1989), “Ona duosi” (1994), “Saylanma” (1997) “Men o‘zim, o‘zim”(2011) she’riy kitoblari alohida ajralib turadi.Adib ijodida “Mashrab” (1966), “Gumbazdagi nur” (1967), “Beshgul” (1969), “Oshiqlar ertagi” (1975) dostonlari, “Boqiy dunyo” (1979) she’riy romani salmoqli o‘rin egallaydi. “Sarbadorlar” (1989) roman-dilogiyasi, “Ulug‘ saltanat” epopeyasi ‒ “Jahongir Mirzo” (2003), “Umarshayx Mirzo” (2006), “Mironshoh Mirzo” (2010), “Shohruh Mirzo” (2013), “Abadiy sog‘inchlar” (2005) roman-xronikasi o‘quvchilarning sevimli asarlariga aylangan. “Ulug‘bek Mirzoning so‘nggi kuni” (2001), “Masposhsho va Oyparcha” (2002), “Hindiyona afsona” (2006), “Navoiy va Boyqaro”(2015) pyesalari ham adib qalamiga mansubdir.
Muhammad Ali bolalar uchun ham ijod qiladi. Uning “Ninachi haqida ertak” (1976), “Uch oltin g‘isht”(2015) kitoblari nashr etilgan.Muhammad Alining “O‘z-o‘zingni anglab yet” (1988), “Haqiqatdan chekinma, tarix!” (1990), “Qafasdagi bulbullar” (1996), “Amir Temur chamani”(2003), “Amir Temur va Yildirim Boyazid”(2007), “Tarix saboqlaridan xulosalar chiqarib yashaylik”(2014) nomli esselarida tariximizning dolzarb masalalari haqida bahs yuritadi. “Oshiq bo‘lmay, Haq diydorin ko‘rsa bo‘lmas” (1992), “Men ko‘rgan Amerika” (2000), “Amir Temur chamani” (2006), “Zamondoshim portretiga chizgilar”(2012,) “Oq laylak”(2015) kabi publitsistik ruhdagi kitoblari o‘quvchilar tomonidan qizg‘in kutib olindi.O‘zbek adabiyotida Sohibqiron Amir Temur siymosining yaratilishi, uning xalqimiz suyadigan obrazlar qatoriga ko‘tarilishida Muhammad Alining xizmatlari beqiyosdir. Ijod yo‘lining boshidayoq bu mavzuga tabu qo‘yilganiga qaramay, adib jasorat ko‘rgizib, Amir Temur haqida she’rlar yozdi, keyinchalik maktab darsligiga kiritilgan “Gumbazdagi nur” dostonini yaratdi, maqola va esselarini e’lon qildi. “Sarbadorlar”(1989) roman-dilogiyasida hali mustamlaka davrida o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib prozada Amir Temur siymosini tasvirlab berdi, so‘ng dadillik bilan “Ulug‘ saltanat” tarixiy epopeyasini yaratishga kirishdi va bu borada yigirma yil mehnat qildi. Epopeyada o‘zbek xalqining XIV asrdagi turmush-hayoti tasvirlanarkan, tarixiy hodisalar oqimida Amir Temur obrazining tadrijiy o‘sib borishi, uning xarakteridagi adolatparvarlik, halollik, mardlik va vatanparvarlik fazilatlari ko‘rsatib berilgan.Adib “Tanlangan asarlar”ining 3 jildi bosilib chiqdi. Badiiy tarjimada ham adib faollardan hisoblanadi. Hind eposi “Ramayana” (1978), qoraqalpoq eposlari “Shahriyor” (1977), “Masposhsho” (1985), shuningdek, Hoqoniy, Gyote, Byorns, Shiller, Bayron, Pushkin, Lermontov, Maxtumquli, Berdaq, Abay, Tagor, R. Hamzatov asarlaridan namunalar ham Muhammad Ali tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan. U “Shahriyor” eposi tarjimasi uchun Berdaq nomidagi mukofotga loyiq ko‘rilgan(1984).Adib – filologiya fanlari nomzodi (1992). Uning asarlari jahonning yigirma beshdan ortiq tillariga tarjima qilingan. Adibning “Abadiy sog‘inchlar” roman-xronikasi ingliz tiliga tarjima qilinib Toshkentda chop etildi (2006), “Jahongir Mirzo” va “Umarshayx Mirzo” romanlari rus tilida(2015–2016), “Jahongir Mirzo” turk tilida nashr etilgan(Stambul, 2008).Muhammad Alining pedagogik faoliyati ham diqqatga sazovor. U o‘n uch yil davomida (1992–2005) AQSHning Vashington universiteti talabalariga o‘zbek tili va adabiyotidan dars berdi.O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali “Mehnat shuhrati”(1999), “El-yurt hurmati”(2014) ordenlari bilan mukofotlangan. “Ulug‘ saltanat” tarixiy roman-dilogiyasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan (2007).
Yozuvchi Nosir Fozilov 1929 yili Qozog‘istonning Chimkent viloyatiga qarashli Turkiston tumanining Qorachiq qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi. Buvasi Tursunmuhammad a’lam esa G‘urbatiy taxallusi bilan she’rlar yozgan. Kamiy, Xislat, Sidqiy Xondayliqiylar bilan hamnafas, hamfikr bo‘lib, Toshkentda uning uchta she’riy kitobi chop etilgan.Nosir Fozilovning bolaligi urush davriga to‘g‘ri kelganligi uchun ham o‘qib, ham mehnat qilgan. Shu tufayli u o‘z tengdoshlaridan ancha kech, ya’ni, 1949 yilda o‘rta maktabni tugatadi. So‘ng Toshkentga kelib, O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet)ga o‘qishga kiradi va uni 1954 yilda tugatadi. Shundan so‘ng «Gulxan», «Sharq yulduzi» kabi jurnallarda, nashriyotlarda turli lavozimlarda ishlaydi.Nosir Fozilovning ko‘plab asarlari o‘zga tillarga ham tarjima bo‘lib, nashr etilgan. U 1994 yili o‘zbek va qozoq adabiy aloqalari borasidagi katta xizmatlari uchun Qozog‘iston Prezidenti ta’sis etgan «Tinchlik va ma’naviy hamjihatlik uchun» xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgan.Adibning birinchi hikoyasi 1953 yilda bosilgan bo‘lsa, birinchi kitobi 1959 yilda «Irmoq» nomi bilan chop qilinadi. So‘ngra «Oqim» (1962), «Robinzonlar» (1964), «Qush qanoti bilan» (1965), «Qorxat» (1968), «Ko‘klam qiyoslari» (1970), «Diydor», (1979), 2 jildlik «Tanlangan asarlar» (1983-1986), «Bir otar to‘pponcha» (1995) kabi o‘nlab kitoblari nashrdan chiqadi.Nosir Fozilov tarjimon sifatida, ayniqsa, samarali ijod qildi. U Abay, Muxtor Avezov, Sobit Muqonov, G‘abit Musrepov, G‘abiden Mustafin, Abdulla Tojiboyev, Abdijalil Nurpeisov kabi ko‘plab qozoq adiblari asarlarini o‘zbekchaga ag‘darib, nashr ettirdi. Shuningdek, qirg‘iz, qoraqalpoq va o‘zga tillardan ham ko‘plab sara asarlarni o‘zbekchalashtirdi.Uning ana shu ijod sohasidagi samarali mehnati zoye ketmadi. 1985 yilda unga «Shum bolaning nabiralari» kitobi uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining G‘.G‘ulom nomidagi, 1986 yilda esa qozoq adabiyotidan qilgan tarjimalari uchun Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasining Bayimbet Maylin nomidagi, «Ustozlar davrasida» asari uchun esa Hamza nomidagi Davlat mukofoti berildi. 1990 yilda u O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi unvoniga sazovor bo‘ldi.Yozuvchi Nosir Fozilov adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga 50-yillarning ikkinchi yarmida kirib kelgan bo‘lib, hozirgacha jami yetmishdan ortiq kitob chop ettirdi. Bular orasida o‘ttizga yaqini original asarlar, qolganlari tarjimalardir. Yozuvchi 2018 yil 13 yanvarda vafot etgan.
Dostları ilə paylaş: |