O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi


Nikolay Alekseyevich Nekrasov



Yüklə 494,64 Kb.
səhifə17/65
tarix07.09.2023
ölçüsü494,64 Kb.
#141951
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi-fayllar.org

Nikolay Alekseyevich Nekrasov [1821.28.11 (10.12), Podolsk gubernyasi, Nemirov-Vinnitskiy uyezdi — 1877.27.12 (1878.8.1), Peterburg] - rus shoiri. Yaroslavl gimnaziyasida ta’lim olgan (1832—37), Peterburg universitetida erkin tinglovchi bo’lgan (1839— 40). "Orzular va sadolar" (1840) nomli ilk she’rlar kitobi tanqidchilar tomonidan takdidiy she’rlardan iboratto’plamsifatidabaxrlangan. N. 1841 yilda "Literaturnaya gazeta" va "Otechestvennie zapiski" jurnali bilan hamkorlik qilib, ularda hikoya va qissalardan tashqari tanqidiy maqolalar ham e’lon qilgan. N.ning "Vatan", "Yo’lda" (1845) she’rlari va "Ayoz" dos-toni (1863) da boylar va kambag’al deh-qonlar hayoti aks etgan.V. G. Belinskiy va uning maslakdosh do’stlari N. dunyoqarashida xalqparvarlik qarashlarining paydo bo’lishida muhim rol o’ynadi. Bu hol N.ning "Sovremennik" jur. noshiri va muharriri bo’lgan vaqtda (1847—66), ayniq-sa, yorqin namoyon bo’lib, mazkur jur. inqilobiy-demokratik tafakkur minbariga aylandi. N.ning shu davrda yaratgan she’rlarida xalqning og’ir turmushi manzaralari, ziyolilarning ruhiy qayotidagi charchokdik ohanglari o’z ifodasini topdi. "She’rlar" to’plami nashr qilingan (1856). Qishloq mavzuidagi "O’y", "Kalistrat" she’rlari, "Dehqon bolalari" (1861), "Gazlamafurushlar" (1861) dostonlarida shoirning rus dehqoniga muhabbati aks etgan.U hayotining so’nggi o’n yili "Otechestvennie zapiski" jur. bilan bog’liq. N. shu davrda "Rusiyada kim yaxshi yashaydi" (1866—76) dostoni ustida ishladi, dekabristlar va ularning xotinlari to’g’risida dostonlar yezdi ("Bobo", 1870, "Rus ayollari", 1871—72). N.ning so’nggi she’rlarida do’st-yorlarining olamdan o’tishi, rus jamiyatidagi tanazzul va o’zining og’ir xastalikka yo’liqqanligi bilan bog’liq mungli ohanglar ustuvorlik qiladi. Ammo shu bilan birga uning ayrim she’rlarida Rossiyaning kelajagiga umid tuyg’ulari ham yo’q emas.N. ijodida rus ozodlik harakatining V. G. Belinskiy, A. I. Gersen nomlari bilan bog’liq inqilobiy-demokratik bosqichi o’z tajassumini topdi. Xalqning mushkul ahvoli, uning ham ijtimoiy tuzum, ham shafqatsiz mulkdorlar tomonidan ezilib, kaddi dol bo’lgani tas-viri N.ning butun ijodi osha "kizil ip" bo’lib o’tadi. Uning lirik qahramoni xalqning ayanchli ahvolda turmush kechirayotganini ko’rib iztirob chekadi, bu xalqni baxtsaodat manzillariga olib borishga, milliy taraqqiyot dovonlari sari yetaklashga ojizlik kilishini se-zib, yanada eziladi. Lirik qahramon kechinmalaridagi ana shu ojizlik ohangi shoirning xastaligi og’irlashgan sayin tobora kuchayib borgan.Nekrasov rus mumtoz she’riyatining boshqa buyuk namoyandalaridan birinchi navbatda xalqchilligi, ijodida xalqning umumlashgan obrazi ustuvorlik kilishi bilan farqlanadi. U xalq deganda dastavval mulkdorlar zulmi tufayli xorzor yashayotgan mujiklarni nazarda tutadi, ular hayotining noxush man-zaralarini tasvirlaydi. Ammo shu bilan birga 19-asr o’rtalarida shakllana boshlagan ilg’or rus ziyolilarining ijtimoiy qarashlarini ham asarlariga singdirishga, bu ziyolilarni shu xalqning kamchil, ammo peshqadam qismi ekanligini ko’rsatishga urinadi.Sovet davrida N. ijodida, bir tomondan, 19-asrdagi rus jamiyati hayotidagi salbiy tamoyillar —"turmush prozasi" tasviri ustuvorlik qilgani, ikkinchi tomondan, dekabristlar va ular xotinlarining obrazi katta mexr bilan yaratilgani uchun shoir hayoti va ijodiy faoliyatini o’rganishga alohida e’tibor berildi. Ayni paytda na-faqat rus, balki qardosh xalqlar she’riyatida ham N. an’analarining davom ettirilishi va rivojlantirilishi talab etildi. O’zbek shoirlari shunday sharoitda N. ijodiga xos faqat bir fazilat — xalqchillikdan ibrat olishga harakat qildilar. N. asarlarining o’zbek tiliga asosiy tarjimoni Mir-temir shu masalada rus shoiri an’analarini rivojlantirib, o’zbek she’riyatining milliy o’ziga xosligini ta’minlashga ulkan hissa qo’shdi.N. asarlari o’zbek tiliga Mirtemir, Zulfiya va boshqa shoirlar tomonidan tarjima qilingan.Og‘ir xastalikdan keyin vafot etgan Nekrasovni dafn etish marosimiga, zamondoshlarining yozishlaricha, nihoyatda ko‘p odam yig‘iladi. Asarlari xususidagi bahs hatto ochiq qabr ustida ham davom etgan. Fyodor Dostoevskiy o‘z so‘zida, ‘‘Marhum iqtidor jihatdan Pushkindan kam emas edi” deganida, yig‘ilgan yoshlar, “Ortiq! Ortiq edi!” deb qichqirganlar.O‘z hayoti va ijodini Vatani, xalqiga baxshida etgan buyuk rus shoiri Nikolay Alekseevich Nekrasov 1821 yilning 10 dekabrida tug‘ildi, bolaligi YAroslavl guberniyasidagi Greshnovo qishlog‘ida o‘tdi. U dastlab, YAroslavl gimnaziyasida, so‘ng Peterburg uni-versitetida o‘qidi. Ammo iqtisodiy tanglik universitetni erta (1841 y.) tashlashga majbur qildi. SHu yili unga boshqa bilimgoh – Peterburg Adabiy to‘garaklarining eshigi ochildi. Bu to‘garaklarda besh yil adabiy saboq oldi.Bu yillarda u Belinskiy, Chernishevskiy, Dobrolyubov kabi demokrat ziyolilar bilan yaqindan tanishdi, ularning xalqparvar g‘oyalaridan bahramand bo‘ldi, shu kishilar ta’sirida shaxs va shoir sifatida shakllandi. 1856 yili nashr etilgan “SHe’rlar” kitobi unga katta shuhrat keltirdi. Belinskiy Nekrasovning bu yillardagi ijodiga o‘zgacha mehr va e’tibor bilan qaraydi.SHoir asarlariga Chernishevskiy, Dobrolyubov, Pisarev kabi boshqa taraqqiyparvar ziyolilar ham yuqori baho berganlar. Bunday maqtov va e’tiroflarni kutmagan Nekrasov chet eldagi do‘sti Turgenevga, “Kitobim xususida mo‘‘jizalar yozishmoqda, bosh aylanib ketishi hech gap emas… Quloq eshitmagan mashhurlik! Bunday obro‘ni Gogol ham ko‘rmagan” deb yozadi.Darhaqiqat, Nekrasov bu yillarda Rossiyaning eng mashhur shoiriga aylanadi. Bu Vatan va xalqqa qilgan halol, fidoyi xizmatining mukofoti edi. Ammo shoirning isyonkor ijodi mustabid va liberal matbuot vakillariga yoqmadi. Ular shoirni hayotdagi kamchiliklarni bo‘rttirib ko‘rsatishda ayblashdi, har xil g‘iybat va tuhmatlar bilan kamsitishga urinishdi, hujumlar uyushtirishdi. Bu gaplarni eshitgach, u chet eldan Annenkovga, “YOsh bola emasman, nima qilayotganimni yaxshi bilaman. Bundan zo‘rroq hujumlarni ham ko‘rganmiz,” deb yozadi.Nekrasov og‘ir xastalikdan so‘ng 1877 yilning dekabrida vafot qiladi. Dafn marosimiga, zamondoshlarining yozishlaricha, nihoyatda ko‘p odam yig‘iladi. Asarlari xususidagi bahs hatto ochiq qabr ustida ham davom etgan. Fyodor Dostoevskiy o‘z so‘zida, ‘‘Marhum iqtidor jihatdan Pushkindan kam emas edi” deganida, yig‘ilgan yoshlar, “Ortiq! Ortiq edi!” deb qichqirganlar.Nekrasov nafaqat buyuk shoir, u iqtidorli dramaturg, jangovar publitsist, san’atshunos, jurnalist, adib ham edi. Ayniqsa uning