O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi



Yüklə 494,64 Kb.
səhifə15/65
tarix07.09.2023
ölçüsü494,64 Kb.
#141951
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi-fayllar.org

Aqliy hujum savolllari
  1. X. To’xtaboyev qachon va qayerda ta’lim olgan?


  2. Davrdan orqada qolgan, turli illatlar botqog’iga botgan, mol-u dunyoga hirs qo’ygan shaxslar haqida qanday asarlar yozgan?


  3. “Sariq devning o’limi” sarguzasht romani necha qismdan iborat? Nomini ayting.


  4. Nosir Fozilov asarlarining bosh mavzusi?


  5. Nosir fozilovning adabiyot olamiga kirib qolish sabablari ?


  6. Yozuvchining bolalarga atalgan ilk asari qanday nomlanadi?




Asosiy adabiyotlar :
1.Safarov O. Barakayev R. Jamilova B. Bolalar adabiyoti.Buxoro. „Durdona”nashriyoti. 2019.

2.Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti.-T.; O`qituvchi. 2001.


3. O’zbek va chet el bolalar adabiyoti. –Toshkent. O’zbekiston.2002


7-MAVZU: CHET EL BOLALAR ADABIYOTI NAMOYANDALARI IJODINING O’ZIGA XOSLIKLARI VA YETAKCHI TAMOYILLARI


Reja:
1.Fransus adibi Sharl Perroning hayoti, ijodi va faoliyati. “ Qizil qalpoqcha “ ertagining mazmuni.
2. Aka-uka Vilgelm va Yakob Grimmlar hayoti va ilmiy izlanishlari
3.Aka-uka Grimm ertaklarining badiiyati
4.Hans Kristian Andersen hayoti va ijodi
5.Andersen ertaklaridagi ozodlik g‘oyasi
6.Andersenijodinigko‘p qirrali va rang-barang xususiyati
7.L .N. Tolstoy hayoti, ijodi va faoliyati.
Perro Sharl (1628.12.1, Parij -1703.16.5) — fransuz shoiri va tanqidchisi. Fransiya akademiyasi a’zosi (1671). 19-asr fransuz adabiyotida avj olgan "qadimgilar va yangilar bahsi"da ishtirok etib, zamondosh yozuvchilarning qad. yozuvchilardan afzalligini yoqlab chiqqan va shu bilan shuhrat qozongan. Ilk parodiyali dostoni — "Troya devori " (1653). Shundan keyin uning "Buyuk Lyudovik asri" (1687) dostoni hamda 4 j.li "San’at va fan masalasida qadimgilar bilan yangilar o’rtasidagi qiyoslar" (1688— 89) dialog shaklida yozilgan asari, "Ayollarning ta’rifu tavsifi" (1694) satirik she’ri e’lon qilingan. P. so’nggi 2 asarida Bualo singari zamondoshlari bilan bahs-munozara yuritgan. P.ning adabiyotning ma’rifiy ahamiyati hamda adabiy taraqqiyotning fan va tamaddunga bog’liqligi masalasidagi qarashlari fransuz ma’rifatparvarlari tomonidan rivojlantirilgan. Ammo P.ning fransuz adabiyotidagi katta o’rni "Onaginam Gusina bonuning ertaklari yoki O’tgan zamonlarning ibratli voqea va ertaklari" to’plami bilan belgilanadi. Mazkur to’plam P. ning o’g’li Darmankur nomidan e’lon qilingan. U dastlab 8 ta er-takdan tashkil topgan bo’lib, keyinchalik yana 3 ta she’riy ertak hiso-biga boyigan. Fransuz adabiyotidagi antik madaniyat an’analariga qarshi kurashgan P. xalq ertaklariga xos "qissadan hissa" chiqarish tamoy-ilini samarali, deb hisoblagan. U ertakka hazil-mutoyibalar yordamida chinakam xalq ijodiga xos lato-fat va jozibani olib kirdi. P. "Er-taklar"i fransuz adabiyotida xalq-chillikning oshishi va ertakning adabiy janr sifatida rivojlani-shiga katta ta’sir ko’rsatgan. P.ning ertaknavislik an’analari akauka Grimmlar, L.Tik, X.K.Andersen singari yozuvchilar tomonidan davom ettirildi. P.ning "Zolushka", "Etik kiygan mushuk", "Ko’k soqol" singari ertaklari asosida opera va balet spektakllari, multfilmlar yara-tilgan. P.ning ayrim ertaklari o’zbek tiliga tarjima qilingan.
