O’quv mashg’ulotining maqsadi: Anvar Obidjon adabiy merosi bilan yaqindan tanishish. Ijodkor uslubi va badiiy mahorat qirralarini she’riyati misolida ko’rib chiqish.
Kutilayotgan natija: O’zbek bolalar adabiyoti tarixida Anvar Obidjon ijodining o’ziga xos o’rin egallaganligi haqida tushuncha hosil qiladilar. Shoir ijodining jozibadorligi va xalq og’zaki ijodining o’lmas ohangi birlashganini asarlari tahlilida ko’rib chiqadilar.
O’qitish usullari: suhbat,munozara,savol-javob.
O’qitish shakli : individual,kichik guruhlarda, jamoaviy ishlash.
1-Reja: O’zbek bolalar adabiyotida Anvar Obidjon ijodining tutgan o’rni Maqsad : Anvar Obidjon adabiy merosini o’rgangan adabiyotshunos olimlarning monografiya,risola,ilmiy maqolalari bilan tanishish.
Kutilayotgan natija: Shoir ijodinining o’rganilishi uch bosqichga bo’linganini va turli yillarda turlicha yondashuvlar bolganligini ko’rib chiqadilar va munosabat bildiradilar.
Bajarish shakli: individual ishlash.
1-Topshiriq. “Tadqiqot” metodi. Anvar Obidjon ijodinining o’rganilishini uch bosqichga ajratib oling. Bu davrlarda yozilgan maqolalarni topib ,tanishib chiqing.
1-bosqich : XX asrning 30- yillaridan 80-yillarigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi.
Bu davrda Hamid Olimjon baxt va shodlik kuychisi sifatida o’rganildi.
2-bosqich : XX asrning 80-90-yillarini o’z ichiga oladi.Bu davrda shoir ijodiga tanqidiy munosabat yuzga kelgan.Bu qarashlarda 30-yillarning mash’um siyosatida o’zini baxtli his qilgan shoir sifatida talqin qilingan,uni millat dardidan yiroq ijodkor sifatida baholaganlar.
3-bosqich : 2000-yildan keyingi davr.Shoir ijodiga haqqoniy xolis yondoshish tamoyili yuzaga keldi.
2-Topshiriq: “Taqdimot” O’rgangan materiallaringiz asosida taqdimot tayyorlang. Fikrlaringizni misollar bilan dalillang.
3-Topshiriq:”Munosabat “. O’rtoqlaringiz bildirgan fikrlariga o’z munosabatingizni bildiring.