jurnalistlik faoliyati e’tiborga loyiq. U 1847–1866 yillarda “Sovremennik”, 1868–1877 yillarda esa, “Otechestvennie zapiski” jurnallariga bosh muharrir bo‘ldi. Bu faoliyatida ham u “xalq mavzusi”ga katta e’tibor beradi, o‘z atrofiga eng yaxshi ijodiy kuchlarni to‘playdi, har ikki jurnalni eng o‘tkir ijtimoiy va siyosiy minbarga aylantiradi.Nekrasov asarlari juda ko‘p tillarga tarjima qilingan. “Rossiyada kim yaxshi yashaydi”, “Vatan”, “Temir yo‘l”, “Mahkama eshigi oldidagilar”, “Mozoringni qildim ziyorat”, “Volgada”, “Bobo” kabi asarlari barcha she’r muxlislarining, shu jumladan, o‘zbek kitobxonlarining ham sevimli asarlariga aylanib ketgan. Masalan, 1958 yilda shoirning “Tanlangan asarlar” kitobining o‘zbek tilida nashr etilishi ham bu fikrimizni tasdiqlaydi. Mazkur kitobga kirgan asarlarni o‘zbek tiliga Mirtemir, Zulfiya, Mamarasul Boboev, Ramz Bobojon, Turob To‘la, Nasrullo Oxundiy kabi shoirlar tarjima qilgan edilar. Bu asarlarning hamon sevilib o‘qilishi ular hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ko‘rsatadi. Zero, shoir bor ijodiy zakovatini mazlum xalqning erk va baxt uchun kurashiga bag‘ishladi, bu kurash esa Er kurrasida hamon tugagani yo‘q. SHu jihatdan qaraganda, Nekrasov asarlari bugungi kunda ham ibrat namunasi bo‘lib qola beradi. Eng muhimi, bugungi erkin turmush va mustaqillikning mohiyatini teran anglash va qadrlashga xizmat qiladi.
Tolstoy Lev Nikolayevich [1828. 28.8(9.9), Tula gubernyasi Yasnaya Polyana qishlog’i — 1910.7(20). 11, Lipetsk viloyati, hozirgi Lev Tolstoy bekati; Yasnaya Polyanada dafn etilgan] — rus yozuvchisi. Rossiyadagi kadimiy dvoryanlar sulolasidan, graf. Peterburg FA muxbir a’zosi (1873), faxriy akad. (1900). 1844—47 yillarda Qozon untining arabturk va huquqshunoslik ftlarida o’qigan. 1851—53 yillarda Kavkazda bo’lib, janglarda ishtirok etgan. 1854 yil Dunay armiyasiga yuborilgan; iltimosiga ko’ra, qamaldagi Sevastopolga utkazilgan. Qrim urushida qatnashgan. T. 1855 yilda Peterburgga borib, N. A. Nekrasovnnng "Sovremennik" ("Zamondosh") jurnali va jurnal atrofidagi yozuvchilar (I. S. Turgenev, I. A. Goncharov, N. G. Cherno’shevskiy va boshqalar) bilan hamkorlik qilgan. Bolalik kezlarida rus va arab xalq ertaklari, A.S.Pushkin she’rlari, shuningdek, Yusuf haqidagi Injil rivoyati ta’sirida she’rlar yozgan. Birinchi yirik asari — "Inson kamolotining to’rt davri" avtobiografik asari ("Bolalik", 1852; "O’smirlik", 1852-54; "Yoshlik", 185557; "Yigitlik", yozilmay qolgan). Urush lavhalari va askarlarning maishiy turmushi T.ning "Sevastopol hikoyalari" (1855) to’plamiga kirgan hikoya va ocherklarida o’z ifodasini topgan.50-yillar T. ruhiy hayot lavhalari va maishiy turmush tafsillarini tarixiy voqealarning keng manzarasi, qayotning axloqiyfalsafiy asoslari tasviri bilan uyg’unlashtirishga harakat qiladi. T. ijodida shakllana boshlagan bu ijodiy tamoyil "Kazaklar" qissasi (1863)da, ayniqsa, yaqqol ko’rinadi. Bu asarda o’z in’ikosini topgan xalq hayoti mavzui va voqelikning epik tasviri T.ning 60-yillar ijodida yanada teranlashadi.Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o’rin olgan "Urush va tinchlik" (1863—69) epopeyasi T. ning 60-yillarda ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. Ayrim sovet adabiyotshunoslari garchand bu asarni T.ning o’z davri muammolaridan qochishi, deb baholagan bo’lsalarda, yozuvchi "Urush va tinchlik" romani bilan o’z davrida ro’y bergan va o’zi shaxsan guvoh bo’lgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u Napoleonning 1805—07 va 1812—14 yillardagi harbiy yurishlari mavzuiga murojaat etib, ko’plab qahramonlar ishtirok etgan epik voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uyg’unlashgan tarixiy roman janrini yaratdi. Holbuki, 19-asr o’rtalarida epik asarlar davri utdi, degan fikrlar keng tarqalgan, 60-yillarda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy ziddiyat va kurashlar esa "Urush va tinchlik"dek epopeyaning maydonga kelishi uchun unumli zamin bo’la olmas edi. 1812 yilda Rossiyaning Napoleon qo’shinlari tomonidan bosib olinishi mumkinligi bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaka va sinflarni dushmanga karshi kurash shiori ostida birlashtirdiki, T.ning rus xalqi ongidagi ana shu uyg’onishga murojaat etishi "Urush va tinchlik" romanining yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin vazifasini o’tadi.T.ning 70-yillar ijodida "Anna Karenina" romani aloxdda mavqega ega. "Urush va tinchlik"dan bu romanni yozguniga qadar bo’lgan davrda T.ning rus jamiyatidagi ijtimoiy tenglik va adolat to’g’risidagi orzu umidlari ro’yobga chiqmadi. 60-yillardagi islohot yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda T.ning jamiyat hayotida kechayotgan noxush jarayonlar haqidagi iztirobli o’ylari aks etdi. Romanda Kareninlar, Oblonskiylar va Levinlardan iborat 3 oilaning bir-biri bilan chatishgan, ammo mustaqil syujet chizig’iga ega bo’lgan tarixi tasvir etilgan. T., aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy diniga katta e’tiqod qo’ygan, hayotda ro’y berayotgan voqealarga va kishilarning xattiharakatlariga ham shu din nuqtai nazaridan yondashgan. Uning diniy qarashlari jamiyat va shu jamiyatda yashovchi kishilarga, binobarin, u yoki bu qahramoniga bo’lgan munosabatiga, shakshubhasiz, ta’sir o’tkazgan. T.ning oila masalasiga, chunonchi, Kareninlar oilasida sodir bo’layotgan voqealarga yondashuvida ham diniy qarashlari seziladi. U jamiyat a’zolarida qanday chirkin xislatlar mavjud bo’lmasin, kishilar diniy qonunqoidalar doirasida harakat qilishlari lozim, aks holda jamiyat halokat sari boradi, degan fikrdan kelib chiqib, qaxramonlar obrazini yaratadi.70-yillarda ruhiy iztirob iqdimida yashagan T. o’z hayot yo’lini qayta nazardan o’tkazdi va shu jarayonda ijtimoiy kelib chiqishi, tarbiyasi va hayot yo’li bilan bog’liq jamiyat qatlamining ma’naviy asoslari yolg’onga asoslangan, degan xulosaga keldi. Uning bunday qarashlari "Iqrornoma" (1880) va "E’tiqodim nimada?" (1884) asarlarida o’z ifodasini topdi. T.ning shu davrda yozgan asarlari orasida "Ivan Ilichning ulimi" (1886), "Kreyser sonatasi" (1889) qissalari, ayniqea, e’tiborga loyiq.T. 80-yillarda dramaturgiya janrlarida ham ijod qilib, "Zulmat hokimiyati" (1886) dramasi va "Ma’rifat mevalari" (1890) komediyasini yozadi. Bu asarlarda qishloq axlidagi jaholat, shahar madaniyatining qishloqqa ko’rsatayotgan salbiy ta’siri katta badiiy kuch bilan tasvirlangan.T. dunyoqarashida tobora kuchayib borayotgan ziddiyatlar uning so’nggi yirik asarlaridan biri — "Tirilish" romani (1889—99)da o’z aksini topdi. Xdyotda bo’lib o’tgan oddiy voqea — bir sud jarayoni asosida yaratilgan bu asarda T. ijtimoiy adolatsizlikka asoslangan jamiyatning ichki, ma’naviy asoslarini ochib tashlaydi. Mazkur asardagi kishilar taqdiri bilan voqealarning o’zaro chambarchas bog’likligi masalasi "Hojimurod" (1896— 1904) qissasining ham asosini tashkil etgan.T. dindor yozuvchi sifatida kishilar ruhiyatidagi ziddiyatlarni tasvir etibgina qolmay, o’zi ham jamiyat va kishilar hayotidagi bunday ziddiyat va mayllardan jarohatlanib yashagan. Yozuvchidagi murakkab ruhiy holat uning so’nggi asarlari ("Tirik murda", 1890; "Baldan so’ng", 1903 va boshqalar) da ham aks etgan. T. hayotining Yasnaya Polyanadagi so’nggi kunlari ruhiy iztiroblar po’rtanasida kechdi. U yaqin kishilari to’qigan ig’vo va fasod to’ridan qochib, 1910 yil Yasnaya Polyanadan bosh olib chiqib ketadi va yo’lda shamollab, vafot etadi.O’zbekistonda T. ijodiga qiziqish u hayot paytlardayoq boshlangan. Uning "Odamlar nima bilan tirik?", "Xudo haqiqatni kursa ham tezda ayta olmaydi" makrlalari 1887—1902 yillarda "Turkiston viloyatining gazeti"da o’zbek tilida nashr etilgan. T. haqidagi "Rossiya mamlakatining mashhur yozuvchisi" degan maqola esa 1889 yil shu gaz.da tanikli ma’rifatparvar Sattorxon Abdug’afforov tarjimasida bosilgan. T.ning bolalar uchun yozgan qator hikoyalari Saidrasul Aziziy ("Us todi avval", 1902), Aliasqar Kalinin ("Muallimi soniy", 1903), Abdulla Avloniy ("Birinchi muallim", 1909; "Ikkinchi muallim", 1912) singari jadid ma’rifatparvarlarining o’quv qo’llanmalari va darsliklarida e’lon qilingan hamda usuli savtiya maktablarida o’qitilgan.T. nafakat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar va xalqparvar inson sifatida ham o’zbek jadidlarining e’tiborini uziga jalb etgan. Birinchi o’zbek advokati Ubaydulla Xo’jayev 1909 yilda T.ga uning yomonlikka yomonlik bilan javob bermaslik haqidagi ta’limoti yuzasidan xat yozib, o’sha yilning 5 iyunida undan javob olgan. Islom dinining tanikli arboblaridan biri Abduvohid Qoriyev esa 1910 yil Yasnaya Polyanaga maxsus borib, T. bilan bir necha marta muloqotda bo’lgan. Ammo o’zbek xalqining T. ijodi bilan yaqindan tanishishi 20-asrning 30-yillaridan boshlangan va uning barcha asosiy asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan.
Lev Nikolaevich Tolstoy [1828.28.8 (9.9), Tula gubernyasi YAsnaya Polyana qishlog‘i — 1910.7 (20).11, Lipetsk viloyati, hoz. Lev Tolstoy bekati; YAsnaya Polyanada dafn etilgan] — rus yozuvchisi. Rossiyadagi kadimiy dvoryanlar sulolasidan, graf. Peterburg Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1873), faxriy akademigi. (1900). 1844—47 yillarda Qozon universitetining arab-turk va huquqshunoslik fakultetlarida o‘qigan. 1851—53 yillarda Kavkazda bo‘lib, janglarda ishtirok etgan. 1854 yil Dunay armiyasiga yuborilgan; iltimosiga ko‘ra, qamaldagi Sevastopolga o‘tkazilgan. Qrim urushida qatnashgan. Tolstoy 1855 yilda Peterburgga borib, N. A. Nekrasovnnng «Sovremennik» («Zamondosh») jurnali va jurnal atrofidagi yozuvchilar (I. S. Turgenev, I. A. Goncharov, N. G. CHernыshevskiy va b.) bilan hamkorlik qilgan. Bolalik kezlarida rus va arab xalq ertaklari, A.S.Pushkin she’rlari, shuningdek, YUsuf haqidagi Injil rivoyati ta’sirida she’rlar yozgan. Birinchi yirik asari — «Inson kamolotining to‘rt davri» avtobiografik asari («Bolalik», 1852; «O‘smirlik», 1852-54; «YOshlik», 1855-57; «Yigitlik», yozilmay qolgan). Urush lavhalari va askarlarning maishiy turmushi Tolstoyning «Sevastopol hikoyalari» (1855) to‘plamiga kirgan hikoya va ocherklarida o‘z ifodasini topgan.