Buyuk fransuz shoiri va tanqidchisi Sharl Perro badiiy ertak asoschisi sifatida ma’lum va mashhurdir. U o‘zining “Qizil qalpoqcha”, “Zolushka” va “Etik kiygan mushuk” asarlari bilan jahonga tanildi.Sh. Perro badiiy ertaklar ijod etishdan oldin xalq og‘zaki ijodini mehr va ishtiyoq bilan chuqur o‘rgandi. Shuning uchun ham u o‘z ertaklarida xalq udumlarini dadil ilgari surdi. Perro qahramonlari o‘z mehnatsevarliklari hamda saxiyliklari bilan ajralib turadilar. G‘arazgo‘ylik, maqtanchoqlik, qizg‘anchiqlik o‘rnini yaxshilik, mehribonlik bosib ketishi hamon kitobxonni shod etib kelmoqda.Sharl Perrodan bor-yo‘g‘i o‘n ikki ertak saqlanib qolgan. Qaysi ertagiga nazar tashlamang, barchasida bolalar zavq oladigan qirralar bor ekanligini darrov payqaysiz. Dunyoda uning “Etik kiygan mushuk” ertagini o‘qimagan yoki shu ertak asosida yaratilgan multfilmni miriqib tomosha qilmagan bola topilmasa kerak.Ertakda aqllilik, bilimdonlik, topag‘onlik bosh masala qilib qo‘yiladi. Boshqa asarlarida bo‘lgani kabi Sh. Perro bu ertakda ham folklor an’analariga yana bir bor sodiq qoladi. Ertak qahramoni – tegirmonchining kenja o‘g‘li Karabs fahm-farosat, aql bilan ish ko‘rib, o‘z murod-maqsadiga yetadi, baxtiyor bo‘ladi.Sharl Perroning barcha personajlari pishiq-puxtaligi bilan ajralib turadi. Ularning ko‘pchiligi odamlarni, hayvon-u parrandalarni sevib, erkalab, e’zozlaydigan bo‘ladilar. Zolushkani (“Zolushka”) olaylik. Uni o‘gay ona-yu qizlar xush ko‘rmaydilar, xolos. Qolgan barcha jonzot Zolushkani yaxshi ko‘radi. Uning o‘z baxtini topib, osoyishta turmush kechirishini istaydi. Zolushka juda chiroyli, odobli, shirinso‘z, kamtarin, odamlarga, jonivor-u parrandalarga nisbatan mehribon. Uning bunday fazilatlari, mehnat, halollik va poklik bilan hayotda o‘z o‘rnini topishi, sevganiga turmushga chiqib baxtli bo‘lishi ertak tinglovchida yaxshi taassurot qoldiradi.
Sh. Perro ijodida “Qizil Qalpoqcha” alohida o‘rinda turadi. Ertakning ta’sirli va jozibali chiqishi uchun Qizil Qalpoqchaning tabiiy holda ijobiy tomoniga ko‘p sayqal beradi, bolalar ko‘z o‘ngida u dunyodagi tengi yo‘q, juda yoqimtoy qizcha sifatida gavdalanadi. Bo‘rining yovuzligi, surbetligi, uning kampir qiyofasiga kirib olishi har bir bolada chuqur nafrat hislarini qo‘zg‘atadi.
Boshqa ertaklarda bo‘lgani kabi “Qizil Qalpoqcha”da ham voqea yaxshilik bilan tugashi bolalarning quvonchiga quvonch qo‘shadi.Sharl Perroning “Havorang soqol”, “Eshak terisi”, “Uyqudagi malika” kabi ertaklari xuddi “Qizil Qalpoqcha” kabi bolalarbopdir.Mana to‘rt yuz yildirki, shoirning “Qizil Qalpoqcha” asari jahon kezib yuribdi. Ertakning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri quvnoqlikdir. Ha, qizchani hamma yaxshi ko‘radi, hamma sevadi. Bundan u mutlaqo taltayib ketmaydi. U juda yoqimtoy, oddiy va sodda. Shu oddiy va soddaligi, pismiq va mug‘ambir emasligi unga pand beradi, bo‘riga yem bo‘lishiga oz qoladi.Sharl Perroning bu ertak orqali kichkintoylarga aytadigan gaplari ko‘p. Eng avvalo, u barcha bolalarni xuddi Qizil Qalpoqcha kabi oddiy va quvnoq bo‘lishga chaqiradi va kattalarning har bir topshirig‘ini so‘zsiz bajarishga da’vat etadi.Ikkinchidan, o‘rtadagi sirni oshkor qilmaslikka, o‘ziga pishiq-puxta bo‘lishga chorlaydi.Bo‘ri ochko‘z, pismiq va mug‘ambir. Shu sababli qizchaning soddaligidan foydalanadi. U bir o‘q bilan ikki quyonni urish qabilida ish tutadi. Bo‘ri Qizil Qalpoqchadan osongina safari haqidagi ma’lumotni bilib olgach, endilikda qizchaning o‘ziga qo‘shib uning buvisini ham yeyish payiga tushadi. Ammo Qizil Qalpoqchaning baxtiga o‘tinchilar kelib qolishadi.Ertak tinglovchi har bir bola voqeani mana shunday ijobiy tugashini xush ko‘radi, quvnoq Qizil Qalpoqchaning bo‘riga yem bo‘lishini aslo xohlamaydi. Ertakning umrboqiyligi va jahongashtaligi ham ana shunda!

Yüklə 494,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin