2-Topshiriq : X.To’xtaboev ijodining asosiy mavzusi haqida bilib oling. Quyidagi asarlar bilan tanishib chiqib,yozuvchi ijodining asosiy mavzusi haqida bilib oling.
3- Topshiriq ; X.To’xtaboev tarbiyaviy mavzudagi asarlari haqida so’zlab bering.Ushbu asarlardan istalgan birini tanlab olib tahlil qiling.
4- Topshiriq : «Qasoskorning oltin boshi», «Besh bolali yigitcha» asarlari bolalar adabiyotida tutgan o’rni haqida fikr bildiring. Asardagi bolalar obrazlarini o’rganib chiqing va baho bering.
5-Topshiriq Mavzu yuzasidan o’z xulosalaringizni tayyorlang.
Mavzu yuzasidan tavsiya etiladigan adabiyotlar :
1.Safarov O. Barakayev R. Jamilova B. Bolalar adabiyoti.Buxoro. „Durdona”nashriyoti. 2019.
2.Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti.-T.; O`qituvchi. 2001.
3. O’zbek va chet el bolalar adabiyoti. –Toshkent. O’zbekiston.2002.
3-MAVZU: ANVAR OBIDJON IJODIDA BOLALIKNING BEG’UBOR OLAMI AKSI.
REJA:
1.O’zbek bolalar adabiyotida Anvar Obidjon ijodining tutgan o’rni
2.Anvar Obidjon she’riyatining mavzu mundarijasi.
3.Anvar Obidjonning hasriy va dramatik asarlari tahlili.
4.Xulosa.
Tayanch tushuncha va iboralar:
Anvar Obidjonning “Ona Yer” (1974, she’rlar), “Bahromning hikoyalari” (1980, she’rlar), “Ey, yorug’ dunyo” (1983, qissa), “Olovjon va uning do’stlari” (1983, qissa, hikoyalar), “Alamazon I yego pexota” (1984, qissa, hikoyalar), “Ketmagil” (1985, she’rlar), “Bezgakshamol” (1985, hajviy she’rlar), “Masharaboz bola” (1986, she’rlar), “Akang qarag’ay Gulmat” (1987, qissa, hajvlar, she’rlar), “Juda qiziq voqea” (1987, she’rlar”, “Oltin yurakli Avtobola” (1988, qissa, hikoyalar), “Dahshatli Meshpolvon” (1989, qissa, pyesalar), “YErliklar” (1990, hajviyalar, she’rlar), “Alamazon va Gulmat hangomasi” (1992, qissalar, pyesa, she’rlar), “Ajoyibxona” (1993, she’riy taqvim), “Meshpolvonning janglari” (1994, qissa, doston), “Alisher ila Husayn yoki uch don ova o’g’ri” (1996, she’rlar, doston), “Oltiariq hangomalari” (1996, hangoma, hajvlar), “Bulbulning cho’pchaklari” (2001, she’rlar, hikoyalar), “Odobli bo’lish osonmi?” (2001, hikoya), “O’q o’tmas bolakay” (2005, qissa, hikoyalar), “O’g’irlangan pahlavon” (2006, hikoyalar) kabi to’plamlari nashr etilgan.
Dostları ilə paylaş: |