50-yillar Tolstoy ruhiy hayot lavhalari va maishiy turmush tafsillarini tarixiy voqealarning keng manzarasi, hayotning axloqiy-falsafiy asoslari tasviri bilan uyg‘unlashtirishga harakat qiladi. Tolstoy ijodida shakllana boshlagan bu ijodiy tamoyil «Kazaklar» qissasi (1863)da, ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi. Bu asarda o‘z in’ikosini topgan xalq hayoti mavzui va voqelikning epik tasviri Tolstoyning 60-yillar ijodida yanada teranlashadi.Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin olgan «Urush va tinchlik» (1863—69) epopeyasi Tolstoyning 60-yillarda ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. Ayrim sovet adabiyotshunoslari garchand bu asarni Tolstoyning o‘z davri muammolaridan qochishi, deb baholagan bo‘lsalarda, yozuvchi «Urush va tinchlik» romani bilan o‘z davrida ro‘y bergan va o‘zi shaxsan guvoh bo‘lgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u Napoleonning 1805—07 va 1812—14 yillardagi harbiy yurishlari mavzuiga murojaat etib, ko‘plab qahramonlar ishtirok etgan epik voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uyg‘unlashgan tarixiy roman janrini yaratdi. Holbuki, 19-asr o‘rtalarida epik asarlar davri o‘tdi, degan fikrlar keng tarqalgan, 60-yillarda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy ziddiyat va kurashlar esa «Urush va tinchlik»dek epopeyaning maydonga kelishi uchun unumli zamin bo‘la olmas edi. 1812 yilda Rossiyaning Napoleon qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi mumkinligi bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaqa va sinflarni dushmanga qarshi kurash shiori ostida birlashtirdiki, Tolstoyning rus xalqi ongidagi ana shu uyg‘onishga murojaat etishi «Urush va tinchlik» romanining yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin vazifasini o‘tadi.Tolstoyning 70-yillar ijodida «Anna Karenina» romani alohida mavqega ega. «Urush va tinchlik»dan bu romanni yozguniga qadar bo‘lgan davrda Tolstoyning rus jamiyatidagi ijtimoiy tenglik va adolat to‘g‘risidagi orzu umidlari ro‘yobga chiqmadi. 60-yillardagi islohot yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda Tolstoyning jamiyat hayotida kechayotgan noxush jarayonlar haqidagi iztirobli o‘ylari aks etdi. Romanda Kareninlar, Oblonskiylar va Levinlardan iborat 3 oilaning bir-biri bilan chatishgan, ammo mustaqil syujet chizig‘iga ega bo‘lgan tarixi tasvir etilgan. Tolstoy, aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy diniga katta e’tiqod qo‘ygan, hayotda ro‘y berayotgan voqealarga va kishilarning xatti-harakatlariga ham shu din nuqtai nazaridan yondashgan. Uning diniy qarashlari jamiyat va shu jamiyatda yashovchi kishilarga, binobarin, u yoki bu qahramoniga bo‘lgan munosabatiga, shak-shubhasiz, ta’sir o‘tkazgan. Tolstoyning oila masalasiga, chunonchi, Kareninlar oilasida sodir bo‘layotgan voqealarga yondashuvida ham diniy qarashlari seziladi. U jamiyat a’zolarida qanday chirkin xislatlar mavjud bo‘lmasin, kishilar diniy qonun-qoidalar doirasida harakat qilishlari lozim, aks holda jamiyat halokat sari boradi, degan fikrdan kelib chiqib, qahramonlar obrazini yaratadi.70-yillarda ruhiy iztirob iqlimida yashagan Tolstoy o‘z hayot yo‘lini qayta nazardan o‘tkazdi va shu jarayonda ijtimoiy kelib chiqishi, tarbiyasi va hayot yo‘li bilan bog‘liq jamiyat qatlamining ma’naviy asoslari yolg‘onga asoslangan, degan xulosaga keldi. Uning bunday qarashlari «Iqrornoma» (1880) va «E’tiqodim nimada?» (1884) asarlarida o‘z ifodasini topdi. Tolstoyning shu davrda yozgan asarlari orasida «Ivan Ilichning o‘limi» (1886), «Kreyser sonatasi» (1889) qissalari, ayniqsa, e’tiborga loyiq.Tolstoy 80-yillarda dramaturgiya janrlarida ham ijod qilib, «Zulmat hokimiyati» (1886) dramasi va «Ma’rifat mevalari» (1890) komediyasini yozadi. Bu asarlarda qishloq ahlidagi jaholat, shahar madaniyatining qishloqqa ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri katta badiiy kuch bilan tasvirlangan.Tolstoy dunyoqarashida tobora kuchayib borayotgan ziddiyatlar uning so‘nggi yirik asarlaridan biri — «Tirilish» romani (1889—99)da o‘z aksini topdi. Xdyotda bo‘lib o‘tgan oddiy voqea — bir sud jarayoni asosida yaratilgan bu asarda Tolstoy ijtimoiy adolatsizlikka asoslangan jamiyatning ichki, ma’naviy asoslarini ochib tashlaydi. Mazkur asardagi kishilar taqdiri bilan voqealarning o‘zaro chambarchas bog‘likligi masalasi «Hojimurod» (1896— 1904) qissasining ham asosini tashkil etgan.Tolstoy dindor yozuvchi sifatida kishilar ruhiyatidagi ziddiyatlarni tasvir etibgina qolmay, o‘zi ham jamiyat va kishilar hayotidagi bunday ziddiyat va mayllardan jarohatlanib yashagan. YOzuvchidagi murakkab ruhiy holat uning so‘nggi asarlari («Tirik murda», 1890; «Baldan so‘ng», 1903 va b.) da ham aks etgan. Tolstoy hayotining YAsnaya Polyanadagi so‘nggi kunlari ruhiy iztiroblar po‘rtanasida kechdi. U yaqin kishilari to‘qigan ig‘vo va fasod to‘ridan qochib, 1910 yil YAsnaya Polyanadan bosh olib chiqib ketadi va yo‘lda shamollab, vafot etadi.O‘zbekistonda Tolstoy ijodiga qiziqish u hayot paytlardayoq boshlangan. Uning «Odamlar nima bilan tirik?», «Xudo haqiqatni ko‘rsa ham tezda ayta olmaydi» makrlalari 1887—1902 yillarda «Turkiston viloyatining gazeti»da o‘zbek tilida nashr etilgan. Tolstoy haqidagi «Rossiya mamlakatining mashhur yozuvchisi» degan maqola esa 1889 yil shu gazetada tanikli ma’rifatparvar Sattorxon Abdug‘afforov tarjimasida bosilgan. Tolstoyning bolalar uchun yozgan qator hikoyalari Saidrasul Aziziy («Ustodi avval», 1902), Aliasqar Kalinin («Muallimi soniy», 1903), Abdulla Avloniy («Birinchi muallim», 1909; «Ikkinchi muallim», 1912) singari jadid ma’rifatparvarlarining o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarida e’lon qilingan hamda usuli savtiya maktablarida o‘qitilgan.Tolstoy nafakat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar va xalqparvar inson sifatida ham o‘zbek jadidlarining e’tiborini o‘ziga jalb etgan. Birinchi o‘zbek advokati Ubaydulla Xo‘jaev 1909 yilda Tolstoyga uning yomonlikka yomonlik bilan javob bermaslik haqidagi ta’limoti yuzasidan xat yozib, o‘sha yilning 5 iyunida undan javob olgan. Islom dinining taniqli arboblaridan biri Abduvohid Qoriev esa 1910 yil YAsnaya Polyanaga maxsus borib, Tolstoy bilan bir necha marta muloqotda bo‘lgan. Ammo o‘zbek xalqining Tolstoy ijodi bilan yaqindan tanishishi 20-asrning 30-yillaridan boshlangan va uning barcha asosiy asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.Hozirgi zamon rus bolalar adabiyotining ulkan daholaridan biri Korney Ivanovich Chukovskiy yirik yozuvchi, shoir, taniqli olim, mohir tarjimon sifatida tanilgan so‘z ustasi edi. U o‘z asarlarida bolalarga xos ajoyib xislatlarni — rahmdillik va insoniylik, do‘stlik va birodarlik, yovuzlikka nisbatan shafqatsizlik, vatanparvarlik kabi fazilatlarni targ‘ib etadi. K. Chukovskiy bolalar uchun asarlar yaratish, ijod qilishni o‘zi uchun katta baxt deb biladi.Kichkintoylar va ularning adabiyotini umr bo‘yi ardoqlagan Korney Chukovskiy 1882 yilda Peterburg shahrida dunyoga keldi. Tez orada Chukovskiylar oilasi Odessaga ko‘chadi. Bu yerda ona ming mashaqqat bilan o‘g‘lini gimnaziyaga joylaydi. Bu baxt uzoqqa cho‘zilmaydi. „Oshxona xizmatchisining o‘g‘li“ bo‘lganligi uchun K. Chukovskiy gimnaziyadan haydaladi.Korney oilaga ko‘maklashish, tirikchilik o‘tkazish maqsadida turli yumushlarni bajarishga majbur bo‘ladi. Shunga qaramay, u bo‘sh vaqtlarida mustaqil o‘qishga, Pushkin, Nekrasov, Chexov asarlarini mutolaa qilishga harakat qiladi.Chukovskiyning dastlabki „San’at nima?“ maqolasi 1901 yilda „0^eccKHe hobocth“ gazetasida bosilib chiqqan. 1903 yilda u gazeta muxbiri sifatida Angliyaga boradi. Londonda xizmat qila boshlaydi. Lekin bu yerdagi faoliyati uzoq davom etmaydi. Gazeta unga maosh to‘lamay qo‘yadi. U Britaniya muzeyiga ishga kirib, tirikchilik o‘tkazishga majbur bo‘ladi.1905 yilda K. Chukovskiy Odessaga qaytib keladi va bu yerda „Signal“ degan jurnal chiqara boshlaydi. Jurnal sahifalarida chor hukumati siyosatiga qarshi materiallar bosilganligi uchun uni sud qilishadi.Keyingi yillarda u bolalar adabiyoti to‘g‘risida ko‘plab maqolalar yozadi. 1907 yilda „Bolalar tili“ asari maydonga keladi.K. Chukovskiy dastlab M. Gorkiy hikoya qilib bergan sujet asosida bugungi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan, badiiy baquvvat „Timsoh“ ertagini yozdi. 1918 yilda esa „Archa“ nomli to‘plami bosilib chiqdi. O‘sha yili „Jahon adabiyoti“ nashriyotiga ishga kirdi. 1919 yilda N. A. Nekrasov asarlarining to‘la to‘plamini nashr ettirdi.Shu yillarda uning mashhur „Moydodir“, „Suvarakxon“ ertaklari, „Kichik bolalar“ kitobi bosilib chiqdi.„Pashsha — xarxasha“, „Barmaley“, „Telefon“, „Fedora o‘tkazgan alam“, „O‘g‘irlangan quyosh“, „Doktor Voyjonim“, „Filinisa kitob o‘qir“, „Kirpilar kuladi“ asarlari Korney Chukovskiyning nomini olamga yoydi, kitobxonlar hurmatini qozondi.Korney Chukovskiyning ertak-poemalarida ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi, baxt, yorqin hayot sari keskin kurash bo‘rtib turadi. Masalan, shoirning „Moydodir“ asarida bolalarning odobli, ozoda, har doim to‘g‘ri so‘z bo‘lishi va tozalikka rioya qilish mavzusi ilgari surilgan.Asar qahramoni qator fazilatlarga loyiq. Lekin bir aybi bor, faqat kir-chir yuradi. Shuning uchun bir kuni unga xizmat qiluvchi barcha narsalar ish tashlaydi, undan yuz o‘girib qochib ketishadi. Bola voqeaga tushunmay, xafa bo‘lib turganida joniga yuz-qo‘l yuvgich — Moydodir oro kiradi.Yosh kitobxon hamisha hayvon, jonivor va hasharotlar haqidagi voqea-sarguzashtlarni sevib o‘qiydi. K. Chukovskiyning „Suvarakxon“ asari ham kichkintoylarning sevimli asarlaridan hisoblanadi. Asarda shoir hayvon, hasharot va yirtqichlarning tuzilishlari, fe’l-atvorlari, dovyuraklik va qo‘rqoqliklari to‘g‘risida bahs yuritadi:
Sho‘rlik, baxtsiz hayvonlar
Bo‘kirib, dodlab yig‘lar!
Har bir uyada
G‘or-u qiyada —
Ochko‘z yovga
Tiz cho‘kar.
Ana shunday vaziyat tug‘ilib turgan paytda paydo bo‘lib qolgan chumchuqning tadbirkorligi, ishbilarmonligi, chaqqonligi qo‘l keladi, u suvarakni tiriklayin yutib yuboradi. Shu zaylda chumchuq o‘rmon-u quruqlikda yashaydigan qushlar, jonivorlar, hayvon va yirtqichlarni ozodlikka, erkka, baxtli va totli hayotga olib chiqadi. Bu voqea esa bolalarning estetik didlarini oshiradi, hayvonot olamiga nisbatan qiziqishlarini shakllantiradi, onaVatanga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini kamol toptirishda yetakchi omil hisoblanadi.Shoirning „Doktor Voyjonim“ asari bir umr bolalarga shodlik-quvonch bag‘ishlab kelmoqda. Doktor Voyjonimning oqko‘ngilligi, mehribonligi, jonkuyarligi, hayvonlar bilan inoq, do‘stligi ibratomuz chizib berilgan.Hayotda nimalar bo‘lmaydi deysiz! Hayot ajoyib-g‘aroyib voqealarga boy. K. Chukovskiy mana shunday voqealar ba’zi befahm, farosatsiz bolalar bilan ham sodir bo‘lib qolishi mumkin, deydi. Mura o‘y o‘ylamaydigan, fahm-farosat bilan ish ko‘rmaydigan qizcha. U bilan juda kulgili voqea yuz beradi. Shoir „Muraga „Ajoyib-g‘aroyib daraxt“ ertagini o‘qib berishganida, u nima qildi?“ she’rida o‘ylamay, aql ishlatmay tuflisini bog‘ maydoniga ekib, ostini yumshatib, suv quyib, kulgili ish qilganligini tanqid qiladi:Shoirning „Mechkay“ asarida ham shunday kulgili, ta’sirli mavzu yotganligini ko‘ramiz. K. Chukovskiy ta’kidlab o‘tganidek, ba’zi bolalar bo‘ladiki, yaxshi o‘qish, ozoda bo‘lish, yuvinibtaranib yurish o‘rniga ko‘proq ovqat yeyish niyatida yuradilar. Haddan ziyoda ko‘p ovqat iste’mol qilish odamni kam o‘ylaydigan qilib qo‘yishini, yaxshi o‘qish, ibratomuz ishlarni amalga oshirishda unga pand berishi mumkinligini tushunmaydigan bolalar onda-sonda uchrab turishini boplab tanqid qiladi:Korney Chukovskiy sevimli shoir, iste’dodli adib, shuningdek, yirik adabiyotshunos olim bo‘libgina qolmay, bilimdon tarjimon ham edi.

Yüklə 494,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin