2-MAVZU: MILLIY UYG’ONISH DAVRI O’ZBEK BOLALAR ADABIYOTI. ABDULLA AVLONIY IJODI.
Darsning maqsadi: SHarq adabiyotida alohida o’rin tutadigan va «pandnoma», «nasihatnoma», «axloq kitoblari» singari nomlar bilan ataladigan didaktik adabiyot namunalarining ma’lum qismi bilan tanishtirish. Abdulla Avloniyning tarbiyachilik faoliyati va shu mavzuda yozgan asarlari haqida ma’lumot berish.
Darsning rejasi:
1. A.Avloniyning hayoti va ijodi.
2. Avloniyning pedagogik faoliyati va darsliklari.
3. Avloniy asarlarining tarbiyaviy ahamiyati.
4. Abdulla Avloniy hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumot.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Axloq-odob va ta’lim-tarbiya masalalariga bag’ishlangan didaktik asarlar haqida so’zlaydi.
2. «Turkiy Guliston» da muallif yosh kitobxonni insoniy fazilatlarni egallashga da’vat qilgani haqida ma’lumot beradi.
3. SHoirning yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash ishiga alohida ahamiyat berganligi haqida fikr yuritadi.
Kerakli jihozlar: Abdulla Avloniy asarlari, adib fotosuratlari
Ishni bajarish tartibi:
Didaktika badiiyat va axloqiy – ta’limiy qarashlarning chambarchas bog’lanib ketgan bir butunlikni tashkil etish masalasini o’rganish;
Didaktik adabiyotning bolalar adabiyotiga yaqin va hamohang jihatlarini aniqlash;
«Pandnoma» janridagi asarlarning bolalarga mo’ljallab yaratilgan namunalarini aniqlash;
O’zbek bolalar adabiyotida pandnoma janrining paydo bo’lishi yo`lidagi izlanishlar yuzasidan fikrlarini bayon etish.
«Turkiy Guliston» da zohiriy va botiniy sifatlar xususida ma’lumot berish.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1.1.«Pandnoma», «Nasihatnoma», «Axloq» kitoblari singari didaktik adabiyot namunalarini o’rganing.
1.2. «Turkiy Guliston» da yaxshi va yomon xulqlar to’g’risidagi fikrlarning umuminsoniyligining ahamiyati haqida fikr bildiring.
Dostları ilə paylaş: |