O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi


Aqliy hujum uchun savollar



Yüklə 494,64 Kb.
səhifə10/65
tarix07.09.2023
ölçüsü494,64 Kb.
#141951
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi-fayllar.org

Aqliy hujum uchun savollar.
1. G’afur G’ulom bolalar uchun qanday asarlar tuhfa etgan?
2. Ikkinchi jahon urushi yillarida G’afur G’ulom ko’proq qaysi sohada ish olib bordi?
3. Tabiatni asrash, mehnatni ulug’lash mavzusidagi she’rlarini tahlil qiling.
4.“A’lochi Sodiq”, “Sinov”, “Mening orzuim” she’rlari qaysi yoshdagi bolalar kitobxonligiga kiradi?
5“Temirlar o’yinida” she’rida mehnat qurollari qanday ta’riflanadi?


Asosiy adabiyotlar :
1.Safarov O. Barakayev R. Jamilova B. Bolalar adabiyoti.Buxoro. „Durdona”nashriyoti. 2019.

2.Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti.-T.; O`qituvchi. 2001.


3. O’zbek va chet el bolalar adabiyoti. –Toshkent. O’zbekiston.2002
5-MAVZU: ISTIQLOL DAVRI O’ZBEK BOLALAR ADABIYOTI


REJA:
1.Istiqlol davri o’zbek bolalar adabiyotining mavzu ko’lami
2.Istiqlol davri bolalar she’riyati.
3.Istiqlol davri bolalar nasri.
4.Istiqlol davri bolalar dramaturgiyasi


Tayanch tushunchalar: Farhod Musajonning «Sunbula», «Bog‘ ko‘chamni qo‘msayman», «Soz va qilich» «Kuymagan jonim manim» degan qissalari tahlili, Farhod Musajonovning «Bo`sh kelma, Aliqulov» qissasida kichkintoylar ma’naviy olamining talqini. “Qo’lni qo’lga beraylik”, “Vatan o’g’li”, “Bedananing buvisi” she’rlari tahlili


Farhod Musajonov 1933 yil dekabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan. ToshDUning sharq fakultetini tamomlagan (1956). Birinchi hikoyasi — «Daradagi qishloqda» (1959). Uning «Oftobni quvalab» (1963), «Bo‘sh kelma, Aliqulov!» (1965), «Bir qultum buloq suvi» (1972), «Dushanba, nonushtadan so‘ng» (1974), «Bog‘ ko‘chamni qo‘msayman» (1977), «Qilich va soz» (2000), «Lafz» (2003) kabi qissalari va bir kancha hikoyalari bor. Hozirgacha uning «Bahor nafasi» (1964), «Himmat» (1984), «Bog‘ ko‘cha» (1987) kabi hikoya va qissalardan iborat 30 ga yakin to‘plami nashr etilgan. Bundan tashqari u dramaturgiya sohasida ham samarali ijod qilgan («Oq kabutar», «Talvasa» va boshqalar). SHuningdek, «Jazirama oftob ostidagi uy», «Birovning boshi», «Ko‘zlarim yo‘lingda», «Huvaydo», «So‘nmas ziyo» kabi stsenariylar muallifi hamdir.«SHuhrat» medali bilan taqdirlangan (2000). 2013 yil 28 may kuni Toshkent shahrida vafot etgan. Ijodni bolalarga hikoya yozishdan boshlagan. «Daradagi qishloqda» degan birinchi hikoyasi 1956 yili «SHarq yulduzi» jurnalida bosilib chiqdi. Birinchi hikoyalar to‘plami ham shu nomda 1959 yili chop etildi. SHundan buyon bolalarga 60 dan ziyod hikoya, uchta qissa yozdi, 15 tadan ortiq kitob nashr ettirdi. Ulardan «Orzuga ayb yo‘q», «Bo‘sh kelma, Aliqulov», «Bir qultum buloq suvi» sarlavhali qissalar va turli yillarda yozilgan hikoyalar o‘rin olgan.
Kattalarga yozishni hajviy hikoyalardan boshlagan. Biroq keyinchalik uni ko‘proq jiddiy mavzular qiziqtira boshladi. SHu sabab qissalar, pesalar, ssenariylar yozishga kirishdi. «Sunbula», «Bog‘ ko‘chamni qo‘msayman», «Soz va qilich» «Kuymagan jonim manim» degan to‘rtta qissa, o‘ndan ortiq pesa, yigirmaga yaqin ssenariylar yaratdi. “Katta janrlarga berilib ketib, hech qachon hajviy hikoyalar yoki bolalarga yozishni kanda qilmaganman, o‘qtin-o‘qtin bo‘lsa-da, bolalarga ham hajviy hikoyalar yozib turaman.CHamalab ko‘rsam, kattalarga yuztacha hikoya bitibman, ular qissalarim bilan birga o‘n oltita to‘plam holida chop etildi. Jami bolalar va kattalarga bag‘ishlangan kitoblarim soni o‘ttizdan oshiq.Men asarlari ko‘plab xorijiy tillarga tarjima qilingan adiblardan emasman. Nari borsa o‘nga yaqin tilga ag‘darilgandir bitiklarim. Biroq bu hol meni aslo ranjitmaydi. CHunki asarlarim avvalo o‘z xalqimga manzur bo‘lishini istayman. Zero, o‘z xalqingga manzur bo‘lgan asargina boshqa xalqlarning ham diqqat-e’tiborini tortishi mumkin.”
Miraziz A’zam o‘zbek she’riyatida o‘zining munosib o‘rniga ega ijodkor. U 1936 yili Toshkentda tavallud topgan. Uning ijodi talabalik yillaridayoq boshlangan. Uning birinchi she’ri 1960 yilda «G‘alati tush» nomi bilan chop bo‘lgan. Ijodining dastlabki pallasida bolalar shoiri sifatida mashhur bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik kattalar uchun ham bir qator salmoqli she’riy guldastalar yaratgan. Jumladan, «Sevaman» 1977), «Tuyg‘ular» (1980), «Sabot» (1983) kabi to‘plamlaridagi ko‘pchilik she’rlar o‘zining hayotiy va jozibaliligi bilan o‘quvchi qalbini zabt etadi.Adib mohir tarjimon, adabiyot va madaniyatning hormas targibotchisi ham. Uning turk, rus, nemis adiblaridan qilgan tarjimalari, ayniqsa, islom madaniyatiga oid tarjimalari qo‘pchilik mutaxassis va oddiy o‘quvchi ixlosini orttirdi.Miraziz akaning keyingi ijodi ham sermahsul, serfayz bo‘lishiga ishonamiz va unga sihat-salomatlik,yangi ijodiy yutuqlar tilab qolamiz..Miraziz A’zam xotiralari:

Yüklə 494,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin