2-Reja: Anvar Obidjon she’riyatining mavzu mundarijasi. Maqsad: Anvar obidjon lirik merosi bilan yaqindan tanishish.
Kutilayotgan natija : Shoirning lirik merosini g’oyaviy- tematik jihatdan turkumlarga ajratadilar. Shoir badiiy mahoratini asar tahlili misolida ko’rib chiqish imkoniyati yaratiladi.
Bajarish shakli:individual, kichik guruhlarda ,jamoaviy ishlash.
1-Topshiriq: “Toifaga ajrating” Anvar Obidjon lirik merosi bilan tanishib chiqib,mavzu va g’oyaviy yo’nalishiga ko’ra 2ta toifaga ajrating va jadvalda aks ettiring
N
She’r nomi
Nashr yili
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga mo’ljallangan she’rlar
O’rta va katta yoshdagi maktab o’quvchilariga mo’ljallangan she’rlar
3-Topshiriq: ‘Mutolaa zavqi “ 1-guruh uchun topshiriq: Anvar Obidjonning “Hayotning har lahzasi go’zal “” she’rini ifodali o’qing va tahlil qiling. 1.She’rni ifodali o’qing.
2.She’rni o’qish jarayonida sizda qanday tuyg’ular paydo bo’ldi?
3.She’rda qanday obrazlar bor ?
4.Bandlar orasida mantiqiy bog’lanish bormi?Uni qanday izohlash mumkin.
5. Bandan bandga o’tgan sari shoirning ichki kechinmalari tasvirida qanday o’zgarish bor?
6. She’da qo’llanilgan badiiy san’atlarni toping. Ular qanday badiiy-estetik vazifalar bajarganligini izohlang.
7.Ajratib ko’rsatilgan bandda ifodalangan fikrga munosabat bildiring.
8.She’rda faqat tabiat tasviri,bahor tasviri chizilganmi?
9.O’rik gullari bilan lirik qahramonning baxti o’rtasida qanday uyg’unlik bor?
10.Shoir mahoratga baho bering.