O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi



Yüklə 494,64 Kb.
səhifə16/65
tarix07.09.2023
ölçüsü494,64 Kb.
#141951
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi-fayllar.org

Aka-uka GrimmlarJacob (1785. 4.1, Xanau sh. - 1863.20.9, Berlin) Wilhelm Grimm (1786.24. 2, Xanau sh. — 1859.16.12, Berlin) — nemis filo-log olimlari. Marburgda yuridik ma’lumot olishgan. A.-u.G.ning ilmiy-pe-dagogik faoliyati Gyottinggen universitetida boshlangan. 1837 yilda konstitutsiya qonunlariga rioya qilmagani uchun Gannover qiroliga qasamyod qilishdan bosh tortishgan va universitet professori la-vozimlaridan chetlatilgan. 1841 yildan Berlin universitet professorlari va Prussiya FA a’zolari sifatida faoliyat olib borishgan. A.-u.G. nemis romantiklarining Geydelberg guruhiga mansub bo’lib, o’rta asrlar nemis yozma madaniyati namunalarini e’lon qilishgan va shu davrda yashagan min-nezinger va meysterzingerlar ijodini o’rganishgan. A.-u.G. nemis folk-lorshunosligida mifologik maktabga asos solganlar, xalq ijodini, til-shunoslikka oid ishlarida bo’lganidek, qiyosiy metod asosida o’rganganlar. "Nemis mifologiyasi" (1835) kitobi va hayvonot eposining paydo bo’lishi haqidagi nazariyasi nafaqat nemis folklori, balki turli xalqlar mifologiyasini o’rganishda muhim rol o’ynagan. Har biri 2 j.dan iborat nemis xalq ertak va rivoyatlari ("Bolalar va oila ertaklari", "Nemis rivoyatlari")ning nashr etilishi A.-u.G. ning eng katta xizmati hisoblanadi. Ular ertak va rivoyatlarni yozib olishda xalq tili va fantaziyasining o’ziga xosligini to’la saqlab qolishni folklorshunoslikning asosiy tala-bi, deb bildilar va har bir ertakka bergan izohlarida shu ertaklarning Yevropa xalklari folkloridagi barcha nusxalarini qayd etishga intildilar. Ularning fikriga ko’ra, ertaklar olamidagi mushtaraklik "otamif" ning mavjudligi va uning yagona ajdodning merosi sifatida turli xalqlar o’rtasida tarqalganligi bilan izohlanadi. Bu mifologik nazariya uzoq yillar mobaynida hukm surganiga qaramay, keyingi vaqtda o’z tasdig’ini topmadi. A.-u. G. filolog olimlar sifatida 2 j.li "Nemis tili tari-xi" (1848) va 4 j.li "Nemis gramma-tikasi" (1819—37) tadqiqotlarini ham yaratganlar. A.-u.G.ning ertaklari jahon xalklarining ko’plab tillariga tarjima qilingan va bu ertaklar asosida teatr, kino, musiqa va tasviriy san’at asarlari yaratilgan.Yakob Grimm(1785-1869) va VilgelmGrimm (1786-1859) Margburg universitetida o`qib yurgav-n choglaridayoq nemis tarixi va madaniyati, huquq va morfologiyasi, xalq og`zaki ijodi hamda til va adabiyot bilan shug`ullana boshladilar. O`qish ,o`z ustlarida qattiq ishlash Grimmlar uchun baxt yo`li bo`ldi. Ular avval Gettengen keyinchalik esa Berlin universitetining professorlari bo`ldilar. Yakob nemis tili tarixi grammatikasi bilan mifologiyani, Vilgelm esa nemis adabiyoti va xalq og`zaki ijodini o`rgana boshladilar. Nemis xalq og`zaki ijodining gullab-yashnashiga, olam kezishiga bir ko`prik yasadilar. Nihoyat, 1812yilda grimmlar tomonidan yaratilgan ertaklarning birinchi jildi “Bolalar va oilaviy ertaklar” yuzaga keldi. 1815 yilda ikkinchi jild, 1822-yilda esa har ikkala jildni umumlashtiruvchi, uchinchi jild bosilib chiqdi. Grimmlar ertaklarining ko`pchilik qismini bevosita ertak aytuvchilardan tinglab, ba`zilarini esa dehqonlar bilan suhbatlashib yozib oladilar.Xalqdan olingan ertaklarinng har biri Grimmlar tomonidan qayta ishlanib, badiiy tus berilib, yana xalqqa qaytariladi. Grimmlarning uch jildli kitoblariga ikki yuzdan ortiq ertaklar jamlangan bo`lib, unda mualliflar ko`proq afsonaviy, maishiy va hayvonlar haqidagi ertaklarni umumlashtirishga harakat qiladilar. Har bir ertakda saxiylik, mehnarsevarlik, botirlik kabi fazilatlar bilan birga, qo`rqoqlik ustida kulish, dangasalik va yolg`onchilikni qattiq qoralash birinchi o`rinda turadi. Shunisi ham quvonchliki, ko`pincha, bu ertaklarning asosiy qahramonlarishoh va shahzodalar emas, balki kambag`al beva-bechoralaring o`g`il-qizi, cho`pon yoki askar bo`ladi.Ular o`zlarining ibratomuz ishlari bilan ertak tinglovchiad chuqur taassurot qoldiradilar. Aql bilan ish ko`rish, bilimdonlik mavzulari “Tilla g`oz” ,”Shishadagi arvoh”, “Uch aka-uka” ertaklarida yaxshi aks ettirilgan. Grimmlarning dunyoga mashhur bo`lgan “Zolushka”, “Qorqiz” ertaklarining qahramonlari hammadan turtki yeydigan so`kish eshitadigan va eng pastm qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar bo`lib, ertak davomida o`zlarining halol mehnatlari, yoqimli so`z va tabassumlari bilan baxtiyor bo`ladilar. “Yalqov Geys”, “Gansning baxti”, “Botir tikuvchi”, “Yosh pahlavon”, “Bremen musiqachilari” kabi ertaklari o`zbek bolalarining ham sevimli asarlariga aylanib qolgan.Folklor to‘plovchi aka-uka Vilgelm va Yakob Grimmlar ertaklarga xalq madaniyatining bir ko‘rinishi sifatida baho berar, ularni xalq tasavvuri va og‘zaki ijod namunasi sifatida asrab qolishga harakat qilar edilar. Aka-uka Grimmlar ilmiy izlanishining asosiy prinsipi – ertaklarning nafaqat mazmuni, syujeti rivojlanishi, yo‘nalishi, g‘oyasini, balki uning betakror tilini ham asrab qolishdan iborat. Ular to‘plagan ertaklar turli manbalardan olingan bo‘lib so‘zlab beruvchining til bo‘yoqdorligi, koloriti, maishiy realiyalar, uslubi va ohangi bo‘yicha bir-biridan farq qilar. Bunday xilma-xillikka qaramay aka-uka Grimmlar ularni tahrir qilishni uddaladilar: ertaklarning ruhi, tuzilishi va bir kishi tomonidan so‘zlab berilganligini tasavvur qilish imkoni yaratildi.Vilgelm va Yakob Grimmlar dunyo bolalariga “Qorqiz”, “Zolushka”, “Qizil shapkacha”, “Bo‘ri va echki bolalari”, “Ayoz xonim”, “Uch og‘a-ini”, “Oppog‘oyim va yetti mitti”, “Bremen mashshoqlari”, “Rapunsel”, “Jasur tikuvchi”, “Aka va singil”, “Qurbaqa-qirol” kabi ertaklarni armug‘on etdilar. Ko‘rgazmada ularning turli yillarda rus, o‘zbek, nemis tillarida nashr etilgan ertaklari, “Ajoyib insonlar hayoti” rukni ostidagi va “Bolalar uchun ensiklopediya” kitoblari o‘rin olgan. XVIII-XIX asrlar oralig‘ida Yevropada hukm surgan romantizm davri namoyondalari aka-uka Yakob (1785-1863) hamda Vilgelm (1786-1859) Grimmlarning ertaklariga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar bolalikning beg‘ubor olamiga qaytish, nemis xalqining og‘zaki ijodi, ajoyib ertaklari va dostonlari bilan yaqindan tanishish, shuningdek, ertakchilarning nemis grammatikasi rivojiga qo‘shgan xissalari haqida ham boy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Daniyaning jahonga mashhur ertakchisi Hans Andersen 1805 yilda Odens shahrida dunyoga keldi. Bolaning otasi kavushdo‘z, onasi esa kir yuvuvchi bo‘lib ishlar edi. Shuning uchun Hans kambag‘allar maktabiga o‘qishga kiradi. Oradan uncha ko‘p vaqt o‘tmay, ularning oilasi Kopengagenga ko‘chadi. Bolaning yashash sharoiti va o‘qishi bu yerda ancha-muncha yaxshi bo‘ladi. Bo‘lajak yozuvchi 1823-yilda Slagels maktabiga o‘qishga kiradi, undan keyin Xelsingyorda ta’lim oladi. 1828 yilda esa Kopengagen universitetiga o‘qishga kiradi.Andersen juda ko‘p mamlakatlarni kezib chiqadi. Fransiya, Shveysariya, Italiya, Gretsiya va Ispaniya singari joylarga sayohat qiladi. Andersenning ijodi 20 yillarning boshlaridan boshlanadi. U dastlab lirik she’rlar, roman, drama, yo‘l ocherklari, biografik etudlar yaratadi.“Daniyalik Xolger”, “Qor malikasi”, vatanparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan “Daniya – mening vatanim”, ozodlik g‘oyasi mujassamlangan “Soqchi”, “Shilyon asiri” va boshqa she’rlari she’riy janrida yaratgan eng sara asarlari jumlasiga kiradi.Andersen o‘z romanlarida (“Improvizator”, “O. T” bo‘lgan yoki bo‘lmaydi”) zamonasi uchun juda muhim bo‘lgan voqealarni qamrab olishga harakat qiladi.Uning ijodi ko‘p qirrali va rang-barangdir. Ayniqsa, tarix va ertak asarlari yosh kitobxonlar uchun maroqlidir. “Ertaklar” (1835–1855), “Yangi ertaklar” (1843–1872) va boshqa kitoblari Andersenning nomini juda mashhur qildi va uni jahonga tanitdi.Andersen bu kitoblarni yaratishda xalq og‘zaki ijodidan unumli foydalandi, ularning orzu-umidlarini qog‘ozga tushirishga harakat qildi. Ertaklardagi xarakter va jonli nutqni yanada mukammallashtirishga erishdi. Shuning uchun Andersen yaratgan ertaklar sodda, kitobxon uchun tushunarli bo‘lish bilan birga, o‘quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ham ega.Andersen ertaklarida ko‘pincha bosh qahramon shahzoda ham emas, malika ham emas, balki oddiy mehnatkash xalqdir. Ular o‘zlarining samarali mehnati, aql-idroki, axloq-odoblari bilan kitobxon tahsiniga muvaffaq bo‘ladilar. Uning “Qo‘ng‘iroqli girdob”, “Kumush tanga”, “Kolbasa sixidan sho‘rva”, “Go‘ng qo‘ng‘iz” va boshqa ertaklari fikrimizga yorqin misol bo‘la oladi. Ertakchining “Qo‘ng‘iroqli girdob” asarini olib ko‘raylik. Unda asrlar mobaynida ezilgan, og‘ir mehnat va zulmdan tinka-madori qurigan mehnatkash xalq vakili Blakenning o‘z xo‘jasiga qarshi turishi kitobxonni quvontiradi.“Bolalar gurungi” asarida hech kim taqdirini, kichkintoy o‘sib-ulg‘aygach kim bo‘lib yetishishini bilishi mumkin emasligini, bu ko‘proq o‘sha bolaning o‘ziga, intilishiga, kattalarning ibratomuz pand-nasihatlariga quloq solishiga bog‘liq ekanligini o‘qiymiz.Shohona qasrga to‘plangan bir to‘da bashang kiyingan aslzoda bolakaylar qasrni to‘ldirib maqtanishar, ota-onalarining hisobsiz boyliklari bilan quvonishar, kelajakda ota-onalaridan ham badavlatroq bo‘lish uchun harakat qilishlarini kibor bilan ta’kidlar edilar. Bu boy-badavlat bolalarning bir-birlariga gap bermay maqtanishlarini yirtiq-yamoq kiyim kiyib olgan bir kambag‘al bola tinglab, xo‘rsinar, “bularga yetish bizga yo‘l bo‘lsin”, deb qo‘yar edi, o‘zicha.Yillar o‘tib o‘sha juldur kiyimli bola yaxshi o‘qib, rassom bo‘lib yetishdi, mamlakatda eng boy odamlardan biriga aylandi, o‘ziga munosib bir qasr qurdirdi. “Qasr hamda uning ichidagi xazinani ko‘rish”ni hamma istardi.Ertakchining “No‘xat ustidagi malika” asari ham yosh kitobxonning kulgisini qistatadi, ham tannoz malikaga qahrg‘azabini qo‘zg‘atadi.
Bir shahzoda haqiqiy malikaga uylanish uchun butun yer yuzini, shahar-u qishloqlarni qidirib hech qayerdan haqiqiy malikani topa olmaydi. Hafsalasi pir bo‘lgan, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgan shahzoda qasrga qaytadi.Kunlardan bir kuni ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan mo‘jiza yuz berdi:“Bir oqshom havo aynigandan aynibdi: shundoq chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gulduros solibdi, yomg‘ir chunonam chelaklab quyib beribdiki, dahshatning o‘zginasi.To‘satdan shahar darvozasi taqillab qolibdi. Keksa qirol borib darvozani ochibdi.Darvozada malika turardi. Yo qudratingdan, uni nimaga o‘xshatish mumkin! Suv malikaning sochlari, ko‘ylaklaridan sharillab oqib, to‘ppa-to‘g‘ri boshmoqlarining uchlariga, tovonlariga tushardi, u bo‘lsa pinagini buzmay, “Men haqiqiy malikaning xuddi o‘ziman, derdi”.Malikani sinab ko‘rish ishlari ham g‘alati bo‘ladi. Tunda qirq qavat ko‘rpa ostiga bitta no‘xatni yashirib, joy solib beradilar. Tannoz oqbilak qiz ertalab o‘rnidan turar ekan, “Qanday uxlab turdingiz?” deyilgan savolga nolish, ichki dard bilan javob beradi:Ey, juda yomon! – deydi u. – Ko‘zimni yummadim, desam ham bo‘ladi. Men qandaydir qattiq narsaning ustida yotdim, butun a’zoyi badanim ko‘karib ketibdi. Naqadar dahshat!”Shahzoda qizning haqiqiy malika ekanligini bilib, unga uylanadi.Bolalar, odatda, hayvonlar, parrandalar, hasharotlar haqidagi ertaklarni sevib o‘qiydilar. Andersen yaratgan ertaklarning juda ko‘pchiligi ana shu mavzuni qamrab olishi bilan ham xarakterlidir.“Dyumchaxon”, “Irkit o‘rdakcha”, “Botqoqlik shohining qizi”, “Baqa”, “Burga bilan professor” singari ertaklari o‘zbek kitobxonlarining ham sevimli asarlariga aylanib ketgan.Xullas, Daniya ertakchisi Hans Kristian Andersenning ijodi uzoq yillardan beri yosh kitobxonlarga zavq-shavq bag‘ishlab kelmoqda.

Yüklə 494,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin