yashil
kostyum va galife shim kiygan, oyoqlarida ham o‗sha zamonlarda rasm
bo‗lgan g‗arch-g‗urch xrom etik.
Rahmatlik dadamlar, uyqusizlikdanmi, boshqami — ko‗zlari
qizargan, allaqanday
horg‗in ko‗rindilar menga. U kishi hansiray-hansiray aytgan gaplarimni eshitdilar-u,
chehralari sal yorishib:
— Yur, bolam! — dedilar boshimni silab. — Senga bitta muzqaymoq oberay!
Boya aytganimdek, dadamlar diydasi qattiqroq, o‗ktam, kamgap odam edilar.
O‘sha kungacha men u kishining biror marta boshimni silaganlarini bilmasdim.
Aksincha, hanuz esimdan chiqmaydi:
dadamlar ur kaltak, sur kaltak tagidan
chiqolmay, ishdan haydala-haydala oxir pirovardida qishloqqa qaytib, uyda
ko‗kragini zaxga berib yotgan paytlar. Bir kun oyimlar qo‗limga pul va ikki-uch litrli
grafin (dadamlar katta lavozimlarda ishlagan mahalda orttirgan nodir matoh)
tutqazib:
— Do‗konga kirib qimiz olib chiq, dadang aytdilar! — dedilar.
Do‗konga kirsam qimiz tugagan ekan.
Men parvoyi falak, qo‗limdagi grafinni
o‗ynatib uyga qaytdim. Yo‗lim yog‗och va temir qoziqlar qoqilgan mol bozoridan
o‗tardi. To‗satdan nimadir «shaq» etdi. Qarasam, qo‗limdagi grafin temir qoziqlardan
biriga tegib, tangaday joyi o‗pirilib tushibdi. Yuragim orqamga tortib ketdi. Uyga
qaytishga jur‘at qilolmay anchagacha bog‗imiz poyidagi soy bo‗yida aylanib yurdim.
Nihoyat, yuragimni hovuchlab uyga kirib bordim. Oyimlar meni ko‗rib:
— Qayoqlarda daydib yuribsan, bevosh? Dadang sho‗rlik kutaverib diqqinafas
bo‗p ketdilar-ku! — deb koyidilar, so‗ng grafindagi teshikka ko‗zlari tushib,
qo‗limdan ushlagancha ichkariga sudradilar.
Dadamlar ulkan, chorxari uyimizning to‗rida
kitob varaqlab, yonboshlab
yotardilar..
— Do‗konda qimiz yo‗q ekan, bu ham yetmagandek, o‗g‗lingiz grafinni sindirib
qo‗yibdi... — Oyimlar shunday deb grafinni dadamlarning oldidagi xontaxtaga
qo‗ydilar.
Keyinchalik oyimlar bu ishlaridan pushaymon bo‗lib ko‗p gapirganlar. «Nega
shunday qilganimni o‗zim ham bilmayman, bolam,
dadanglarning nochor ahvoli
hammamizni ezib qo‗ygan edi», deguvchi edilar, rahmatlik.
Dadamlar shitob bilan qadlarini rostladilaru xontaxtadagi grafinni olib, menga
qarab otdilar. Zarb bilan otilgan grafin shundoq qulog‗im tagidan o‗tib (chamasi,
jonholatda boshimni olib qochgan bo‗lsam kerak!) devorga tegib chil-chil sindi.
Men tura qochdim, qocharkanman, oyimlarning:
— Qimiz ham o‗lsin! Qimiz deb bolamni o‗ldirmoqchimisiz, adasi? — degan
achchiq faryodini eshitdim.
Dostları ilə paylaş: